156
yong‘in tufayli o‘ziga etkazilgan zararning o‘rni belgilangan tartibda qoplanishi;
o‘z sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga zarar etkazgan yong‘inning kelib chiqish sabablari
hamda sharoitlarini aniqlashda ishtirok etish;
yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha belgilangan
tartibda axborot olish;
yong‘indan saqlash xizmati etib kelguniga qadar odamlarni,
mol-mulkni qutqarish va
yong‘inlarni o‘chirish yuzasidan choralar ko‘rish;
yong‘inlarni o‘chirishda yong‘indan saqlash xizmatiga ko‘maklashish;
yong‘in xavfsizligini ta’minlashda, shu jumladan ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati
faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega.
Fuqarolar:
yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishi;
yong‘inni sezib qolganda bu haqda yong‘indan saqlash
xizmatiga darhol xabar qilishi;
yong‘indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi;
o‘ziga qarashli ishlab chiqarish, xo‘jalik binolarini, turarjoylarni va boshqa binolar hamda
imoratlarni belgilangan tartibda yong‘in nazoratini amalga oshirish maqsadida ko‘zdan
kechirishi va tekshirishi uchun yong‘in nazorati organlarining mansabdor shaxslariga imkoniyat
berishi shart.
Fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi
va ularning
zimmasida boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
3-bob. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash
12-modda. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tashkilotlarning mansabdor shaxslari va boshqa
xodimlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tarkibiy qismidir. YOng‘in
xavfsizligini ta’minlashga doir talablar mansab yo‘riqnomalarida va boshqa yo‘riqnomalarda,
zarur hollarda esa tegishli shartnomalarda aks ettirilishi kerak.
Tashkilotlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash, agar tegishli
shartnomada boshqacha
qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mazkur tashkilotlarning rahbarlari va ular vakolat bergan
shaxslar zimmasiga yuklatiladi. YOng‘in xavfsizligini ta’minlashga doir vazifalarning vakolatli
shaxslar zimmasiga yuklatilishi rahbarlarning zimmasidan mas’uliyatni soqit qilmaydi.
Xususiy va davlat uy-joy fondlarining turarjoylari va boshqa binolarida yong‘in
xavfsizligini ta’minlash, agar bu mulkiy ijara (arenda) shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa,
mulkdorlar yoki ijaraga (arendaga) oluvchilar zimmasiga yuklatiladi.
Aholi punktlarini rivojlantirish va ularda
imorat qurishni rejalashtirish, binolar va
inshootlarni
loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya
qilish hamda texnik jihatdan
qayta jihozlash chog‘ida yong‘in xavfsizligini ta’minlash tegishincha shaharsozlik faoliyati
sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, buyurtmachilar, imorat quruvchilar, loyiha va qurilish
tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi.