Banklarning o’z mablag’lariga bankning nizom kapitali, zaxira kapitali,
maxsus fondlar, moddiy rag’batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan
fondlar va taqsimlanmagan foydasi kiradi. Amaliyotda asosan bank passivlarining
20 foizi banklarning xususiy mablag’lariga to’g’ri keladi.
Banklarning xususiy mablag’lari ichida asosiy o’rinni bankning xususiy
kapitali egallaydi.
Bankning xususiy kapitali tarkibiga biz yuqorida keltirib o’tgan
kapitalning bir qismi, ya’ni nizom kapital, tavakkalchiliklarni qoplash uchun tashkil
qilingan zaxira fond, taqsimlanmagan foyda kiradi. Banklarning xususiy kapitali
bank kreditorlarining manfaatini himoya qilish, bank faoliyati-ning barqarorligini
ta’minlash, bank faoliyatini boshqarish kabi funksiyalarni bajaradi.
Bankning nizom kapitali summasi bank nizomida ko’rsatiladi va bank ishini
boshlashning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. Banklarni tashkil qilishning
shakllariga qarab bankning nizom kapitali ham har xil. Agar bank aksiyadorlik
jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo’lsa, nizom kapitali yoki fondi aksiyalar
chiqarish va joylashtirish yo’li orqali tashkil topadi. Banklarning nizom kapitali
miqdori qonun yo’li bilan chegaralanmaydi. Banklarning barqaror faoliyatini
ta’minlash maqsadida uning minimal miqdori belgilab beriladi.
Bankning nizom kapitali balansining passivida ko’rsatiladi. Nizom
jamg’armasi miqdorining oshirilishi bank aksionerlari tomonidan umumiy majlisda
hal qilinadi.
Banklarning kapitali ularning majburiyatilarini bajarishning asosi bo’lib
xizmat qiladi. Bank kreditlari hisobidan banklarning nizom kapitalini tashkil qilish
174
mumkin emas. Nizom kapitalini tashkil qilishda chetdan boshqa pul mablag’larini
175
jalb qilish ham mumkin emas. Banklar tashkil qilinganda, nizom kapitalining tarkibi
moddiy mablag’lardan va pul mablag’laridan tashkil topadi. Bank faoliyatining
boshlang’ich bosqichlarida bankning xususiy mablag’lari hisobidan birinchi
navbatdagi bank xarajatlari (yer, bino, asbob-uskuna, ish haqi) qoplanadi.
Banklarning xususiy mablag’lari uzoq muddatli aktivlarga qo’yilmalar qilishning
asosiy manbasi hisoblanadi.