154
yong‘in xavfsizligi sohasida yong‘inga qarshi targ‘ibotni, o‘qitishni va axborot bilan
ta’minlashni amalga oshiradi;
yong‘in xavfsizligining ilmiy-texnik jihatdan ta’minlanishini muvofiqlashtiradi;
yong‘in xavfsizligi sohasida litsenziyalash va sertifikatlashtirishni belgilangan tartibda
amalga oshiradi;
yong‘inlar va ularning oqibatlari hisobini yuritadi;
davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolarga aniqlangan
qoidabuzarliklarni bartaraf etish hamda yong‘inlarning oldini olishga doir tadbirlar o‘tkazish
to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar beradi.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.