|
"O’z Sanoat Qurilish bank Mirzo Ulug’bek bxm" aj markaziy amaliyot filiali faoliyati
|
bet | 1/5 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #230318 |
Bog'liq HISOBOT
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………….2
“O’z Sanoat Qurilish bank Mirzo Ulug’bek BXM” tarixi………………………3
“O’z Sanoat Qurilish bank Mirzo Ulug’bek BXM” AJ Markaziy amaliyot filiali faoliyati………………………………………………………………………….4
Bankning qo'mita va komissiyalari, missiyasi…………………………………..7
O’zbekistondagi banklar faollik indeksi va “O’z Sanoat Qurilish bank Mirzo Ulug’bek BXM” ning undagi o’rni haqida……………………………………..15
“O’z Sanoat Qurilish bank Mirzo Ulug’bek BXM” ……………………...……17
Kirish
Bozor munosabatlarining muhim bo’g’inlaridan biri bo’lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Jamiyat yaxshi taraqqiy qilgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo’lmasdan sog’lom taraqqiy qilishi mumkin emas.
Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim sub’yekti bo’lgan banklar faoliyatini o’rganish, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini bilishni taqazo qiladi.
Bank maxsus muassasa sifatida o’ziga xos bo’lgan funksiya va operatsiyalarni bajaradi. U bajaradigan bu fuksiya va operatsiyalar banklar faoliyatining qator boshqa bozor munosabat sub’yektlari faoliyatidan ajralib turishga asos hisoblanadi.
Bank bozor munosabatlarining boshqa sub’yektlaridan farqli o’laroq pul bilan ishlovchi, vaqtincha turgan pul mablag’larini o’zida yig’uvhi, uni pul zarur bo’lgan sub’yektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul mablag’larini samarali ishlatish asosida o’z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Odatda iqtisodiyotning holati banklar faoliyati bilan aniqlanadi. Banklar iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi organ hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida, capital aylanishining uzluksizligini ta’minlash, bo’sh pul mablag’larini yig’ish va ularni va ularni pul zarur bo’lgan sub’yektlar o’rtasida taqsimlash bo’yicha faoliyat olib boradi. Banklar faoliyatining boshqa sub’yektlardan farqli yana bir tomoni shundaki, ular asosan jalb qilingan mablag’larga tayanib ishlaydilar. Bu esa o’z navbatida bank ishining risklilik darajasini oshiradi. Jahon amaliyotida banklar mijozlarga 300 dan ortiq turli xil operatsiyalarni tavsiya qiladilar.
O’zbekiston Respublikasida ham bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish borayotgan shu bosqichda asosiy maqsad banklarimizning faoliyatini xalqaro bank amaliyoti andozalariga yaqinlashtirishdan, banklarning kapitalini ko’paytirgan holda, ularni xususiylashtirish, banklar faoliyatida yangi zamonaviy texnologiyalar qo’llanildi.
“O‘zsanoatqurilishbank “ ATB tarixi
O‘zsanoatqurilishbank tarixi – bu uning oʻn yillar davomida doimiy rivojlanish davridir. O‘zbekistondagi eng qadimgi banklardan biri sifatida uning faoliyati qator o‘zgarishlar, qayta nomlash hamda takomillashtirishdan o‘tdi va mijozlari uchun hamisha ishonchli sherik va mamlakat moliyaviy-iqtisodiy hayotining faol ishtirokchisi bo‘lib qoldi. “O‘zsanoatqurilishbank “ ATB 1922-yil 28-oktyabrda Toshkentdagi savdo-sanoat bankining O‘rta Osiyodagi idorasi sifatida tashkil etilgan.
1924-yil oktyabr oyida bank xalq xoʻjaligi tarmoqlarini moliyalashtirish hamda kreditlash uchun hukumat agenti sifatida ish boshladi. Bank 1926-yilda Boʻzsuv gidroelektri stansiyasining qurilishini moliyalashtirdi. 1932-yil may oyida Sanoatbank qayta tashkil etilib, capital qurilish va sanoatni moliyalashtirish uchun ixtisoslashtirilgan bankka aylandi. Urush yillarida va 1960-yillarga qadar bank zavodlar qurilishida faol ishtirok etdi.1959-yilda Sanoatbank Qurilishbank deb nomlandi va mamlakatda qurilishni qoʻllab-quvvatlashda davom etdi. Qurilishbank mamlakatda qurilishni qoʻllab-quvvatlashda davom etib, 1966-yildagi zilziladan soʻng Toshkentning vayron boʻlgan binolari va infratuzilmasini tiklash uchun moliyaviy koʻmaklashdi.1987-yilda Qurilishbankga Sanoatqurilishbank nomi berildi va xizmatlari kengaytirildi.1998-yilda bankning iqtisodiy islohotlardagi roli kuchaydi, hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini barqarorlashtirishga oid islohotlarida faol ishtirok etdi.
“O‘zsanoatqurilishbank “ ATB Markaziy amaliyot filiali faoliyati
“O‘zsanoatqurilishbank “ ATB faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilangan:
xorijiy kredit liniyalari, xalqaro kapital bozoridagi resurslar, xorijiy investorlar mablag‘larini jalb qilish orqali iqtisodiyotning ustuvor sektorlarida yirik investitsion loyihalarni faol ravishda kreditlash;
xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini oshirish uchun innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlarini, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat masalalarida moliyaviy maslahatlar berish va axborot ko‘magini ko‘rsatish;
aholiga chakana bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda bank xizmatlarining yangi
turlarini joriy etish;
birinchi navbatda milliy valyutadagi uzoq muddatli mablag‘larni safarbar qilish hisobiga bank faoliyatini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish;
savdo-eksport moliyalashtirish biznesi mahsulotlarini rivojlantirish va uning geografiyasini kengaytirish, shuningdek, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, eksport qiluvchilarga konsalting xizmatlarini taqdim etish;
korporativ mijozlarga investitsion banking, jumladan ichki va tashqi bozorlarda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish.
“O‘zsanoatqurilishbank “ ATB mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
TO‘LIQ NOMI
|
"O’ZBEKISTON SANOAT QURILISH BANK " ATB
|
TASHKIL ETILGAN YIL
|
1922 -YIL 22-OKTABR
|
MIJOZLARI
|
25% JISMONIY SHAXSLAR
75% YURIDIK SHASXLAR
|
KORPORATIV MIJOZLAR MIQDORI
|
857,742
|
JISMONIY SHAXSLAR MIQDORI
|
29,872
|
FILIALLAR SONI
|
170
|
MAVJUDLIGI HUDUDLARI
|
TOSHKЕNT SHAHRI.
HUDUDLAR - FARG‘ONA, NAMANGAN, QO‘QON, SAMARQAND, SURXONDARYO, BUXORO, QORAQALPOG'ISTON RЕSPUBLIKASI, ANDIJON, URGANCH
|
BANK REYTINGI
| |
|
| |