Yangi texnologiyalar afzalliklari




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/183
Sana24.09.2024
Hajmi4,74 Mb.
#272179
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   183
Bog'liq
Axborot texnologiyalar asoslari Amirova Zubayda Shodmanovna

Yangi texnologiyalar afzalliklari 
Hozirgi kunda ko'plab mamlakatlar sog'liqni saqlash, transport, mudofaa va 
milliy xavfsizlik kabi ko'plab sohalarda sun'iy intellekt afzalliklaridan foydalanib 
kelmoqda. PricewaterhouseCoopers (PwC) konsalting kompaniyasi tadqiqotlari 
shuni ko'rsatadiki, global sun'iy aql 2030-yilga kelib jahon iqtisodiyotiga 15,7 
milliard trillion AQSH dollarimiqdorida hissa qo'shishi kutilmoqda. Bu jahon
yalpi ichki mahsulotini 26 foizga o'sishiga olib keladi. 
Xorijda sun'iy intellekt texnologiyasini o'z soliq tizimida qo'llayotgan mamlakatlar 
soni yildan yilga ortib bormoqda. Jumladan, Daniya 2018-yilda soliq to'lashdan 
bo'yin tovlash natijasida qariyb 325 million AQSH dollari zarar ko'rgan. Mamlakat 
hukumati sun'iy aql vositalarini o'z soliq tizimiga tatbiq etishi natijasida soliqlarni 


to'lashdan bo'yin tovlashning har 100 holatidan 85 tasini muvaffaqiyatli aniqladi. 
SHuningdek Hindiston hukumati soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlash bilan 
kurashish va soxta firmalarni aniqlash uchun sun'iy aql vositasidan foydalanishga 
kirishgan etakchi mamlakatlar qatorida turadi. 
Negaki, soliq ma'murchiligiga sun'iy aqlni joriy etilishi qo'yidagi afzalliklarga ega 
bo'lish imkoniyatini beradi. Jumladan, ayni kunda soliq to'lashdan bo'yin tovlash 
holatlarini aniqlash. soliq idoralari soliq auditi jarayonida firibgarlikni aniqlashga 
harakat qilishadi. Hujjatlar to'plamidan aniq ma'lumotlarni topish bu pichan 
ichidan igna qidirish kabi zahmatni talab qiladi. Aslida algoritmlaridan foydalanib
katta miqdordagi ma'lumotlarda noodatiy yozuvlarni aniqlay oladigan, sun'iy aqlni 
qo'llab-quvvatlaydigan tizimlarni yaratish mumkin.
Takroriy vazifalarni avtomatlashtirish uchun sun'iy intellektni qo'llab-
quvvatlaydigan robotlarning qo'llanilishi mutaxassislarga hujjatlar ustida ishlashni 
kamaytirishga xizmat qilsa, shaffoflikni oshirish esa, soliqqa tortishning 
avtomatlashtirilgan jarayonida korruptsiyani kamaytirshga yordam beradi. 
Sun'iy intellekt yordamida avtomatlashtirilgan komp`yuterlar soliq ma'lumotlarini 
prognoz va tahlil qilish uchun sarf-xarajatlarni kamaytirishda ham katta 
imkoniyatga ega. Bunday ma'lumotlardan foydalanib yillik o'zgarishlarni kuzatib 
borish va mablag'larni tejash mumkin. 
Raqamli texnologiyalar taraqqiy etgan asrda eng muhum omil bu ma'lumotlar 
hisoblanadi. Ularni to'plab, o'rganishlar asosida xulosalar chiqarishda Big 
Data texnologiyasining ahamiyati katta. Undan qo'pincha salmoqli 
ma'lumotlarning prognozli tahlillariga yoki ma'lumotlardan qiymat chiqarib 
olishning boshqa usullariga murojaat qilishda ham foydalaniladi. Big Data 
texnologiyalaridan olinadigan daromadlar yildan yilga o'sib bormoqda. U 2019-
yilda 189,1 milliard dollarni tashkil etgan bo'lsa, 2022-yilda 274,3 milliard 
dollarga etishi kutilmoqda. AQSH, Avstraliya kabi mamlakatlarda katta hajmli 
ma'lumotlar texnologiyalarini rivojlantirish va moliyalashtirish bo'yicha maxsus 
davlat dasturlari ishlab chiqilgan. 


Avstraliyaning dasturi — "Smarter Data" aqlli ma'lumotlar deb nomlanadi, U 
xatarlarni baholash, tahlil qilish, soliq to'lovchilarning doimiy ravishda yangilanib 
turadigan profillarini yaratish, ma'lumotlardan turli maqsadlarda foydalanishni 
avtomatlashtirish, shuningdek, mazkur tahlil jarayonlari uchun katta hajmli 
ma'lumotlardan foydalanishga asoslangan. Mazkur texnologiya Blokcheyn 
texnologiyasi bilan birgalikda qo'llanganda katta miqdordagi operatsiyalarni 
bajarish, QQSni (manfiy summasini) qaytarish va transchegaraviy operatsiyalarni 
kuzatish mumkin bo'ladi. 
Davlatimiz rahbarining yuqorida qayd etilgan “Sun'iy intellekt texnologiyalarini 
jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida’’gi 
hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi “Soliq ma'muriyatchiligida 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir 
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorlariga asosan, 2022-yilning may 
oyiga borib, soliq sohasida yuridik shaxslarning soliq tushumlarini tahlil qilish, 
soliq to'lovlaridagi tafovutlarni aniqlashda sun'iy intellekt texnologiyalarini 
qo'llash dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish 
belgilangan, 2023-yil iyuniga kelib esa, katta hajmdagi ma'lumotlarni boshqarish 
va tahlil qilish imkonini beruvchi “Big Data” texnologiyalarini yo'lga qo'yish 
mo'ljallanmoqda. 
Ma'lumotlarga ko'ra 2015-2016-yillarda Moliya vazirligining g'aznachilik 
departamenti va Davlat soliq qo'mitasi bilan hamkorlikda byudjetdan tashqari 
mablag'larni to'g'ridan-to'g'ri Moliya vazirligi g'aznachiligiga tushirishni yo'lga 
qo'yish maqsadida ma'lumotlar markazi serverlarining bir qismi yangilagan, biroq 
mazkur elektron qurilmalar bugungi kunga kelib ancha eskirgan. 
Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda coliq tizimiga Big Data texnologiyasini 
joriy etish muddatlarini yanada jadallashtirish zarur. Agar u blokcheyn 
texnologiyasi birgalikda qo'llansa, tizim serverlarida zo'riqishlar yuzaga kelishi 
kamayadi hamda ma'lumotlarni uzatish tezlashadi. Chunki, blokcheyn 
ma'lumotlarni serverlarda emas, tarmoq bo'ylab saqlaydi. 
2021-yilning 28-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar (tovar va 
xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik sub'ektlari 
o'rtasida tuzilgan shartnomalarni elektron ro'yxatdan o'tkazish va tovar-moddiy 
boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari 
to'g'risida”gi qarorining qabul qilinishi bu yo'ldagi yana bir muhim qadam bo'ldi. 
Shu yilning 1-iyunidan tatbiq etiladigan bu xizmatlarning xo'jalik yurituvchi 
subyektlar o'rtasida elektron ma'lumotlarning tizimli va izchil almashinuvini 
ta'minlash, birlamchi buxgalteriya hujjatlarini avtomatlashtirish hamda soliq 
to'lovchilarga soliq yukini keskin kamaytirish imkoniyatini yaratishi ko'zda 
tutilgan Prezidentimizning “Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish 
uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida’’gi qaroriga ko'ra, joriy 
yilning 1-martidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish 
ilmiy-tadqiqot institutining tashkil qilinishi “Raqamli O'zbekiston – 2030” 
strategiyasini har tomonlama amalga oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni 


tashkil qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi 
tizimida sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish; mazkur yo'nalishda 
fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borishdagi ahamiyati katta bo'ladi. 
Nazarimizda, shu bilan birgalikda, raqamli texnologiyalarning shiddat bilan 
rivojlanishi va sohaning malakali mutaxasislarga ehtiyojini oshishi oliy ta'lim 
muassasalarida “Soliq va raqamli texnologiyalar” bo'yicha alohida o'quv 
yo'nalishini tashkil etilishni taqozo etmoqda. Bu eng avvalo, tizimning salohiyatli 
kadrlar bilan ta'minlanishiga yanada keng yo'l ochadi. 
Jahon tajribasi ko'rsatib turibdiki, sun'iy aql va Big Data texnologiyalari nainki 
soliq idoralari ishini jadalashtirishga, shu bilan birga, “elektron hukumat” faoliyati 
samaradorligining oshishini hamda mamlakatda “raqamli iqtisodiyot”ning 
rivojlanishiga va eng muhimi, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga ham 
yordam beradi. 

Download 4,74 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   183




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish