11
MUSIQA O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI
Yarashev Jo‘rabek To‘rayevich
Buxoro davlat pedagogika instituti “Musiqa va tasviriy
san’at” kafedrasi mudiri, dotsent, p.f.f.d. (PhD)
Bugungi kunda zamonaviy musiqa fani o‘qituvchisining
pedagogik
mahoratiga- o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali
holatda
tashkil etish, o‘quvchilarning shaxs kamolotini rivojlantirish
maqsadlari tomon yo‘naltira olish, o‘quvchilarning
dunyoqarashini
shakllantirish, jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘ota
olish kabi asosiy vazifalar kiradi.
Musiqiy-pedagogik faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan
bog‘liqdir. Uning mehnati esa yoshlar shaxsini
har tomonlama kamol
toptirishga yo‘naltirilgan. Musiqiy-pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy
uzviyligini, ya’ni ketma-ketligini ta'minlash ga xizmat qiladi.
Musiqiy
faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog‘liqdir va bunda
musiqiy-pedagogik maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi juda muhimdir.
V.Gyote ta'kidlaganidek: «Ishonch
bilan gapir, ana shunda so‘z ham,
tinglovchilarni mahliyo qilish ham o‘z-o‘zidan kelaveradi
1
».
“Musiqiy-pedagogik mahorat” birnecha kategoriya sifatida o‘zining
ilmiy asoslariga ega. Jumladan:
• pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi
individuallikning yorqin
sifatida tushuniladi.
• pedagogik mahorat kategoriyasi kasbiy faoliyat nuqtai nazardan
kishining individualligini xarakterlaydi.
• mahorat o‘quvchilar tomonidan uning ijtimoiy yetuklikka erishish
darajasiga qarab bosqichma-bosqich egallanadi.
Ijtimoiy yetuklik
komponentlari pedagogik mahorat komponentlari bilan nisbatda bo‘ladi.
Bo‘lg‘usi pedagogning ijtimoiy yetuklik komponentlariga quyidagilar
kiradi: