|
O’zbekistondagi banklar faollik indeksi va “O‘zsanoatqurilishbank “ ATB ning undagi o’rni haqida
|
bet | 4/5 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #230318 |
Bog'liq HISOBOTO’zbekistondagi banklar faollik indeksi va “O‘zsanoatqurilishbank “ ATB ning undagi o’rni haqida
Bank aktivlarida xususiy banklar ulushini, shuningdek bank sektorida amalga oshirilayotgan islohotlar va transformatsiya jarayonlari samaradorligini doimiy ravishda baholab borish maqsadida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar yetakchi ilmiy xodimi Halilulloh Hamidov «Banklar faollik indeksi» bo‘yicha tadiqiqot natijalarini ma'lum qildi. Mazkur indeks ikkita subindeksdan iborat:
Moliyaviy vositachilik va ommaboplik indeksi;
Moliyaviy barqarorlik indeksi.
Markaz o‘z tadqiqotida 27ta tijorat banki uchun faollik indeksini baholaydi. Hozirgi kunda O‘zbekiston bank tizimida 31ta tijorat banki faoliyat olib bormoqda. Shulardan 13ta bank davlat ulushi mavjud banklar bo‘lsa, 16ta bank xususiy banklar yoki chet el kapitali ishtirokidagi banklar hisoblanadi.
Banklar uch guruhga bo‘lindi: davlat ulushi mavjud yirik banklar; raqobatchi banklar; markazlashgan banklar
Banklar faollik indeksi bo‘yicha reyting
“O‘zsanoatqurilishbank” 102 yil davomida amalga oshirib, O‘zbekistonning eng yirik banklaridan biriga aylandi. Ushbu moliya instituti faoliyatining barqarorligi “Standard & Poor’s”, “MOODY’S”, “Fitch” kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklari baholari bilan tasdiqlaniladi.
2022 yil 29 dekabr kuni “Standard & Poor’s” agentligi “O‘zsanoatqurilishbank” "Barqaror" prognozi bilan BB-/B darajasida kredit reytingini tasdiqladi.
2023 yil 31 yanvar kuni “MOODY’S” agentligi “O‘zsanoatqurilishbank” "Ba3" darajada milliy valyutada uzoq muddatli va "Ba3" darajada xorijiy valyutada qisqa muddatli reytinglarini taqdim etdi. Depozitlar reytingi bo‘yicha prognoz "Barqaror" bo‘lib, bu yaqin 12 oy davomida O‘zmilliybankning barqaror bozor pozisiyasini va moliyaviy ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi.
O‘z navbatida, Fitch Ratings agentligi 2022 yil 13 sentabr kuni emitent defolti bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishbank” "Barqaror" prognozi bilan «BB-» uzoq muddatli reyting va "b" qisqa muddatli reytinglarni tasdiqladi. "Barqaror" prognozi suveren reyting bo‘yicha prognozni aks ettiradi.
“O‘zsanoatqurilishbank” umumiy reytingda (moliyaviy vositachilik va daromad olish salohiyati ko‘rsatkichlari bo‘yicha reytinglarda ham) 1-o‘rinni egalladi. Xususan, “O‘zsanoatqurilishbank” da jamg‘arma va muddatli depozitlarining jami kreditlariga nisbati 82 foizgacha oshgan bo‘lsa, boshqa banklar va moliya institutlaridan olingan depozitlar va kreditlarning jami majburiyatlaridagi ulushi hamda majburiyatlari tarkibida davlat mablag‘lari ulushi bank tizimi o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha past hisoblanadi (mos ravishda 3,2 va 0,14 foiz).
Shuningdek, “O’zmilliybank”ning moliyaviy ommaboplik indeksi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlari, xususan 10 ta eng yirik mijozlariga berilgan kreditlar ulushi hamda xususiy sektorga berilgan kreditlarning jami kreditlar hajmiga nisbati mazkur banknig reytingda yuqori pog‘onani egallashiga sabab bo‘ldi.
“O‘zsanoatqurilishbank” iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari va ularni baholash va prognoz koʻrsatkichlar
"Butunjahon pul haftaligi 2021"(Global Money Week) natijalari doirasida Markaziy bank bolalar va yoshlar uchun ta'lim faoliyati va moliyaviy savodxonlik loyihalarini amalga oshirgan eng faol tijorat banklarini aniqladi.
Markaziy bank banklarning bir nechta mezonlarda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish hissasini baholadi:
maktab o'quvchilari, o'qituvchilar va Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun umumta'lim muassasalari va bolalar uylarida o'tkaziladigan ta'lim tadbirlari soni va sifati;
OAV da tadbirlarni yoritish bo'yicha axborot kampaniyasini o'tkazish;
ijtimoiy tarmoqlarda aholi uchun moliyaviy savodxonlik bo'yicha o'quv-onlayn tadbirlar o'tkazish;
Bolalar va yoshlarni jalb qilish bilan yangi moliyaviy savodxonlik loyihalarini yaratish;
Tarqatma materiallarning, shuningdek musobaqalar g'oliblariga sovg'alarning miqdori va sifati.
“O‘zsanoatqurilishbank” moliyaviy savodxonlik sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarni tahlil qilish yakunlari bo'yicha "moliyaviy savodxonlik bo'yicha eng faol bank"deb e'tirof etildi.
Xalqaro hamkorlikning rivojlanishi. Bank xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni oʻz faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri deb biladi. Bank yetakchi moliyaviy barqaror xorijiy tijorat banklarida yangi vakillik hisobvaraqlarini ochish, shuningdek xalqaro kredit tashkilotlarini moliyalashtirish bilan hamkorlikni kengaytirish orqali oʻz vakillik tarmogʻini kengaytirish amaliyotini davom ettiradi. Bu savdo va loyihalarni moliyalashtirish uchun tashqi kredit liniyalarini jalb qilish, tashqi savdo shartnomalari boʻyicha xalqaro operatsiyalarni zudlik bilan bajarish va Bankning valyuta aktivlarini diversifikatsiya qilish imkoniyatlarini oshiradi. Kredit portfelining oʻsishi. Bank iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tashkilotlariga respublikaning strategik muhim sohalarida, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit berishni koʻpaytiradi.
Iqtisodiyotning eksportga yoʻnaltirilganligi mamlakatdagi tarkibiy oʻzgarishlarning asosiy yoʻnalishlaridan biri ekanligini hisobga olib, Bank eksport qiluvchilarni xorijiy valyutada kreditlash tizimini rivojlantirmoqchi. Sarmoyaning etarlilik darajasining yuqori darajasini ta’minlash. Bank oʻz faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etuvchi ustav kapitalini oshirish boʻyicha ishlarni davom ettiradi. Bankning dividend siyosati Aksiyadorlarning joriy manfaatlari va Bankning uzoq muddatli rivojlanish maqsadlari oʻrtasida maqbul darajani ta’minlashga qaratilgan. Xatarlarni boshqarish tizimini takomillashtirish. Xatarlarni boshqarish tizimi bank biznesining barqaror rivojlanishining muhim sohasidir. Xatarlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, Bank xatarlarni boshqarishning xalqaro uslublariga va amaldagi xalqaro standartlarga muvofiq, kredit risklarini boshqarish uchun mavjud tartib va qoidalarni optimallashtirish boʻyicha ishlarni faollashtirmoqda.
Bank boshqa operatsiyalar uchun tavakkalchiliklarni cheklash tizimini yaxshilaydi, xavflarni boshqarishning ilgʻor uslublari va texnologiyalarini (shu jumladan stressni sinovdan oʻtkazish jarayonini) ishlab chiqadi va xavflarni tahlil qilish va baholash jarayonlarini, shu jumladan uning avtomatlashtirilgan bank tizimiga integratsiyalashuvini har tomonlama avtomatlashtirishni amalga oshiradi.
Bank likvidlikning bir qator stressli stsenariylarini, shu jumladan yoʻqotish yoki yoʻqotishlarni keltirib chiqaradigan sugʻurta stsenariylarini amalga oshirish uchun sugʻurta vazifasini oʻtaydigan bepul likvidlikning «yostigʻi» ni yaratishga qaratilgan ish samaradorligini oshiradi.
Operatsion xavflar sohasidagi asosiy vazifa mumkin boʻlgan operatsion xavflarni toʻliq inventarizatsiya qilish, ularning iqtisodiy oqibatlarini baholash, oldini olish va boshqarish tizimlarining iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish, shuningdek, Bank boʻlinmalarining javobgarligini oshirishdir.
Bank asta-sekin bozor xatarlari darajasini pasaytirish maqsadida Bankning bozordagi mavqeini nazorat qilish samaradorligi va chuqurligini oshirish maqsadida mavjud xatarlarni boshqarish tizimini sifat jihatidan modernizatsiya qilish ishlarini olib boradi.
Kadrlar siyosatini ishlab chiqishda bank inson resurslarini rivojlantirishni oldimizga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirishning asosiy sharti deb biladi. Korporativ madaniyatni rivojlantirish har bir xodim uchun «Agrobank» tomonidan yuqori natijalarga erishishda mulkdorlik hissini shakllantirishga, jamoaviy ruhni rivojlantirishga, strategik maqsadlarga erishishga qaratilgan tengdoshlar jamoasini yaratishga qaratilgan. Bank xodimlarining doimiy kasbiy rivojlanishi kadrlar zaxirasini tanlash, oʻqitish, joylashtirish, bir-birining oʻrnini toʻldirish va shakllantirish tizimining samaradorligini oshirish, xodimlarni ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish, shuningdek korporativ madaniyatni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi.
Xulosa
Mamlakatimizning bugungi kundagi bank tizimi holati tez suratlarda o‘sib bormoqda. Buning natijasida tijorat banklarining kreditlash hajmi va aholi omonatlarini qabul qilishi kengayib bormoqda. Bizning banklarga bo’lgan ishonchimiz kundan – kunga ortib borishini banklardagi aholi omonatlari hajmining o‘sib borishida ko‘rib borishimiz mumkin. Tijorat banklari faoliyatini o’rganish jaroyonida shunday xulosaga keldimki, O’zbekison Respublikasi tijorat banklari faoliyati, ularning tashkil topish asoslari O’zbekiston Respublikasi qonunlari, meyoriy hujjatlariga asosan amalga oshiriladi va ularning tijorat faoliyatini olib borishlari, turli xil operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun imtiyozlar va qulayliklarga egaligini ko’rishimiz mumkin. Va albatta banklarning istiqboldagi rivoji islohotlarning quyidagi asosiy yo’nalishlariga qaratilishining guvohi bo’lishimiz mumkin:
maksimal darajada mijozga yo’naltirilganlik, bunda bank o’zining har bir mijozining moliyaviy xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga va shu bilan birga, mijoz munosabatlarining har bir to’plamidan olinadigan daromadni ko’paytirishga intiladi;
bankning passiv bazasi tuzilmasida korporativ mijozlar ulushini ko’paytirish, faol baza tuzilmasida – yuqori daromadli tarkibiy qismlarni – aholiga va kichik biznes sub’yektlariga kreditlarni ko’paytirish;
biznesni diversifikatsiyalash va yangi bank mahsulotlarini tadbiq etish, bank foydasida salmoqli hissaga ega tayanch biznes yo’nalishlarini aniqlash;
bankdagi jarayonlarni optimallashtirish, bu boshqarish darajasini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilaydi, jarayonlarni optimallashtirish asosiy biznes jarayonlarni qayta ko’rib chiqishni va ish usullarini keng miqyosda ma’lum bir shaklga keltirishni nazarda tutadi.
|
| |