FAN BO’YIChA EChIMINI KUTAYoTGAN ILMIY M UAMMOLAR




Download 1,16 Mb.
bet60/66
Sana17.12.2023
Hajmi1,16 Mb.
#121215
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66
Bog'liq
portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR

FAN BO’YIChA EChIMINI KUTAYoTGAN ILMIY M UAMMOLAR
Talim tizimiga pedagogik texnologiya YaPTlarni tatbiq etish bir-birini to’ldiruvchi ikki tomonlama jarayon bo’lib, bir tomondan o’qituvchi kasb faoliyatining texnologiyalashuvi bo’lsa, ikkinchi tomondan o’quvchi faoliyatini faollashtirish asosida texnologiyalashtirishdan iborat. Bunda “subekt-subekt” munosabati o’rnatilib, erkin ijodiy muhit yaratiladi. Texnologiya ikki tomonlama xarakterga ega bo’ladi. Bunday ijtimoiy zaruriyat uzluksiz talim tizimining asosiy maqsadlaridan biri bo’lib. Bosh g’oyamiz “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish-pirovard maqsadimiz” ravnaqi sari xizmat qiladi.
Davr talabiga javob bera olmaydigan g’oyalar endilikda yangicha tafakkurdagi talim tizimi talablariga mos kelmay qoldi. Tezkor davr o’qituvchining shaxsiy va kasbiy sifatlariga bir qator yangi talablar qo’yadi. Bu esa, o’z navbatida, bo’lajak o’qituvchi kadrlar tayyorlashda didaktik jarayon samaradorligiga erishish bo’yicha aniq maqsad va vazifalarni belgilashni taqozo eadi. Pedagogik texnologiyalarning o’ziga xos tomoni ham aynan o’quv maqsadlariga erishishning kafolatlaydigan o’quv jarayonini loyihalashtirish va uni amalga oshirishdan iborat. Loyihaga muvofiq bo’lajak o’quv jarayoni va uning samaradorligiga erishish yo’llarini bashorat qila olishi qaytar aloqa o’rnatish imkoniyatini yaratadi.
Texnologik jarayonni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, o’qituvchi va o’quvchi munosabati hamda “o’quvchi-o’quvchi” muloqati madaniyatiga xos qirralarning rivojlanishiga doir o’zaro hamkorlik, hamfikr bo’lish, topqirlik hamda xozirjavoblikda bir-birining fikrini ijodiy to’ldirish, ovoz va hatti-harakatni to’g’ri idora etish ma’daniy raqobat qila olish ko’nikma va malakalarni tarkib toptiradi. Shunda do’stona sog’lom ruhiy-axloqiy muhit shakllanadi. Har qanday bilim o’quvchi, talabaning faoliyat jarayoniga xos erkin fikri faolligi natijasida o’zlashtiriladi. Shu o’rinda asosiy e’tibor bolaning qobiliyatini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarga qaratiladi. Bu esa ta’lim va tarbiya texnologiyasining o’zaro uyg’un va izchil rivojlanishini ta’minlaydi.



Download 1,16 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66




Download 1,16 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



FAN BO’YIChA EChIMINI KUTAYoTGAN ILMIY M UAMMOLAR

Download 1,16 Mb.