249
zaminlagichlarni ulovchi o‘tkazgich: АВ – avtomat uzgich; ПВИ –
puskatel; АЗАК – sizish tokidan himoya vositasi; T
r
– transformator;
KTQ – komplekt taqsimlovchi qurilma.
Asosiy zaminlash qurilmalarini bosh
pasaytiruvchi podstansiya
(BPP) maydonchasida joylashtirish masadga muvofiq bo‘ladi.
Podstansiyadagi zaminlash qurilmasi ichki konturdan (ko‘ndalang
kesim yuzasi 40x4 mm dan kam bo‘lmagan po‘lati polosa) va tashqi
konturdan (ko‘ndalang kesim yuzasi 40x4 mm dan kam bo‘lmagan
polosa hamda diametri 16 mm
2
va uzunligi 5 m dan kam bo‘lmagan
yumaloq po‘lat sterjenlardan tashkil topadi) iborat bo‘ladi (10.17–
rasm).
10.17–rasm. BPP ning zaminlash qurilmasi sxemasi
Podtansiyadagi elektr uskunalarning metall qobiqlari ichki
konturga ko‘ndalang kesim yuzasi 25x4 mm dan kam bo‘lmagan
po‘lat
polosa vositasida ulanadi, ichki kontur tashqi kontur bilan
ko‘ndalang kesim yuzasi 40x4 mm dan kam bo‘lmagan po‘lat polosa
vositasida ulanadi. Agar BPP atrofidagi yerning
solishtirma qarshiligi
katta bo‘lsa, zaminlash qurilmasining tashqi konturini yaqin atrofdagi
solishtirma qarshiligi kichik bo‘lgan yerga joylashtiriladi.
BPP da birlamchi kuchlanishi 35 kV li kuch transformatorlari
o‘rnatilgan bo‘lsa, bu podstansiyaning
zaminlash qurilmasini ochiq
konning himoyaviy zaminlash tizimi uchun markaziy zaminlash
250
qurilmasi sifatida qo‘llash mumkin. BPP da birlamchi kuchlanish
110 kV va undan ortiq kuchlanishli kuch transformatorlari o‘rnatilgan
bo‘lsa, bu podstansiyaning zaminlash
qurilmasini ochiq konning
himoyaviy zaminlash tizimi uchun markaziy zaminlash qurilmasi
sifatida qo‘llash mumkin emas. Bunga sabab kuchlanishi 35 kV gacha
bo‘lgan elektr tarmoqlarning neytrali yerdan izolyatsiyalangan bo‘ladi
va bir fazali yerga ulanish tokining miqdori katta bo‘lmaydi.
Kuchlanishi 110 kV va undan ortiq bo‘lgan elektr tarmoqlarning
neytrali yerga ulangan bo‘ladi hamda
bir fazali yerga ulanishda
tokning miqdori katta bo‘ladi. Bunda katta kuchlanish ochiq kon elektr
uskunalariga o‘tib ketishi mumkin. Bu holatda ochiq konning
himoyaviy zaminlash tizimi uchun yer yuzasida alohida asosiy
zaminlash qurilmasi o‘rnatiladi (10.18–rasm).