252
quvur ichida o‘tkazishga ruxsat etiladi. Tayanchlardan tushiriladigan
qismlari 1,8 m dan kam bo‘lmagan balandlikdan boshlab mexanik
shikastlanishlardan muhofazalangan bo‘lishi kerak. Bu himoyaviy
zaminlash tarmog‘iga barcha elektr qurilmalarning metall qobiqlari
ulanadi. Shuningdek metall qobiqlar yana mahalliy zaminlash qurilma-
lariga ham ulanadi. Buning uchun po‘lat, mis, alyumin, po‘lat–alyumin
sim dumaloq yoki ugolok po‘lat o‘tkazgichlar qo‘llanilishi mumkin.
Harakatlanuvchi mashina va mexanizmlarning metall qobiqlari
himoyaviy zaminlash tarmog‘iga elektr energiya bilan ta’minlanuvchi
egiluvchan kabelning to‘rtinchi simi vositasida ulanadi. Simning bir
uchi mashinaning qobig‘iga, ikkinchi uchi elektr qurilmaning
qobig‘iga ulanadi. Ulanishlar payvandlash yoki boltli birikma orqali
amalga oshiriladi.