21
ko‘rinishlarini tanlab oladilar, e’tiborimizdagidek tuyulgan narsalarni
ikkinchi darajada, asosiylarini esa bo‘rttirib tasvirlab,
badiiylik hosil
qiladilar. Rassom borliqni shunchaki biladigan va aks ettiradigan emas,
balki unga asoslanib, nimalarnidir o‘zi o‘ylab ham topadi, tasavvur etadi,
to‘qiydi. Demak, manzara asarlari o‘z mazmunida borliqni aks ettiribgina
qolmay, ayni paytda ular rassomning g‘oyalarini ifodalaydi, tomoshabin
ongini boyitadi.
O‘zi yaratgan kartinalarida ranglar jilosi orqali tabiatning go‘zalligini
namoyish qilib badiiylik hosil qila olgan iste’dodli
rassomlardan biri bu
Nikolay Georgiyevich Karaxandir.
Karaxan 1900 yil 30 mayda tog‘li Karabaxda tug‘ildi. Rassom 1907
yilda oilasi bilan Toshkentga ko‘chib kelib, gimnaziyani tugatgan.
G.Karaxan o‘z ota-onasi bilan ko‘chib kelgan bu ikkinchi vatanini qattiq
sevadi va bu bejiz emas. O‘z tuyg‘ularini badiiy obrazlarda to‘la aks ettirish
yo‘lini qidiruvchi yetuk jivopischining intilishi va tajribasi bolalik
chog‘idagi yangi va bevosita taassurotlar bilan chanbarchas qo‘shilib
ketgan.
Qaraxan ijodi san’atda turli-tuman oqimlar o‘rtasida qattiq kurash
borayotgan davrda shakllandi. 1918-1921 yillari u Turkiston o‘lka
rassomlar maktabida o‘qidi va A. Volkov, O‘.Tansiqboyev, A.Podkovirov
kabi rassomlar bilan tanishdi. San’atda milliy xususiyatni aks ettirish
masalasini bu rassomlarning har biri o‘zicha tushunar edi. Shu davrda
Karaxan freska xarakteridagi kartinalar ustida ishladi. Bu kartinalar
bo‘yog‘ining yorqinligi va kompozitsion ritmining
aniqligi bilan ajralib
turadi.
1921-1924 yillarda Karaxan Qizil Armiya qo‘shinlarining Farg‘ona
gruppasi siyosiy boshqarmasidagi tasviriy san’at bo‘limida ishladi. U
yerda tez tez o‘tkazib turilgan poeziya kechalari, ijodiy muzokaralar
rassomning o‘sishiga, uning ijodiga ta’sir etmay qolmasdi. Karaxan
Toshkentda
o‘tkazilgan
badiiy
ko‘rgazmalarda muntazam qatnashib
keldi.
1934 yilda Moskvada tashkil
etilgan
O‘zbekiston
rassomlari
asarlarining
ko‘rgazmasida
Karaxan
yaratgan
asarlar
poytaxt
jamoatchiligining e’tiborini o‘ziga jalb
etdi. Rassom respublikadagi yangi
hayotni tasvirlashga harakat qildi.
“Xotin qizlar brigadasi paxtada” (1933
yil)
o‘sha
davrdagi
eng
yaxshi
asarlardan biridir.
22
Qaraxanning onasi gilam to‘qirdi, shuning uchun ham xalq san’ati
ananasi Karaxanning ijodida o‘ziga xos o‘rin olgan.
Ammo shunga
qaramay, bu davrda yaratilgan asarlar ritmiga katta e’tibor berilganligidan
ba’zan sxematizmga yo‘l qo‘yilgan, rasmlar esa ko‘pincha shartli bo‘lib
qolgan.
O‘rta Osiyo bo‘ylab ko‘p sayohat qilgandan so‘ng Karaxan yangi
hayotdan olgan taassurotlarini yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlay
olmasligiga amin bo‘ldi. Chunki buning uchun badiiy uslubi hali
kambag‘al edi: doim bir xil usullardan foydalanar edi.
Karaxan juda ko‘p etyudlar ishlab, tabiatni qunt bilan o‘rgandi: u
borgan sayin peyzajga ko‘proq qiziqa boshladi.
Karaxanning eng yaxshi asarlari hamisha yuksak insoniy tuyg‘ular
bilan sug‘orilgandir. Zamonaviylik Karaxan peyzajlarining ajralmas
qismidir. Rassom tog‘li Bo‘stonliq, Farg‘ona vodiysi, Mirzacho‘l
kolxozlarining hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlarni doim kuzatib
rasimlarida aks ettirardi.
Rassom o‘zini ilhomlantirgan joylarni nihoyat zo‘r
mahorat bilan
tasvirlaydi. Tog‘ qiyamaligi bo‘ylab cho‘zilib ketgan yong‘oqlar
Karaxanning “Tog‘larda kuz” degan asarlaridan birini eslatadi. Shunda
peyzajning boshqa detallarini ham qidirib topmoqchi bo‘lasan, ammo bir
narsa ayon bo‘ladi: Qaraxan ishlagan rasm “elementlari” shu
manzaralarning o‘zginasida uchraydi, polotnoda esa ular bir obraz bo‘lib
gavdalanadilar; tashqi ko‘rinishdan ular aniq bir joyga o‘xshamasalar ham
lekin manzaraning umumiy xarakterini aynan aks ettiradilar va tabiat
portretlariga aylanadilar. Shundan so‘ng kartinada tasvirlangan bu
peyzajning barcha detallari tabiatda borligiga ishonasan kishi.
Agar Karaxanning rangtasvini diqqat bilan ko‘zdan kechirib borsak,
uning asarlari yil sayin takomillashib borganligini
ko‘ramiz. Undagi rang-barang bo‘yoqlar
turli his-
tuyg‘ularni uyg‘otadi.
Karaxan o‘zining so‘ngi asarlarida ilk
asarlariga xos bo‘lgan tashqi go‘zallikni keyingi
ishlaridagi teranlik va nafislikka uyg‘unlashtirdi,
ranglarning joylashishiga hamda koloritning
ixchamligiga katta e’tibor beradi. U har bir asar
uchun o‘ziga xos shakl va kompozitsiya topadi.
Rassom badiiy uslub va shaklsiz kartinaning ruhi
ham, mazmuni ham bo‘lmasligini juda yaxshi
tushunadi.
Karaxanning
so‘nggi
yillarda
yaratgan
peyzajlari ijodiy yetukligi bilan ajralib turadi.
Rassomlar bu yetuklikka odatda yillar o‘tishi bilan
23
erishadilar, lekin hamma ham unga erishavermaydi.
Karaxan ijodiga mansub asarlar orasida “Buloq boshida”
degan
kartinasi bor. Qizlar suv olish va o‘zaro bir-ikki og‘iz gaplashish uchun
so‘qmoqdan buloq tomon tushib kelmoqdalar. Lekin hozir hayolga
cho‘mib ketgan bo‘lsalar kerak, qaytish uchun uncha oshiqmayaptilar. Bu
yerda gap, albatta, oddiy syujetda emas, balki hayotning go‘zalligini
tarannum etuvchi kartinaning butun poetik holatidadir. Rassom hayot
bulog‘idan ilhom oladi, bu buloq esa hech qachon qurimaydi!
N.Karaxan ijodida obraz yaratish, hikoyanavislik kuchli edi. “Jonajon
o‘lka” (1948 yil) “Qadrdon dalalar” asarlarida primitiv san’at ta’sirini
uchratamiz. 50-yillardan boshlab Karaxan asarlarida tog‘ manzarasi
yetakchi o‘rinda turadi. Bularga “Tog‘da oqshom”, “Gullayotgan vodiy”,
“Bahor” (1947 yil), “Oltin kuz” (1961 yil), “Tog‘da kuz”, “Oltin simfoniya”
(1962 yil) kabi suratlarni keltirish mumkin.