176
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari
- bu banklarning passiv operatsiyalari
natijasida shakllantirilgan mablag’larini iqtisodiy jihatdan daromad (foyda) olish
maqsadida turli maqsadlarga joylashtirish va likvidligini ta’minlash bilan bog’liq
operatsiyalardir. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyatida juda
muhim hisoblanadi. Chunki ular ushbu operatsiyalar
orqali daromadlarni
shakllantiradilar va aktiv operatsiyalar doimo ma’lum darajada risk, ya’ni
qarzdorning defolti (to’lovga qobiliyatsizlik) bilan bog’liq bo’ladi.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatga ko’ra:
-ssuda operatsiyalari (kreditlash);
-hisob - kitob operatsiyalari;
-kassa operatsiyalari;
-investisiya va fond operatsiyalari;
-valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish bilan bog’liq operatsiyalardan iborat.
Ssuda operatsiyalari orqali banklar mamlakatdagi faoliyat yuritayotgan mulkiy
shaklidan qat’iy nazar barcha xo’jalik subyektlariga tegishli kyerditlarni beradi.
Ma’lumki, bank kreditlari
bir yilgacha - qisqa muddatli, bir yil va undan ko’p
davrga - uzoq muddatli kreditlarga bo’linadi.
Hisob - kitob operatsiyalarida banklar mijozlarning topshiriqlariga asosan turli
maqsadlarga ularning hisobvaraqlarini debetlash orqali o’tkazadi, shuningdek,
ssuda operatsiyalari ham bevosita kredit oluvchining ssuda hisobvarag’ini
debetlash orqali amalga oshiriladi.
Investisiya operatsiyalarida banklar xo’jalik yurituvchi
subyektlar va davlatning
qimmatli qog’ozlariga moliyaviy mablag’larni joylashtiradi.Albatta ushbu
operatsiyalar banklar uchun ma’lum darajadagi riskli operatsiyalar hisoblanib,
banklarning foydasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Yuqorida
qayd eilganlarga asoslanib, banklarning aktiv operatsiyalarini to’rtta
guruhga ajratish mumkin.
177
1.
Erkin zahiralar - bunga kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi vakillik
hisobvaraqlaridagi
qoldiqlar,
boshqa
kredit
tashkilotlarning
vakillik
hisobvaraqlaridagi mablag’lar. Erkin zahiralar yuqori likvidli mablag’lar
hisoblanib, bankka qisman yoki umuman daromad keltirmaydi.
2.
Berilgan kreditlar va depozit ko’rinishida boshqa moliya muassasalariga,
shuningdek Markaziy bankka joylashtirilgan mablag’lar.
3.
Investitsiyalar - bu bankning qimmatli qog’ozlarga va nomoddiy
aktivlarga, shuningdek pay ko’rinishida xo’jalik faoliyatiga yo’naltirilgan
resurslari.
4.
Bankning o’ziga (ichki investisiyalar) moddiy va nomoddiy aktivlarga
yo’naltirilgan mablag’lari. Bunga bank faoliyatini
tashkil etish uchun zarur
bo’lgan binolar, jihozlar va boshqa uskunalar kiradi