• III bob. Kimyo sanoati korxonalari chiqindilarini qayta ishlash borasida olib borilayotga tadqiqotlar va takomillashtirish yo’llari
  • 2. Oqava suvlarni tozalash borasida olib borilayotgan bilogik va texnologik tadqiqotlar
  • 3. Qattiq chiqindilarni qayta ishlash va xalq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish yo’llari
  • III bob bo’yicha xulosa
  • Navoiy davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti kimyo va ekologiya kafedrasi




    Download 3,38 Mb.
    bet4/26
    Sana24.03.2017
    Hajmi3,38 Mb.
    #1180
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

    II bob bo’yicha xulosa
    Texnologik jarayonlarda chiqadigan chiqindilarni kamaytirish yoki atrof-muhitga zararsiz chiqindilarga aylantirish texnika taraqqiyotining asosiy vazifasi hisoblanadi. Har qanday yangi texnologiya o’zining yaratilish davrida uch asosiy bosqichdan o’tadi. Bular ilmiy-tadqiqot, loyiha-texnika jihatdan ishlab chiqarish, ishlab chiqarishda o’zlashtirish. Chiqindisiz texnologik jarayonlarni tadbiq etish, bu ijtimoiy-iqtisodiy muammo, ayniqsa kimyoviy texnologiyada judayam zarur hisoblanadi. Buning uchun mavjud texnologik jarayonlardan eng optimallarini tanlash va ishlab chiqarishda qo’llash kerak. Mavjud davriy jarayonlardan uzluksiz jarayonlarga o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi, sababi davriy jarayonlar natijasida chiqadigan chiqindilarni qayta ishlash birmuncha qiyinchilik tug’diradi, uzluksiz jarayonlarni shunday tanlash kerak bo’ladiki, chiqadigan chiqindilarni boshqa texnologik jarayonda qo’llash imkoniyati paydo bo’lsin. Bunday jarayonlarni tadbiq etish natijasida chiqadigan chiqindilar miqdori kamayadi. Xom ashyodan kompleks foydalanish mumkin bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish (buning uchun qurilmalarni, katalizatorlarni, xom ashyolarni yangi turlarini topish kerak bo’ladi). Qurilmalarning yakka quvvatini oshirish (ishlab chiqarishda chiqindilarni kamaytirishdagi bu yo’l asosan, mehnat qurollari va vositalarining konstruksiyalarini o’zgartirishdan iborat). Mustaqil Respublikamizda kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, transport va sanoatning boshqa tarmoqlarida foydalaniladigan qurilmalarning quvvatini (hajmini) oshirish bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hozirda qo’llanilayotgan bitta ammiak ishlab chiqarsih qurilmasi, ilgari qo’llanilgan bir nechta qurilma o’rnini egalladi. Qurilmalarning bir marta ishlab chiqarish quvvatini oshirish, unga bo’lgan eksplutatsiya xarajatlarini kamaytiradi.

    III bob. Kimyo sanoati korxonalari chiqindilarini qayta ishlash borasida olib borilayotga tadqiqotlar va takomillashtirish yo’llari

    1. Gaz holdagi chiqindilarni tozalashda polimerlardan foydalanish

    Havo muhitining ifloslanishini keskin cheklash va bo’lg’usi yangi muammolarning oldini olishning eng muhim yo’li bu chiqindi gaz va gazsimon turli organik moddalar hosil bo’lish jarayonlarining eng samaradorligini amalda keng qo’llash hisoblanadi. Buning uchun dastavval, amvjud texnologik jarayonlarni takomillashtirish yoki yangi ”chiqitsiz texnologiya” yaratish orqali katta ekologik ijobiy natijaga erishish mumkin. Misol sifatida, issiqlik elektr stansiyalari va qozonxonalar kabi ko’mir, neft, mahsulotlari ishlatiladigan energetik inshootlardan atom elektr stansiyalari (AES) ga o’tishni, shuningdek, hozirgi odatdagi yonilg’ilarni qo’llaydigan texnika transport vositalari o’rniga noan’anaviy vodorod energetikasi yoki Quyosh energiyasiga asoslangan xillariga almashtirilishi zarurligini ko’rsatib o’tsa bo’ladi. Biroq, hozircha, bunday ishlar iqtisodiy jihatdan ancha qimmatli hisoblanadi.

    Hozirgi vaqtda gaz holidagi chiqindilarni tozalash borasida qator tadqiqotlar olib borilmoqda. Biz ham o’z ishimizda kimyo sanoati gaz holidagi chiqindilarini tozalashda yuqori molekulyar birikmalardan foydalanish borasida tadqiqot olib bordik. Tadqiqot davomida polianilin, polikapramid, kuchsiz polikislotalar, ishlab chiqarish chiqindilari va viloyatimizning Nurota bеntonit tog’ jinslaridan foydalandik.

    Nurota - Navoiy viloyati Nurota tumanidagi shahar (1976 yildan). Oqtogʻning etagida, 524 m balandlikda joylashgan. Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi - Tinchlik (85 km). N. viloyat markazi (Navoiy shahri)dan 85 km.
    Ana shular asosida sanoat chiqindi gazlarini va oqava suvlarini tozalash uchun sorbеntlar yaratdik.

    Tadqiqot davomida polianilinning protonlashish va dеprotonlanish kinеtikasini o’rganishda, hamda polianilinning polikislotalar bilan IPKlarini, kompozitsiyalarini hosil bo’lishi shart sharoitlarini o’rganishda optik, UB, IK, YaMR, EPR-spеktroskopiya, vizkozimеtriya, potеntsiomеtrik titrlash, tеrmogravimеtrik kabi fizik-kimyoviy tahlil usullaridan foydalandik.

    Polianilin asosidagi IPK va kompozitsiyalar yordamida IP sorbеntlar olish tеxnologiyasi ishlab chiqildi va ularni foydalanish sohalari aniqlandi. Olingan sorbеntlar sanoatni oqava suvlari va chiqindi gazlarini tozalashda sinovdan o’tkazildi.

    Navoiyazot OAJ oqava suvlari va zaharli gazlarini tozalashda sinovdan o’tkazilgan sorbеnt yuqori iqtisodiy samara bеrdi. Tadqiqot davomida chiqindini tozalashda chiqindidan foydalanish shioriga amal qildik, shuning natijasida iqtisodiy samaradorlik yuqori bo’lishiga erishildi. Polianilin olishda anilin o’rniga “Buxoro-Qorako’l” Rossiya chеt el korxonasi oqava suvi tarkibidagi sulfat anilindan foydalandik, natijada ham oqava suvni tozaladik ham xom ashyoga ega bo’ldik. Kompozitsion sorbеntni quyidagi ko’rsatilgan tеxnologik usulda olish yo’lga qo’yildi, dastlab kompozitsion sorbеnt tarkibidagi komponеntlar va ularning miqdori tajriba asosida hisoblab topildi. Kompozitsion sorbеnt miqdorining aniq bo’lishi dozator yordamida ta'minlanadi. Polianilin, poliakril kislota, polikapramid va 0,6 massa qism suyuqlashtiruvchidan iborat tarkibga ega. Dozator qurilmasi GOST -6678-88 talablariga javob bеrishi lozim. Eritma tayyorlash uchun emallangan mеshalkali rеaktordan foydalaniladi.

    Birinchi bosimli bakda anilin sulfat eritmasi tayyorlanadi, ikkinchisida esa ammoniy pеrsulfat eritmasi tayyorlanadi, tayyorlangan anilin sulfat eritmasi kompozitsion sorbеnt sintеz qiluvchi rеaktorga yuboriladi, bu rеaktorda haroratni 5-7oS da saqlash kеrak, shuning uchun rеaktor sovutkich ko’ylak bilan o’ralgan va aralashtiruvchi mеshalka bilan ta'minlangan bo’ladi. Rеaktorning ichki qismi emallangan bo’lishi qat'iy talab qilinadi. O’sha rеaktorga ammoniy pеrsulfat eritmasi 45 minut davomida portsiya shaklida yuboriladi, so’ngra olingan maxsulot 60 minut davomida kimyoviy rеaktorda aralashtirib turiladi, unga maydalangan bеntonit qo’shiladi va yana aralashtirish davom ettiriladi. So’ngra tayyor mahsulot 8%li ammoniy gidroksid eritmasi, ammiakli suv bilan yuviladi. Kеyin to nеytral holga kеlguncha tuzsizlantirilgan suv bilan yuviladi va quritgichda issiq havo yordamida quritiladi. Quritilgan polianilinning kompozitsion sorbеntidan maxsus prеsslash qurilmalarida tablеtkalar yasaladi, yasalgan sorbеnt tablеtkalari gazlarni tozalovchi absorbеrlarga joylashtiriladi. Tozalanadigan gaz apparat quyi qismidagi htutsеrdan kеlib tablеtkali nasadka qatlamidan o’tishda tozalanib, apparat yuqori qismidan tozalangan gaz htutsеr orqali chiqarib yuboriladi. Nasadka to’yinganda kompozitsion sorbеnt nasadka matеrialining elеktr o’tkazuvchanligi o’zgaradi. Bu jarayonni qayd qilish uchun gaz absorbеrining uchta joyida elеktr o’tkazuvchanlik signali kontaktlari qo’yilgan (2, 21, 211). Bu signallar ishlab chiqarish sеxinining SPU sida qayd etiladi. Olingan natijalar asosida tadqiqot ishiga quyidagicha xulosalar kilish mumkin:

    Polianilinning choklangan polikislotalar bilan o’zaro ta'sirlashuv rеaktsiyalari o’rganildi va yangi xossalarga ega polimеr-polimеr kompozitsion matеriallar olindi. Elеktrokimyoviy usulda polianilin va polikislotalar bitta umumiy erituvchida eritilib, adgеziyaga barqaror, qattiq va mustahkam kompozitsion plеnkalar olish mumkinligi aniqlandi.

    Polianilinning polikislotalar bilan polimеr-polimеr kompozitsiyalari mavjud erituvchilarda erimasligi, elеktr tokini yaxshi o’tkazuvchanligi, suv va namlikka barqarorligi, ko’pgina zaharli gazlarni yuqori darajada adsorbtsiyalashi, bo’kkan holatida ham shaffofligi va boshqa xossalari aniqlandi. Polianilin va poliakril kislotaning polimеr-polimеr kompozitsiyalarining sanab o’tilgan xossalariga asoslanib, undan ekologiya soxasida amalda ko’llab ko’rildi.

    Polianilin va poliakril kislotasi kompozitsiyalari asosida polimеr-polimеr sorbеnt olindi. Olingan kompozitsion sorbеnt NSl, HF, NO, NO2 tarkibdagi sanoatning chiqindi gazlarini samarali sorbtsiyalashi aniqlandi. Olingan kompozitsion sorbеnt Navoiyazot OAJ sеxlarida sinovdan o’tkazilganda yaxshi natijalarga erishildi. Dеmak, mahalliy xom ashyolar va chiqindilar tarkibidan foydalanib olingan, kompozitsion sorbеntni amalda kеng joriy qilinishi bilan nafaqat ekologik balki iqtisodiy barqarorlikni ham ta'minlashga ma'lum miqdorda erishiladi, dеgan xulosa qilish mumkin.



    2. Oqava suvlarni tozalash borasida olib borilayotgan bilogik va texnologik tadqiqotlar

    Sanoat oqava suvlarini tozalashda qo’llaniladigan usullarni ko’rib chiqdik, bugungi kunda olimlar yana boshqa samarali usullar ustida tadqiqotlar olib borishmaoqda. Shulardan biri oqava suvlarni tozalashda polimer moddalardan foydalanish hisoblanadi. Olib borilgan tadqiqotlar bu usul ko’rib o’tilgan barcha usullardan samarali va arzon, qo’llanilganda ekologik jihatdan ham zararsiz ekanligini ko’rsatdi. Quyida shu usulni ko’rib o’tamiz.

    Dastlab, polimer modda olish uchun xom ashyo tanlanadi. Xomashyo ham tabiiy minerallardan yoki sanoatda ishlatilgan mahsulotlar chiqindilaridan olingani tufayli qimmatga tushmaydi. Qorako’lchilik zavodlaridan chiqadigan chiqindi aniline sulfatdan anilinni ajratib olamiz, uni yaxshilab tozalab, ammoniy persulfat yordamida polimerlanishga uchratamiz (ammoniy persulfatni ham “Navoiyazot” OAJ sexlari chiqindilaridan ajratib olamiz). Hosil bo’lgan polimerga polikislotalar ta’sir ettirib interpolimer modda hosil qilinadi, bu moddaga Nurota tog’ tizmalarida uchraydigan tabiiy bentonitlar qo’shilib, g’ovakligi oshiriladi. Natijada yaxshi sorbsiya qiluvchi gelga aylanadi. Ana shu hosil qilingan gel oqava suvlarni, zaharli gazlarni, ishlatilgan mashina moylarini tarkibiga qarab tozalaydi. Bizga oqava suvlarni tozalashga mo’ljallangan gel kerak va bu jarayon qanday borishini ko’rib o’tamiz.

    Jarayon ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqichda gelning oqava suv tarkibidagi ionlar bilan kimyoviy aralashishi sodir bo’ladi. ikkinchi bosqichda gel elektrolizga tayyorlanadi. Natijada gel o’ziga yutgan ionlarni elektr toki ta’sirida ajratib tashlaydi va yana foydalanishga tayyor bo’ladi. Tozalash jarayoni xona haroratida quyidagicha olib boriladi: dastlab tozalanadigan oqava suv hajmi aniqlanadi, shunga mos hajmda gel tanlanadi va tozalanadigan oqava suv hovuzlarining chiqish yo’liga o’rnatilgan adsorberga joylashtiriladi.. Jarayon sakkiz soat vaqt mobaynida davom etadi, har 30 daqiqqda tahlil qilinib turiladi, jarayonni yana 12 soatga uzaytirish mumkin. Gelni bir necha marta qayta ishlatish mumkin, chunki oson regeneratsiyalanadi. Elektr maydoniga kiritilganda tezda yutgan moddalarini ajratib tashlaydi. Bu moddalar rangli metall ionlari yoki zaharli modda ionlari bo’lishi mumkin. ajartib olingan rangli metallardan sanoatning boshqa sohalarida foydalanish mumkin.

    Ko’rib o’tilgan usulning boshqa usullardan afzalligi shundaki, interpolimerkompleks gelini bir necha marta qayta ishlatish mumkin, u rangli yoki og’ir metall ionlarini oson va yaxshi yutadi, tez ajratib olish mumkin. Sanoatning rangli metallar sohasida foydalanish mumkin. Shuning barobarida atrof-muhitga tashlanadigan qattiq chiqindilar miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Oqava suv tarkibidagi zaharli moddalar ionlarini yutib, daryolarga oqiziladigan suv tarkibini zararsiz, tirik organizmlar uchun xavfsiz holga keltirishga yordam beradi. ajratib olingan moddalardan boshqa sohada foydalanish mumkinligi iqtisodiy jihatdan ham ahamiyatga ega. Bu usulda foydalanilayotgan interpolimerkompleks gelning tabiiy moddalar va chiqindilardan hosil qilinishi korxonalar uchun arzon tozalash vositasiga ega bo’lish imkoniyatini beradi. Demak, bu usuldan foydalangan korxona iqtisodiy samaradorlikka erishishi shubhasiz.

    Oqava suvlarni biologik usulda tozalash borasida ham qator tadqiqotlar olib borilmoqda, jumladan Navoiy davlat pedagogika instituti “Umumiy biologiya” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan yuksak suv o’simliklari yordamida “Navoiyazot” OAJ oqava suvlarini tozalash bo’yicha tekshirishlar o’tkazib kelinmoqda. Asosan tarkibida kroun efirlari saqlagan o’simliklar yordamida oqava suvlarni tozalash samarali natija bermoqda. Ayniqsa, tarkibida sianidli birikmalar bor bo’lgan oqava suvlar shu usulda tozalanganda samaradorlik 90-95% ni tashkil qilmoqda. Demak, kelajakda ushbu usulni keng ko’lamda qo’llanilishi bilan suv muammosini hal etish mumkin.




    3. Qattiq chiqindilarni qayta ishlash va xalq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish yo’llari
    Hozirgi vaqtda insoniyatning xo’jalik faoliyati ta’siri ostida atrof-muhitga zarar etkazilishihammaga ma’lum. Shuningdek, atrof muhitga etkazilayotgan zararni kamaytirish ham insoniyatning o’z qo’lidadir. Agar bu masalaga ijobiy tomondan chuqurroq yondashadigan bo’lsak, o’zimizning atrofimizni yanada obodonlashtirish va musaffolashtirish zaruriyati paydo bo’ladi. Zero Prezidentimiz I.A.Karimov ko’rsatib o’tganlaridek: “Ekologik xavfsizlikni kuchaytirishninghozirgi asosiy yo’nalishlaridan biri shaharsozlik va tumanlarni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirgi zamon urbanizastiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan tizimni joriy etish yo’li bilan shaharlarda va boshqa aholi punktlarida aolini yashashi uchun qulay sharoit yaratish zarur”.

    Iqtisodiy ekologik muammolar orasida chiqindilar g’oyat muhim va jiddiy muammolar qatoriga kiradi. Keyingi vaqtlarda yarim tayyor, muzlatilgan va kanserva qilingan mahsulotlarni ko’plab ishlab chiqarilishi munosabati bilan ularni maxsus yashik, quticha, maxsus idish, qog’oz va selofan xaltachalarga o’rab sotuvga chiqarilmoqda. O’rash tarkibini avvalo qog’oz, oyna, metall, stelofan, plastmassa tashkil qiladi.

    Plastik materiallar yoki plastmassalar - sintetik yoki tabiiy yuqori molekulali birikmalar asosidagi organik materiallardir. Ular isitish va bosim natijasida oʻz shaklini oʻzgartirish va sovutilgandan keyin berilgan shaklni saqlab qolish qobiliyatiga ega.
    Qizig’i shundaki, ulardan ikkinchi marta foydalanib bo’lmaydi, ya’ni qayta quyish yoki eritish zarur.

    Respublika mustaqillikka erishgandan so’ng chet ellardan ko’plab spirtli ichmliklar, sigaretlar,oziq-ovqatlar keltira boshlandi. Aholi zich hududlarda turli markadagi salqin ichimliklar ishlab chiqarila boshlandi. Ichimliklardan bo’shagan shisha va plastmassa idishlar ikkinchi marta ishlatishning andozaga to’g’ri kelmasligi bois chiqindixona va ko’chalarda, to’plana boshladi. Evropa mamlakatlaridan keltirilgan pivo idishlari alyuminiydan tayyorlanganligi va qayta foydalanishning imkoni yo’qligi sababli chiqindixona, ko’cha, ariqlarda yig’ilib bormoqda.

    Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.
    Bu esa maishiy chiqindilar hajmini bir nech baravar ko’paytirmoqda.Ko’cha, xiyobon, maydon, baland qavatli binolar yaqinida maishiy chiqindilarning yig’ilib borishi aholi o’rtasida turli yuqumli kasalliklarning tezda tarqalishiga sabab bo’lmoqda. Pashsha, chivin kabi mayda hasharotlar va qushlarning chiqindixonalarda oziqlanishi mikrob, virus, bakteriyalarning tarqalishiga (ayniqsa, yilning issiq faslida) kuchli ta’sir etadi.
    Qushlar - umurtqali hayvonlar sinfi. Trias davrida yashagan sud-ralib yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Q.ning qazilma qoldiqlari juda kam; dastlabki qazilma qoldiq - arxeopteriksnshk toshdagi izi va suyaklari yura davriga tegishli.
    Bundan tashqari to’planib borayotgan chiqindilar atmosfera havosi, yer osti va yer usti suvlari, tuproq va o’simliklarni ifloslovchi asosiy manbalar hisoblanadi.

    Endilikda maishiy chiqindilarning miqdor jihatidan borgan sari ko’payib borayotganligi insoniyatni jiddiy tashvishga solmoqda. O’zbekistonda har yili ko’plab shahar chiqindilari, sanoat chiqindilari, qishloq xo’jaligi va qishloq maishiy chiqindilari to’planib qolayotganligi va ularni yig’ish va qayta ishlash muammosi hal etilmaganligi jiddiy muammo hisoblanadi. Masalan, faqat Namangan shahrining o’zida har yili 250-300 ming tonna atrofida qattiq maishiy chiqindilar to’planmoqda. Viloyat hududi bo’yicha maishiy chiqindixonalar 100 gektardan ortiqroq joyni egallaydi.

    Jadvaldan ko’rinib turibdiki, aholi soni bilan maishiy chiqindilarning o’sishida mutanosiblik yo’qolgan, ya’ni aholi sonining o’sishidan ko’ra qattiq maishiy chiqindilar miqdori tez sur’atlarda o’sib bormoqda. Maishiy chiqindilar miqdorining o’sishi yuqorida aytib o’tganimizdek, har bir mahsulotni alohida idishlarda (yashik, oyna, metall, stelofan, plastmassa quticha, karton, qog’oz va boshqalar) ishlab chiqarilishi va sotilishi bilan bog’liq. Bu, esa o’z navbatida, maishiy chiqindilarni joylashtirishdagi xarajatlarning o’sib borishiga jiddiy ta’sir ko’rsatmoqda.

    O’zbekistonda har yili 100 mln. tonna atrofida sanoat chiqindisi, 15 mln. kub metrgacha maishiy chiqindilar hosil bo’ladi.sanoat chiqindilarining 0,2 foizi qayta ishlansa, maishiy chiqindilarning 5,2 mln. kub metri ko’mib tashlanadi. Ko’mib tashlangan maishiy chiqindilarning o’rtacha 5-10 foizi qog’oz, 20-45 foizini oziq-ovqatlar, 5-10 foizini yog’och, 3 foizini metall, 5-10 foizini gazlama, 2 foizini charm va rezina, shisha, plastmassa va boshqa turdagi chiqindilar tashkil etadi.

    Chiqindilarning tarkibi xilma-xil bo’lgani uchun ulardan foydalanish yo’nalishlari, sohalari, guruhlari, iqtisodiy samaradorligi, ekologik jihatlari ham turli tuman. Chiqindilarning umumiy holdagi iqtisodiy ahamiyatini baholash mushkul, shuning uchun uning tarkibi aniqlangandan so’ng samaradorlikka to’g’risida fikr bildirish mantiqqa to’g’ri keladi. Masalan, chiqindi tarkibida alyuminiy, shisha idishlar, po’lat, qog’oz, plastmassa, singan oyna kabilarning bo’lishi ulardan ikkinchi marta foydalanish samaradorligini oshiradi.

    Alyuminiy (Aluminium), A1 -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, atom massasi 26,9815; Aluminiy lot. alumen (achchiqgosh) so‘zidan kelib chiqqan. Tabi-atda bitta barqaror izotop holida (AG‘ 100%) uchraydi, bir necha sun’iy radio-aktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12’ (yarim yemirilish dav-ri 7,4-105 y.).

    Aslida chiqindi biror bir xom ashyo, material, buyum, mahsulot yoki tavarlardan foydalanib, ularning keraksiz qismini chiqarib tashlash natijasida hosil bo’ladi. Biroq hosil bo’lgan barcha chiqindilarni tashlab yuborish yoki ko’mib tashlash ularni joylashtirishdagi noto’g’ri faoliyatdir. Asosiy muammo chiqindilardan ikkilamchi xom ashyo sifatida foydalanishda.

    Rivojlangan mamlakatlarda chiqindining katta qismi mana shunday korxonalarda yoqiladi, buning natijasida arzon energiya ishlab chiqariladi. Yaponiyada 1850 ta axlat yoqish korxonasi mavjud bo’lib, ularda butun maishiy chiqindining taxminan 80 foiz qismi yoqiladi.

    Shundan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999 yilda qabul qilingan “1999-2005 yillarda O’zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish harakat dasturi to’g’risida”gi qarorida chiqindilarni ikkinchi bor qayta ishlash, ko’mish, yoqish, havoga chiqarish hamda radiaktiv chiqindilarni saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Mazkur hujjatda belilangan vazifalar hamda 2002 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to’g’risidagi” qonunini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida respublika miqyosida ko’plab ijobiy ishlar amalga oshmoqda.




    III bob bo’yicha xulosa
    Buyuk kimyogar olim D.I.Mendeleyev “…Ilg’or texnologiyaning bosh maqsadi tashlab yuboriladigan, foydasiz narsalardan inson uchun kerakli mahsulot ishlab chiqarish usullarini qidirib topishdir”, degan edi, darhaqiqat yuqorida ta’kidlaganimizdek, tabiatda foydasiz narsaning o’zi yo’q.

    Ayniqsa bizning mamlakatimizda, mamlakat boyliklarini isrof qilish, ekologik muvozanat buzilishiga qarshi kurashda olib borilgan tadbirlar natijasida ana shu boyliklar muhofaza qilinmoqda. Respublikamizda davlat tomonidan barcha huquqiy, iqtisodiy va boshqaruv shart-sharoitlaru tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan.Xalq xo’jaligini rejalashtirishda davlat tomonidan tabiiy muhitni himoya qilish va uni qayta tiklash uchun e’tibor berilib, kerakli mablag’ ajratilishi zarur. Shuningdek, ekologik dunyoqarashni shakllantirishga alohida e’tibor berish kerak. Ona sayyoramiz benihoya ko’rkam qilib yaratilgan. Inson aqli-idroki mo’jizalar yaratishga qodir va nozir. El-yurtimizni bezatadigan, yashnatadigan, ma’murchilik diyoriga aylantiradigan, bu dunyoda jannat yaratadigan inson janobi oliylaridir. Va aksincha, dunyoni du’zaxga aylantiradigan ham shu insonlarning o’zidir. Demak, barcha muammolar sababchisi inson ekan, ularni hal qilish ham uning faoliyatiga bog’liq. Ekologik inqirozning keskinlashib hayot-mamot masalasiga aylanishi bilan jamiyatning rivojlanishini ekologik faoliyat samaradorligiga bog’lash zaruriyati vujudga keldi. Yaqin kelajakda moddiy ne’matlarning qiymatini, iqtisodiy arzonchilik, yuqori sifatli, estetik jihatlari emas, balki ekologik ko’rsatkichlari belgilab turishiga shubha yo’q. Xuddi shu qoidaga asosan ilmiy-texnika inqilobining ijobiy yoki salbiy oqibatlari baholanadi, ya’ni uning ahamiyati tabiat ustidan hukmronlikning mukammal texnik vositalari texnologik jarayonini vujudga keltirishi bilan emas, balki tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlashga qo’shayotgan hissasi bilan belgilanadi.

    Pay - biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar P. yordamida suyaklarga birikadi. P.ning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. P.
    Bundan tashqari ekologik vaziyatning keskinlashishida ilmiy-texnikaviy taraqqiyotini asosiy sababchi deb bilish yoki aksincha ilmiy – texnika inqilobi avtomatik tarzda ekologik ziddiyatlarni hal qilishga olib keladi, deb tushunish xatodir.



    X u l o s a
    Sanoat miqyosida qayta ishlanadigan tabiiy mineral resurslarga oqilona munosabatda bo’lish va atrof-muhitlar, ayniqsa, biosfera unsurlarining muhofazasini ta’minlash uchun har doim havo, suv va tuproq tarkib tuzilmasi ko’rsatkichlari talab darajasida bo’lishi zarur. Ammo, turli xil ishlab chiqarish chiqindilari ta’siri tufayli ularning shu kungi ko’rsatkichlari nihoyatda past. Vaziyatning kelajakda bundan ham yomonlashuvini oldini olish maqsadida korxona va xo’jaliklar o’z ishlab chiqarish faoliyatlarini texnik texnologik takomillash, chiqindi moddalar hosil bo’lishini cheklash, sodir bo’layotgan chiqindilarni zararsizlantirish choralarini amalgam oshirish kerak.

    Mavjud ilmiy texnik adabiyot manbalaridan ma’lumki, shu kungi ekologik dolzarb masalalarga, avvalambor, olimlar o’z e’tiborlarini qaratishgan. Jumladan, N.Jabborovning “Kimyo va atrof-muhit” o’quv qo’llanmasida (1992-yil) ta’kidlanishicha, turli sanoat tarmoqlari va xo’jaliklarda ishlab chiqariladigan har xil modda, mahsulot va materiallarning sifat-miqdor ko’rsatkichlarini saqlab qolgan holda, atrof-muhitga chiqarib yuborilayotgan chiqindilarni keskin kamaytirish va ularni zararsizlantirish chora-tadbirlariga quyidagilarni ko’rsatib o’tsa bo’ladi:



    1. Barcha turdagi tabiiy xom ashyo va mineral resurslarni qayta ishlab yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda energiya resurslaridan tejamli foydalanishga asislangan, zamonaviy ekokimyoviy talab darajasidagi texnologik jarayon va qurilma (apparat) lardan keng suratda foydalanish;

    2. Ishlab chiqarishda hosil bo’ladigan chiqindilar miqdorini keskin kamaytirish maqsadida, takroran qayta ishlov berish va nihoyat, yopiq zanjir tizimida faoliyat ko’rsatadigan ishlab chiqarish majmui (kompleks) larini barpo etish;

    3. Tabiiy xom ashyo resurslaridan samarali foydalanadigan ishlab chiqarish komplekslarida, birinchi galda, suv va energiyalardan takroran samarali foydalanish imkonini beradigan, yopiq zanjir tizimlarini keng qo’llash. Nihoyat, ikkilamchi va chiqindi modda va mahsulotlarni qayta ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qiladigan yuqori darajada samarador texnologiyalarni yaratib, ularni amalda qo’llash;

    4. Har qanday xom ashyo mahsulotini kompleks qayta ishlaydigan, shu jumladan, muayyan ishlab chiqarish korxonasida hosil bo’ladigan ikkilamchi xom ashyo resurs (mahsulot) larni, shu jumladan, chiqindi mahsulotlarini har xil yangi ilmiy-texnik usullar vositasida (masalan, “rekuperatsiya” jarayonini qo’llab), qayta ishlab, kerakli moddalarni olish;

    5. Kimyoviy zararli va zaharli moddalar, shu jumladan, aynan shunday xossadagi chiqindi moddalar hosil bo’lish texnologik jarayon va bosqichlarini nazarda tutgan holda, butun ishlab chiqarishni avtomatlashtirish;

    6. Barcha texnologik qurilma, apparat va vositalarni talab darajasida takomillashtirish yoki samaradorlari bilan almashtirib turish;

    7. Atrof-muhit, ayniqsa, biosfera uchun o’ta xavfli chiqindi moddalarni zararsiz holatga o’tkazish texnologik yo’llaridan keng foydalanish;

    8. Toza chuchuk suvni kam sarf qilishga mo’ljallangan, shuningdek, suv kerak bo’lmaydigan hamda chang (mayda dispers zarracha) larni sodir etmaydigan texnologik jarayon va qurilmalar yaratish, ularni amalda keng qo’llash va h.k.;

    Qayd etmoq joizki, tabiiy resurslarni qayta ishlaydigan korxona va xo’jaliklarda, xususan, ularda amalda ishlatiladigan dastgoh ham qurilmalar faoliyatida sodir qilinadigan zaharli chiqindi modda va birikmalarning hosil bo’lish jarayonlari, ularning ilmiy-amaliy asoslarini chuqur tahlil qilish natijasida, albatta, yangi takomillashgan texnologiya va apparatlarni yaratilishi muqarrar degan xulosalarga, albatta, kelinadi.

    Atrof-muhit, ayniqsa, jonli biounsurlar uchun o’ta zararli, inson hayoti uchun xavfli chiqindilar hosil bo’lish texnologik jarayonlari hamda ularning sodir bo’lish mexanizmiga doir bilimlar hamma vaqt muhim ahamiyat kasb etadi. Chiqindilarni bartaraf etish yoki ularning miqdorini keskin kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda ular joriysini ta’minlashi uchun qator zarur fizik-kimyoviy va ekokimyoviy ko’rsatkichlarga e’tiborni qaratmoq zarur. Harorat, bosim, modda hajmi yoki miqdori (konsentratsiyasi), harakat tezligi, texnologik jarayon vaqtida reagent moddalar oqimini retsirkulyatsiyalash darajasi, katalizator (agar katalitik jarayon bo’lsa) turi kabi ko’rsatkichlar va shuningdek, barcha qurilmalarning texnik texnologik parametrlari, ularning barqaror faoliyati bilan bog’liq ma’lumotlarga e’tibor berilishi kerak.

    Shu narsa ham yaxshi ma’lumki, turli soha ishlab chiqarish korxonalarida hosil bo’ladigan chiqindi moddalar hosil bo’lishini kamaytirish yoki imkon darajasida bartaraf etish shu kungi eng muhim masala. Shu bilan birgalikda, har qanday xom ashyoning qayta ishlanish jarayonida, albatta, termodinamik va kinetik ko’rsatkich, ayniqsa, reaksiya tezligi bilan bog’liq omillarga ham e’tiborni qaratmoq muhim ahamiyatga ega.

    Texnologik jarayonlarda oraliq modda – mahsulot va turli chiqindilar hosil bo’lish mexanizmi, shu jumladan, muayyan jarayon termodinamika (kinetikasi) ga tegishli ilmiy qonuniyatlar odatda, ma’lum tenglamalar bilan ifodalanadi. Ana shunday tenglamalar vositasida u yoki bu turdagi texnologik jarayonlarni jadallashtirish, buning uchun zarur bo’lgan qurilma va apparatlarning samarador turlarini tanlab qo’llash kabi muhim masalalar o’z yechimini topadi. Pirovard natijada, chiqindi moddalar hosil qilinmaydigan yoki hech bo’lmaganda, kam chiqindili ishlab chiqarish texnologiyasi barpo qilinadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, har qanday ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish yoki takomillashtirish chora-tadbirlari negizida keng qamrovli ilmiy-texnik va texnologik tadqiqotlar, xususan, ko’plab amaliy tajriba va sinovlar yotadi. Demak, mazkur sohada faoliyat ko’rsatadigan har bir mutaxassis yetarli darajada limit-amaliy bilimni o’zlashtirib olishlari maqsadga muvofiq.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta’kidlash o’rinli, kelajakda asosiy e’tiborni zaharli moddalar va chiqindi birikmalar hosil bo’lishi reaksiya (jarayon) larning shart-sharoitlari va ular mexanizmini o’rganish matematik (statistik rejalash) usullariga qaratmoq kerak.

    Gaz, suyuq va qattiq holatlardagi chiqindi moddalarning hosil bo’lishi, odatda, biokimyoviy qaytmas jarayon hisoblanadi. Fizik-kimyo asoslaridan kelib chiqqan holda, ta’kidlash ham mumkinki, eng ko’p termodinamik samara ijobiy natija “qaytar” reaksiya (jarayon) lardagina kuzatiladi. Bunda, moddalarning qayta ishlanish sharoitida o’rganilayotgan sistema o’zgarishi kinetikasi, uning muvozanat holati doimiyligi (konstantasi), katalizatorlar ta’sirini hisobga olish kabi boshqa omillarga e’tiborni qaratmoq kerak. Chunki buning natijasida texnologik jarayonlarni boshqarish imkoniyatlari paydo bo’ladi. Pirovard natijada, ishlab chiqarish jarayonlarida zararli chiqindi moddalar hosil bo’lishi bilan bog’liq jarayonlar tizimining ilmiy-texnik asoslariga oid ma’lumotlarga ega bo’linadi.

    Turli korxonalardagi shart-sharoitlaridan kelib chiqib, sodir qilinayotgan turli chiqindi moddalarning kimyoviy tarkibi, sifat va miqdor ko’rsatgichlariga shuningdek ularning hosil bo’lish jarayonlar va qurilmalari bilan bog’liq holda hosil bo’layotgan chiqindilarni qanday usullar bilan kamaytirish kabi ekokimyoviy ba’zi bir masalalarni ijobiy yechish ham mumkin. Xullas, “chiqitsiz” yoki “kamchiqimli” ishlab chiqarish texnologiyalarni yaratish shu kunda eng dolzarb masala hisoblanadi. Buning uchun birinchi navbatda quyidagi ishlarni bajarish maqsadga muvofiqdir:


    • Sistemada ba’zi bir komponentlarni ajratib, jamlab olib texnologik jarayonga qayta yo’llash. Bunda, ayniqsa, regeneratsiyalash, rekuperatsiyalash kabi bir qator fizik-kimyoviy usullardan foydalanilishi kerak;

    • Ayrim tur chiqindi modda va birikmalarni maxsus texnologik usul va uslublar bilan qayta ishlash (utilizatsiyalash) va ulardan foydali mahsulotlar olish;

    • Qayta ishlov berish usullaridan keng foydalanish imkoniyati bo’lmagan hollarda, chiqindi moddalarning, ayniqsa, biosfera unsurlariga zarar yetkazadiganlarini kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizik usullar vositasida zararsizlantirish;

    • O’ta xavfli chiqit modda (masalan, yadroviy chiqit) larni chuqur yer osti qatlamlariga ko’mib tashlash;

    Xulosa qilib, ta’kidlash mumkinki, hozirgi fan va texnika taraqqiyoti yutuqlariga tayanib sanoat korxonalari hamda energetik inshoot va qurilma vositalar faoliyatida sodir qilinayotgan chiqindilarni bartaraf etish, ularni imkon darajasida zararsizlantirish kabi dolzarb masalalarni hech vaqt esdan chiqarmaslik kerak.



    Download 3,38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 3,38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti kimyo va ekologiya kafedrasi

    Download 3,38 Mb.