Sun'iy intellekt va big data ko'makka kelmoqda




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/183
Sana24.09.2024
Hajmi4,74 Mb.
#272179
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   183
Bog'liq
Axborot texnologiyalar asoslari Amirova Zubayda Shodmanovna

Sun'iy intellekt va big data ko'makka kelmoqda 
Ma'lumot uchun artificial intelligence, ya'ni, sun'iy aql- informatikaning 
alohida sohasi bo'lib, kompyuter yoki mashinaning inson ongidagi imkoniyatlarga 


taqlid qilishi, codda qilib aytganda, sun'iy aql kompyuterlarni odam kabi o'ylash 
va yechim topishga yo'naltirilgan texnologiya hisoblanadi. Big Data — salmoqli 
ma'lumot atamasi kuniga 100 gigabaytdan ko'p ma'lumot tushadigan oqimlarga 
nisbatan qo'llanib kelingan. Keyinchalik ma'lumotlarning keskin ko'payishi 
oqibatida bu tushuncha yanada keng qamrov kasb eta boshladi. Ushbu atama 
odatda terabayt, ekzabayt va petabaytlar darajasidagi katta hajmdagi ma'lumotlarga 
nisbatan qo'llaniladi. 
Bugungi kunda soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlash, sohadagi firibgarliklari va 
ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tahlil qilishning hozirgi holatida milliy hamda 
xalqaro darajada bir muncha muammolar mavjud. Misol uchun, Soliq, Adliya 
Tarmoqlari (Tax Justice Network) tashkilotining 2020-yilgi hisobotida soliq 
firibgarligi va soliq to'lashdan bo'yin tovlash natijasida butun dunyo davlatlari 
yiliga 427 milliard AQSH dollari miqdorida ziyon ko'rishmoqda. Birgina 
AQSHning o'zi har yili soliq to'lashdan bo'yin tovlash tufayli 188,8 milliard dollar 
yo'qotadi, Xitoy va Yaponiyaning bu boradagi yillik zararlari tegishli ravishda 66,8 
va 46,9 milliard dollarni tashkil etyapti. 
Mamlakatimizda soliq tizimida elektron davlat xizmatlari va axborot tizimlari 
orqali ma'lumotlar bazasiga tushayotgan murojaatlar soni yildan-yilga keskin oshib 
borayotganligi sababli ma'lumotlarni tezkorlik bilan tahlil qilishni 
takomillashtirishni kun tartibiga qo'ymoqda. Davlat soliq qo'mitasining mavjud 
server qurilmalarining xotira hajmi bugungi kunda 90 foiz band. Ma'lumotlarni 
qayta ishlash markazi qurilmalari eskirganligi hamda elektron hisobvaraq-
fakturalar va onlayn nazorat kassa mashinalari hamda tashqi manbalar orqali 
shakllangan katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash va tezkor tahlil qilish 
uchun mavjud serverlar quvvati etishmasligi holatlari yuzaga kelib turibdi. Bu 
borada cun'iy aql va katta hajimli ma'lumotlar texnologiyalarini joriy etish qo'l 
keladi. 
SHu bois Prezidentimizning 2021-yil 17-fevraldagi “Sun'iy intellekt 
texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari 
to'g'risida’’gi qarorida ham “Raqamli O'zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, 
soliq sohasida ham yuridik shaxslarning soliq tushumlarini tahlil qilish, soliq 
to'lovlaridagi tafovutlarni aniqlashda sun'iy intellekt texnologiyalarini qo'llashga 
alohida ahamiyat qaratilgan. 

Download 4,74 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   183




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sun'iy intellekt va big data ko'makka kelmoqda

Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish