|
"O’z Sanoat Qurilish bank Mirzo Ulug’bek bxm" aj markaziy amaliyot filiali faoliyati
|
bet | 3/5 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #230318 |
Bog'liq HISOBOTShaxsga nisbatan hurmat. Har qanday kishining huquq va erkinliklarini hurmat qilish, huquq va erkinliklariga qat’iy rioya va himoya qilish Bank har kungi faoliyatining birinchi darajali tamoyillari sifatida. Bankning har bir xodimining o’z so’zi va xatti-harakati uchun ma’sulligi.
Mijozlar talablariga javob bera olishlik. Mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha barcha operatsiyalarni halol, o’z vaqtida va eng yaxshi sharoitlarda, amalga oshirish. Biz hamkorlikni faoliyatimizning barcha sohalarda, ahloq, ishonch va hurmat tamoyillariga asosanlangan holda rivojlantiramiz.
Chempionlikka intilish. Chakana sektorida ustunlik qilish, xalqaro operatsiyalar va investitsiyalarni rivojlantirish biz uchun ustuvor sanaladi. Bizni biznesning yangi sahnlari va sohalari, hamda eng istiqbolli mijozlar qiziqtiradi. Biz, o’sish imkoniyatini berish uchun, bank faoliyatining barcha sohalaridagi eng yaxshi mutaxassislarni jalb etamiz. Xodimlarimizning kasbiy takomillashishini rag’batlantirish, bizning har kungi vazifamiz hisoblanadi.
Jamoaviylik. Kasbdoshlar o’rtasida hamfikrlilik, ishonch, o’zaro yordam va birdamlik, doimiy kasbiy bilimlar va amaliy tajriba almashish asosida munosabatlar o’rnatish. Jamoa barcha xodimlarining Bank umumiy ishiga qo’yilgan strategik masalalarni hal etish va bank missiyasini bajarish maqsadiga sodiqlik.
Halollik va vijdonlilik. Qing’ir yo’l bilan pul topish doimo, yanada katta muammolar va zararlarni keltirib chiqarishini, tushunish. Bu to’g’ri poydevorga ishonch. Biz, bank o'z manfaatlarini ko'zlab tadbirkorlik qilish joyi emasligini tushunamiz.
Bankning har bir ish kunining 5-6 soati bevosita mijozlarga xizmat koʻrsatishga ajratiladi. Kunning qolgan qismida esa avvalgi kun hisob materiallari tekshiriladi, shu kunning operatsiyalariga yakun yasaladi va ertangi kun operatsiyalariga tayyorgarlik koʻriladi. Shu kun kelib tushgan hujjatlar shu kunning oʻzida, kechki payt kelib tushgan hujjatlar esa ertasi kunga oʻtkaziladi, chunki hujjatlar kechki pochta orqali kelishi mumkin. Hujjatlar aylanishi aks etgan grafiklarda bank operatsiyalarini bajaruvchi bank xodimlarining bir-biriga hujjatlarni uzatish, banklararo aylanmalar guruhi, kassaga yoki bankning hisoblash markazlariga, ya’ni kompyuter boʻlimiga uzatish vaqtlari belgilanadi.
Bankning mas’ul ijrochilariga hujjatlarning oʻz vaqtida bir maromda tushishi, ularning oldida katta navbatlar hosil qilishning oldini olish maqsadida «Agrobank» mijozlarga xizmat koʻrsatish grafigi tuzilgan. Grafikda kunda bank bilan muloqotda boʻladigan, har bir mas’ul ijrochiga biriktirilgan korxona va tashkilotlar nomi va ularga xizmat koʻrsatish vaqti ular bilan kelishgan holda belgilangan.
Umuman, buxgalteriya xodimlarining ish kuni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda kelayotgan hisob-kitob va pul hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishi hamda ular hisobvaraqlar boʻyicha buxgalteriya hisobida aks ettirilib, kundalik balans tuzilishi kerak. Banklarda ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan asosiy talablar ishlab chiqilgan boʻlib, ular “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan yoʻriqnomada oʻz ifodasini topgan. Yoʻriqnomada koʻrsatilgan talabnomalar quyidagilardir:
Operatsiya kuni davomida, ya’ni ish kunining birinchi yarmida bankka kelib tushgan barcha hisob-kitob, pul hujjatlari shu kunning oʻzida qabul qilinishi, rasmiylashtirilishi va buxgalteriya hisobvaraqlarida qayd etilishi kerak. Operatsiya kuni tugagandan keyin bankka kelib tushgan barcha hujjatlar qoida tariqasida kelasi ish kunida mijozlarning hisobvaraqlariga kiritiladi.
Shaxsiy kompyuterlar yordamida fayllarga ishlov berish tartibi va ularni Hisob markaziga joʻnatish vaqti Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi banklari oʻrtasida elektron toʻlovlar tizimi boʻyicha hisobkitoblar yuritish toʻgʻrisida”gi Nizom hamda unga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar asosida amalga oshirilishi lozim.
Operatsiyalarning sifatli oʻtkazilishini tartibga solib turish uchun har bir bank boʻlimida doimiy ravishda bankka katta miqdorda hisob-kitob va pul hujjatlarini taqdim etuvchi asosiy mijozlardan hujjatlar qabul qilish qat’iy grafiklarini tuzish lozim.
Operatsiya kuni davomida mijozlardan barcha hujjatlarni bevosita buxgalteriya xodimlarining oʻzlari qabul qilib oladilar. Operatsiya kuni tugagandan soʻng, ya’ni kunning ikkinchi yarmida hujjatlar bankka maxsus qutilar orqali topshiriladi. Ulardagi hujjatlar har soatda olib turilishi kerak.
Barcha hisob-kitob va pul hujjatlaridan oʻtkazilishi lozim boʻlgan summalar, jumladan, byudjetga ajratmalar, ish haqi va shunga tenglashtirilgan naqd pul toʻlovlari mijozning “Talab qilib olinadigan” depozit boʻyicha hisobvaragʻida yetarli pul mablagʻlari boʻlgan taqdirda, ya’ni shu hisobvaraqdagi mablagʻlar chegarasida toʻlanadi.
Yuqorida sanab oʻtilgan talablarni hisobga olgan holda «Agrobank» mijozlarga xizmat koʻrsatish hamda hujjatlar aylanish grafigi belgilab qoʻyilgan. Unda xoʻjalik yurituvchi subektlarga hisob-kitob va kassa xizmatlarini koʻrsatishning aniq vaqti hamda ularga ishlov beruvchi uchastkalardan oʻtadigan vaqti koʻrsatilgan. Mijozlarga xizmat koʻrsatish va hujjatlar aylanishi grafigini bank rahbari tasdiqlaydi.
Bankda yangi ish kunini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning Hisob- kitob markazida ochilgan tashqi (“21302-Rezident bankning vakillik hisobvaragʻi”) vakillik hisobvaragʻining kun boshiga aylanma va qoldiq summalarini, oʻzlarining ichki (“10301-Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi”) vakillik hisobvaragʻining aylanma va qoldiq summalari bilan mosligini tekshirish bilan boshlashadi. Ichki va tashqi vakillik hisobvaragʻi aylanma va qoldiq summalarini mosligini tasdiqlash uchun Hisob-kitob markaziga elektron fayl yuboradi. Hisob-kitob markazi bank yuborgan elektron faylni qabul qilib oladi va bankning tashqi va ichki vakillik hisobvaraq qoldiq summalarini dasturiy ravishda taqqoslaydi hamda ularni mosligini tasdiqlab bankga qaytaradi. Vakillik hisobvaraqlar qoldiq summalari mos kelmasa, mavjud farq bartaraf etilmaguncha bank amaliyot kuni ochilmaydi hamda banklararo toʻlovlarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi. Hisob-kitob markazidan tasdiq (W-fayl) olgandan soʻng, banklarga banklararo toʻlovlarni amalga oshirish uchun ruxsat beriladi.
Buxgalteriya xodimlarining ish kuni rejimi quyidagicha ishlab chiqilgan. Mas’ul ijrochilarning ish kuni ertalab 8.00 dan 17.00 gacha davom etadi. Soat 8.00 dan 9.00 gacha mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni tekshirish, analitik va sintetik hisob materiallarini bir-biri bilan solishtirish, kerakli hujjatlar bilan shaxsiy hisobvaraqlarni mijozlar boʻyicha hisobvaraqlar kartotekasiga joylashtirish bilan shugʻulanadi. Pul sanash kassasidan tushumni yigʻishga doir hujjatlar operatsion boʻlim buxgalteriya xodimi qoʻliga ish kuni boshlanish vaqtida kelib tushishi lozim. Operatsiya kuni davomida inkassatsiya qilingan tushum hujjatlari tushum sanab boʻlingandan keyin, lekin 13.00 dan kechikmay kassadan olinadi. Kassa daftarlarini kassa ma’lumotlari bilan solishtirish 15.00 gacha tugallanishi lozim.
Ish kunining ikkinchi yarmida mijozlardan qabul qilingan hisob-kitob, pul hujjatlari toʻlov muddatlari arafasida qaydlov uchun rasmiylashtiriladi. Mijozlardan hujjatlar butun ish kuni davomida qabul qilinadi. Operatsion kun oxirigacha bankka kelib tushgan hujjatlar joriy kun balansi boʻyicha oʻtkaziladi. Operatsion kun tugagandan soʻng yoki kun oxirida topshirilgan hujjatlar bankningkeyingi ish kuni balansi boʻyicha oʻtkaziladi. Ish kuni yakunlanishiga kamida ikki soat qolganda inkassaga qabul qilingan boshqa shaharlar bilan hisob-kitoblar boʻyicha toʻlov talabnomalari toʻlovchilarga xizmat koʻrsatuvchi banklarga oʻsha kunning oʻzidayoq joʻnatiladi. Mazkur bank mijozlarining hisobvaraqlari boʻyicha summalarini kiritish va olishi uchun hujjatlar bir operatsiya xodimlaridan boshqalarga berilishi kechiktirilmasligi, ular kelib tushgani va hujjatlarga ishlov berilgani sayin topshirib turilishi lozim.
Hozirgi kunda respublikadagi barcha tijorat banklari yangi kompyuter va boshqa hisoblash texnikasi bilan ta’minlangan boʻlib, oʻz ichki hisoblash markaziga ega. Shu sababli korxona va tashkilotlarning shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarini tekshirish hamda hisobvaraqlar boʻyicha yakunlarini balans hisobvaraqlari va kutilmagan vaziyatlar
|
| |