172
20 - Mavzu: Tijorat banklarining operatsiyalari.
Reja:
1.Tijorat banklarning xizmatlar turi.
2.Tijorat banklarining passiv operatsiyalari.
3.Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari.
Tayanch so’z va iboralar:
To’lov vositasini, xizmatlar ko’rsatish, tijorat, bank
Banklarning o’ziga xos xususiyatlari ularning faoliyatigi bevosita bog’liqdir.
Ushbu faoliyatning natijasi esa bank xizmatining yaratilishi hisoblanadi va uni
quyidagilarga bo’lish mumkin:
1. To’lov vositasini amalga oshirish. 2.Xizmatlar ko’rsatish.
Bozor xo’jaligida oldi-sotdi operatsiyalarini amalga
oshirish uchun umumiy
to’lov vositasi sifatida pul zarur bo’ladi. Chunki usiz tovar ishlab chiqaruvchilar
o’rtasida bo’ladigan almashinuv amalga oshirilmasligi mumkin. Shuning uchun ham
Markaziy bank muomala va moddiy boyliklarni sotib olish va ularni iste’mol va
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining
uzluksiz davom etishini
ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul massasini chiqarishi zarur.
Bank maxsulotining tarkibiy qismi hisoblangan har xil xizmatlar ko’rsatishni
qiyidagicha turkumlash mumkin :
Ko’rsatiladigan xizmatlarning tiplari
1.Bank faoliyatining o’ziga xos xususiyatlariga qarab:
c.
O’z faoliyatiga mos xizmatlar.
d.
O’z faoliyatiga mos bo’lmagan xizmatlar
2.Xizmatlarni oluvchi subyektlarga qarab:
a.
Huquqiy shaxslar
b.
Jismoniy shaxslar
3.Bank resurslarini shakllanishi va joylashish usuliga qarab:
c.
Aktiv operatsiyalar
d.
Passiv operatsiyalar
4.Ko’rsatilgan xizmat uchun to’lanishiga qarab:
e.
Pulli xizmat.
f.
Bepul xizmat
5.Moddiy ne’matlarning harakatiga bog’liqligiga qarab:
Moddiy ne’matlarning harakatiga bog’liq bo’lgan xizmatlar.
c.
sof xizmatlar.
Yuqoridagilardan ko’rinib
turibdiki, bank ko’rsatgan xizmatlarni eng avvalo o’z
faoliyatiga mos xizmatlar va o’z faoliyatiga mos bo’lmagan xizmatlarga bo’linadi.
O’z faoliyatiga mos xizmatlar bank faoliyatining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqib ko’rsatiladigan xizmatlar tushuniladi va ularga bank bajaradigan quyidagi 3
ta operatsiyani kiritish mumkin:
173
1.Depozitlar bo’yicha operatsiyalar.
2.Kredit operatsiyalari.
3.Hisob-kitob operatsiyalari.
Bank resurslarini shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan
operatsiyalar banklarning
passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklarning
passiv va aktiv - passiv hisobidagi pul mablag’larining salmog’i oshib boradi.
Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta mavqega
ega. Tijorat banklarining passiv operatsiyalar yordamida
tijorat banklari kreditlash
uchun zarur bo’lgan kredit resurslarini tashkil qilinadi.
Tijorat banklari passiv operatsiyalarining, asosan, to’rtta shakli mavjud:
1.
Tijorat banklari qimmatbaho qog’ozlarini muomalaga chiqarish yo’li bilan
resurslar yig’ish.
2.
Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish
yoki fondlar summasini
oshirish.
3.
Boshqa kreditorlarning mablag’larini jalb qilish.
4.
Depozit operatsiyalarni amalga oshirish.
Tijorat banklarining resurslari bankning xususiy mablag’lari, jalb qilingan va
emitentlashgan mablag’lar hisobidan shakllanadi.
Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi
va ikkinchi shakllarida
banklarning xususiy mablag’lari yuzaga keladi va qolgan oxirgi ikki shaklida kredit
resurslarning ikkinchi qismi, jalb qilingan resurslar yuzaga keladi.