157
Moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni ishlab
chiqaruvchilar (etkazib beruvchilar) mazkur moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va
asbob-uskunalarning yong‘in xavfliligi ko‘rsatkichlarini, shuningdek ulardan foydalanishda
qo‘llaniladigan yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini tegishli texnik hujjatlarda ko‘rsatishi kerak.
Tashkilotlar, binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlar uchun yong‘in
xavfsizligi chora-
tadbirlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda, shu jumladan ular loyihalashtirilayotganda
yong‘inlar chog‘ida odamlarning evakuatsiya qilinishini hamda yuridik va jismoniy shaxslarning
mol-mulki saqlab qolinishini ta’minlovchi echimlar nazarda tutilishi kerak.
Aholi punktlari va boshqa hududlar uchun yong‘in xavfsizligi
chora-tadbirlari tegishli
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.