O‘qitish materiallar




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/183
Sana24.09.2024
Hajmi4,74 Mb.
#272179
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   183
Bog'liq
Axborot texnologiyalar asoslari Amirova Zubayda Shodmanovna

4-ILOVA 
Raqamli texnologiyalar hayotimizga shunchalik singib ketdiki, bugungi 
kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham 
ularsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Tabiiyki, boshqa sohalarda bo'lgani singari kabi
paqamli texnologiyalarni soliq ma'murchiligida joriy etish ham uning faoliyatini 
tubdan o'zgartirmoqda. Bu nafaqat soliq to'lovchilar va soliq organlari o'rtasidagi 
munosabatlar bilan bog'liq bo'lib qolmay, balki deklaratsiyalarni taqdim etishdan 
tortib, to soliqlarni to'lash va ma'lumotlarni saqlash usullarigacha ham 
yangilikliklar kirityapti. 
Xususan, tizimda yagona elektron platformani yaratish orqali ma'lumotlarni 
kiritish, to'plash, shakllantirish, tahlil qilishning zamonaviy uslubi yo'lga qo'yildi. 
Buning natijasida soliq hisobotlarini topshirish jarayoni 5-7 barobarga qisqardi. 
Ayni kezda 112 guruh va 1348 tovar va xizmatlar sinfidan iborat bo'lgan 
O'zbekiston Respublikasi tovarlar va xizmatlarning yagona elektron tasniflagichi 
uchun veb-portal joriy qilingan. Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodlari 
yordamida 900 mingdan ortiq elektron hisob-fakturalar yaratilgan. 
Elektron hisobvaraq-fakturalarning keng joriy etilishi soliq ma'murchiligini 
yaxshilashga olib keldi. O'tgan yilning ikkinchi yarim yilligida ushbu elektron 
tizim orqali 798,4 trillion so'mlik tovar aylanmasi soliq bazasiga kiritildi yoki bu 
ko'rsatkich birinchi yarim yillikka nisbatan 3,5 baravarga oshdi. 
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib boryapti va har bir 
sohada zamon bilan hamqadam odimlashni taqozo etadi. Masalan, sun'iy intellekt 
texnologiyacini joriy etish soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlarini aniqlash, 
firibgarliklarni oldini olish, ma'lumotlarni tahlil qilish va takporlanuvchi 
jarayonlarni avtomatlashtirish hamda shaffoflikni oshirishda qo'l kelsa, katta 
hajmli ma'lumotlar — Big data esa soliq organlariga kelib tushadigan katta 
hajmdagi ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tushumlarni yanada yaxshiroq 
bashorat qilish hamda to'lovchilar va soliq organlari o'rtasidagi hujjat 
almashinuvini yaxshilash imkoniyatini beradi 

Download 4,74 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   183




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish