O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/66
Sana20.12.2023
Hajmi6,57 Mb.
#125004
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66
Bog'liq
Darslik Prokat va kiryalash (1)

 


177 
6.4. Kiryalash uchun jihozlar 
 
Kiryalash jihozini tasniflanishi 
 
Kiryalash jihozlari qarshlik ko‘rsatuvchi mahsulotlarning yo‘nalishiga 
qarab aylanali yoki to‘g‘ri harakatlanadigan mashinalarga bo‘linadi. 
Birinchi turdagi mashinalar mahsulotlarni baraban yoki g‘altaklarda qabul 
qilishni amalga oshiradi, ular barabanli kiryalash mashinalari deb ham ataladi va 
asosan simlarni kiryalashda ishlatiladi. 
Kiryalash mashinalari quyidagi xususiyatlari asosida guruhlarga bo‘linadi:

• 
cho‘ziluvchi simni diametri; 
• 
kiryalash soni (ko‘p marta va bir marta); 
• 
ishlash qonun qoidasi (sirg‘almasdan, surilish bilan); 
• 
barabanning aylanish kinematikasi (alohida yurutuvchi va guruhli 
yurutuvchi). 
Guruhlar ichida kiryalash mashinalari barabanlarini tortish turiga qarab, 
ya’ni yo‘naltiruvchi silindrlardan foydalanish, kiryalash jarayonida simlarning 
joylashishi, kiryalashda moylashning agregat holati, kiryalash harorati, o‘rash 
qurilmasining turi, avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash darajasi va boshqa 
xususiyatlari bo‘linadi. 
Kiryalash mashinalarini qisqacha markalashda uzatilgan simning 
o‘lchamlari diapazonini, kiryalashni soni va yakuniy foydalanladigan 
barabanining diametrini belgilash odat tusiga kirgan. 
Alohida qalin kiryalash mashinalar diametri 6 mm dan ortiq bo‘lgan 
simlarni kiryalash uchun, qalin kiryalash mashinalar diametri 3,0-6,0 mm 
oraliqdagi simlarni kiryalash uchun, 1,8-3,0 mm oralig‘ida o‘rtacha kiyalash, 
0,8-1,8 mm oralig‘ida yupqa kiryalash, 0,5-0,8 mm oralig‘ida juda yupqa 
kiryalash, 0,1-0,5 mm orlaig‘ida eng nozik, 0,1 mm kichik bo‘lganda mikronli 
kiryalash uchun mo‘ljallangan. 
Kiryalash mashinalari mahsulotlarni kiryalashni soniga va usuliga ko‘ra 


178 
odatdagi turdagi bir kiryalash va qarama-qarshi tortiladigan,
surilish bilan bir 
nechatali qiryalash mashinalari va sirg‘almaslik bilan tortish qurilmalarini 
sinxronlashtirmasdan simni yig‘ish, surilish va sirg‘almaslik bilan bir nechatali 
qiryalash, simni to‘plamas xolati bilan
qarama-qarshi tortish va tortish qurilmalarini sinxronlash bilan, halqali va 
to‘g‘ri aniq ko‘p martali kiryalash mashinalariga bo‘linadi. 
Sim ishlab chiqarish uchun kiryalash uskunalar quydagilarni ta’minlash 
kerak: yuqori unumdorligi va sim sifati, optimal yagona va umumiy siqish, 
barcha barabanlar dvigatellariga nominal yuklash, sexda yuk oqimi to‘g‘ri 
taqsimlash, eng kam sonda termik ishlov berish. 
Prutlarni cho‘zish (kalibirlash) uchun mo‘ljalangan kiryalash stanlar 
ko‘pincha cho‘ziladigan material (mahsulot) ning to‘g‘ri chiziqli harakatiga ega 
bo‘lgan stanlari deb ataladi. 
Cho‘ziluvchan metallning oxirgi uchini saqlab turish mexanizmi va 
kiryalash jarayonida mahsulotning harakatlanish usuliga qarab, mahsulotlarning 
to‘g‘ri chiziqli harakatiga ega bo‘lgan stanlarda uzatilishni aravachali (bir yoki 
bir necha) va uzluksiz zanjirli stanlar turlarga ajrtish mumkin. 
Bir vaqtning o‘zida cho‘zuvchi prutlar soniga ko‘ra bir va ko‘p zagotovkali 
stanlar mavjud. 
Cho‘zilayotgan mahsulot turiga qarab quvurlar va prutlarni kiryalash 
uchun stanlar, bir tomonlama harakatlanuvchi bo‘lgan stanlar (qaytish 
yo‘nalishi bo‘sh) va ikki taraflama harakatlanuvchi (ikki yo‘nalishda 
kiryalovchi) stanlarga ajraladi. Ayrim xollarda bir joyga ikki noma’lum 
yo‘nalishda ishlovchi stanlar joylashtiriladi, unda bunday stanlar ikki qatorli 
stanlar deb ataladi. 
Prutni oxigi uchini kiryalashga tayrlash stanni o‘zida yoki tashqarida 
amalga oshirilishi mumkin.
To‘g‘ri harakatlanadigan stanlarning muhim 
xusuiyati stanning tortish kuchi hisoblanadi. 
Kiryalashda kombinatsiyalashgan kalibrlab kiryalash stanlaridan ham 
foydalaniladi, ya’ni faqqat kiryalashdan tashqari, cho‘zilgan mahsulotni 


179 
moslashtirish, kesish va silliqlash o‘tkaziladi. 

Download 6,57 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66




Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 6,57 Mb.
Pdf ko'rish