• 2.Oqava suvlarni tozalash va qayta foydalanish
  • Tozalangan chiqindi suvlarni qayta tozalash .
  • 3. Sanoat qattiq chiqindilarini ajratib olish va qayta ishlash
  • Samarqand
  • Regneratsiya jarayoni suv bug’i va havo aralashmasini davriy ravishda haydash yo’li bilan olib boriladi




    Download 3,38 Mb.
    bet3/26
    Sana24.03.2017
    Hajmi3,38 Mb.
    #1180
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

    Regneratsiya jarayoni suv bug’i va havo aralashmasini davriy ravishda haydash yo’li bilan olib boriladi:


    2Fe2S3 3O2 6H2O=Fe(OH)3 3S

    Tozalsh jarayoni ko’p tokchali adsorber minoralarida olib boriladi. Gazlarni katalitik tozlashda keng qo’llanilaigan usullardan biri, H2S ning oksidlanishiga asoslangan usuldir:

    H2S 0,5O2=H2O S Q

    Bu jarayonda katalizator sifatida faollashtirilgan ko’mir, faollashtiruvchi sifatida esa, tozalanadigan gazga qo’shib turiladigan suv bug’i va ammiak ishlatiladi. Faollashtirilgan ko’mir yordamida tozalsh jarayoni sxemasi 2-rasmda ko’rsatilgan.





    2-rasm. Gazlarni vodorod sulfiddan aktivlangan ko’mir qavatida katalitik tozalash sxemasi.

    1-changni tutib qoluvchi siklon, 2-faollashtirilgangan ko’mirli reaktor, 3-bunker, 4-quritish sxemasi, 5-elevator, 6-ko’mirni yuvuchi reaktor, 7-oltinguigurtni ekstraksiyalovchi reaktor (shnek erituvchi), I tozalovchi gaz, II ammiak qo’shilgan havo, III (NH4)2Sn eritmasi regeneratsiyaga IV eritma ((NH4)2 S), V regeneratsiyalangan ko’mir, VI yangi ko’mir, VII tozalangan gaz, VIII yuvindi suvlar.

    O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, bu usullardan eng qulayi adsorbsion va katalitik usullar bo’lib, ularda xarajat kam, tozalash darajasi esa yuqori bo’ladi.

    Absorbsiya jarayonlari olib boriladigan qurilmalar absorberlar deyiladi. Massa o’tkazishning boshqa turlari kabi, absorbsiya jarayoni ham kontakt yuzalar fazasida boradi. Shuning uchun absorberlarda suyuqlik bilan gazning o’zaro kontakt yuzalari katta bo’lishi kerak. Bu yuzaning o’lchamlariga qarab, absorberlar to’rt guruhga bo’linadi:


    • sirtiy yoki plyonkali

    • nasadkali

    • tarelkali yoki barbatajli

    • sochiluvchan

    Sirtiy absorberlar yaxshi eriydigan gazlarning suyuqlik hajmida yutilishida ishlatiladi. Bunday qurilmalarda harakatsiz va juda sekin harakatlanayotgan suyuqlik yuzasidan gaz o’tadi. Absorberda gaz bilan suyuqlikning kontakt yuzasi kichik bo’lgani uchun, bir necha qurilma ketma-ket ulanadi, gaz bilan suyuqlik esa bir-biriga qarab qarama-qarshi yo’nalishda harakat qiladi.

    Absorberda suyuqlik bir qurilmadan ikkinchi qurilmaga o’z-o’zicha oqib tushishi uchun keyingisi oldingisidan pastroq qilib o’rnatiladi. Absorbsiya jarayonida hosil bo’lgan issiqlikni ajratib olish uchun qurilmaning ichiga suv bilan sovituvchi zmeyeviklar o’rnatiladi. Sirtiy absorberlarning samaradorligi kam va ko’p joyni egallagani uchun sanoatda kam ishlatiladi.

    Plyonkali absorberlarning tuzilishi sirtiy absorberlarga nisbatan ixcham, samaradorliga yuqori bo’lgani uchun ko’proq ishlatiladi. Plyonkali absorberlarda fazalarning kontakt yuzasi oqayotgan suyuqlik plyonkalari orqali hosil qilinadi. Bu absorberlar quyidagi turlarga bo’linadi:


    • Trubali;

    • Listli;

    • Nasadkali;

    • Ko’tariladigan suyuqlik plyonkali;

    Trubali absorberlarning yuqorigi qismidagi truba to’siqlar orqali trubalarga maxsus taqsimlagich vositasida bir me’yorda taqsimlanib, trubaning balandligi bo’ylab, ichki yuzasidan yupqa plyonka holda pastga harakat qiladi. Suyuqlikka yutilgan gaz qurilmaning pastki qismidagi shtuser orqali ajratib olinadi. Hosil bo’lgan issiqlikni ajratib olish uchun trubalar orasidagi bo’shliqqa suv yoki sovituvchi suyuqlik beriladi.



    3a–rasm. Sirtiy absorber.



    3b-rasm. Plastinali absorber.

    1-absorber va gaz kiradigan kanal, 2-sovituvchi agent oqadigan kanal (sovituvchi suv).



    3d-rasm. Trubali absorber.

    1-truba to’rlari, 2-trubalar.



    3e-rasm. Suyuqlik ko’tarilma harakat qiluvchi plyonkali absorber.

    1-trubalar, 2-truba to’rlari, 3-kamera, 4-gaz beriladigan stutser, 5-absorbent beriladigan teshik.



    3f-rasm. Nasadkali absorber.

    1-silindrsimon qobiq, 2-nasadka, 3-suyuqlikni sochib beruvchi taqsimlagich, 4-nasadka quyiladigan to’r, 5-suyuqlik taqsimlagich, 6-gidravlik zatvor, 7-setka (to’r).
    Ko’tariladigan suyuqlik plyonkali absorberlar truba to’siqlarga o’rnatilgan bir necha trubalar va kameradan iborat. Gaz kameradan patrubka orqali trubalarga, absorbent esa teshiklar orqali trubalarga beriladi.

    Katta tezlik bilan harakat qilayotgan gaz o’zi bilan suyuqlik plyonkasini pastdan yuqoriga olib chiqib ketadi. Qurilmada absorbent bilan gaz bir xil yo’nalishda yuqoriga qarab harakat qiladi. Trubalardan chiqqan suyuqlik truba to’siqlarga qo’yiladi va patrubka orqali tashqariga ketadi, tozalangan gaz esa qurilmaning yuqorigi qismidan tashqariga chiqib ketadi. Jarayon davomida hosil bo’lgan issiqlikni ajratib olish uchun trubalar orasiga sovituvchi suyuqlik beriladi.

    Nasadkali absorberlar har xil shakldagi qattiq jismlar, ya’ni hasadkalar bilan to’ldirilgan bo’lib, tuzilishi sodda va yuqori samaradorlikka ega bo’lgani uchun sanoatda keng qo’llaniladi. Nasadkali absorberlarda nasadkalar gaz va suyuqlik o’tadigan tayanch to’rlarga o’rnatiladi.

    Gaz to’rning tagiga beriladi, so’ngra nasadka qatlamidan o’tadi. Suyuqlik esa absorberning yuqorigi qismidan maxsus taqsimlagichlar orqali sochib beriladi, u nasadka qatlamidan o’tayotganida pastdan berilayotgan gaz oqimi bilan uchrashadi. Absorber samarali ishlashi uchun suyuqlik bir tekisda, qurilmaning ko’ndalang kesimi bo’ylab bir xil sochib turilishi kerak.

    Bu qurilmalarda kontakt yuza, nasadkalar yordamida hosil qilinadi. Nasadkalar maksimal solishtirma yuzaga, minimal massaga nasadkalar egallagan yuzaga va erkin hajmga ega bo’lishi kerak.

    Adsorbsiya jarayonini olib borish uchun ishlatiladigan qurilmalar uchta guruhga bo’linadi:



    • O’zgarmas adsorbent qatlamli;

    • O’zgaruvchan qatlamli;

    • Mavhum qaynash qatlamli;

    Kimyo va ayniqsa, oziq-ovqat sanoatida o’zgarmas qatlamida davriy ishlaydigan bir necha adsorberlar ketma-ket yoki parallel ulangan holda keng miqyosda qo’llaniladi. Davriy ishlaydigan adsorberlarda adsorbentning yutish sig’imidan to’la foydalanilmaydi va adsorbsiya jarayoni bosqichida desorbsiya ham birgalikda olib borilgani uchun qurilmadan foydalanish darajasi kam bo’ladi. Bu kamchiliklar uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda bo’lmaydi.

    O’zgaruvchan qatlamli adsorberlarda adsorbent sifatida ko’mir doim uzluksiz sirkulyatsiya qilib turiladi, gazdagi yutiluvchi komponent adsorbentga o’tadi. Gaz uzluksiz ravishda yutilish kamerasining pastki qismiga beriladi. Ko’mir bunkerdan sovitgich orqali yutuvchi kameraga tushadi.

    Adsorbtiv bilan to’yingan ko’mir desorberga tushadi, u yerda o’ta qizdirilgan suv bug’i yordamida isitiladi va qayta ishlanadi. Desorberdan so’ng, ko’mir trubaga o’tadi va pnevmatik usul bilan uzatiladi. Ko’mirni uzatish uchun shtuser orqali havo beriladi. Bunkerda havo ko’mirdan ajralib, shtuser orqali chiqib ketadi.

    Ko’mir esa qaytadan sovitgich orqali yutish kamerasiga o’tadi. Shunday qilib, adsorbent doim harakatda bo’ladi. Mavhum qaynash qatlamli adsorberlarda adsorbent mavhum qaynash holatida bo’ladi.



    Adsorbent uzluksiz ravishda to’r ustiga berilib turiladi. Gaz aralashmasi ma’lum tezlik bilan to’r ustiga beriladi, so’ngra adsorbent qatlamidan o’tib uni mavhum qaynash holatiga keltiradi. Tozalangan gaz qurilmaning yuqorigi shtuseri orqali chiqib ketadi. Adsorbentning ortiqchasi tushirish trubasi orqali chiqib ketadi. O’zida yutiluvchi modda tutgan adsorbent desorbsiya qilinadi. Desorbsiya qilingan adsorbent qaytadan ishlanadi.



    4a-rasm. Vertikal adsorber.

    1-qobiq, 2-balka, 3-balkalar tayanchi, 4-ajratib olinadigan panjara, 5-shag’al qatlam, 6-ko’mir qatlami, 7-to’r, 8-yuk, 9-adsorbent tushuriladigan lyuk, 10-qopqoq, 11-yuklaydigan lyuk, 12-bug’ gaz aralashmasi beriladigan patrubka, 13-taqsimlovchi to’r, 14-bug’ chiqadigan patrubka, 15-saqlash klapanining patrubkasi, 16-pastki qism, 17-bug’ beriladigan patrubka, 18-kohdensat chiqadigan va suv beriladigan patrubka, 19-toza gaz chiqadigan patrubka, 20-kuzatuvchi lyuk, 21-adsorber turadigan tayanch halqa.



    4b-rasm. Gorizontal adsorber.

    1-korpus, 2-adsorbent qatlami, 3-taqsimlovchi tayanch panjara, 4-gaz beriladigan patrubka, 5-toza gaz chiqadigan patrubka, 6-isitilgan bug’ kiradigan patrubka, 7-bug’ aralashmasi chiqadigan patrubka



    4d-rasm. Mavhum qaynash qatlamli adsorber.

    1-korpus, 2-gaz taqsimlagich, 3-chang yig’gich



    4e-rasm. Ko’p kamerali adsorber.

    1-tarelka, 2-quyuluvchi truba, 3-adsorbent beriladigan truba, 4-bug’-gaz aralashmasi beriladigan shtutser, 5-toza gaz chiqadigan shtutser, 6- ishlatilgan adsorbent chiqadigan truba



    4f-rasm. Uzluksiz ishlaydigan adsorber qurilmasi.

    1-adsorber, 2,3-gaz aralashmasi kiradigan va toza gaz chiqadigan shtutserlar, 4-desorber, 5-desorberning isitish yuzasi, 6,7-isituvchi agentning kirish va chiqish shtutserlari, 8,9-desorbsiya qiluvchi agentning kirish va bug’ning chiqish shtutserlari, 10-uzatuvchi truba, 11-uzatiladigan gazning kirish patrubkasi, 12-bunker, 13-sovitkich, 14,15-sovituvchi gazning kirish va chiqish patrubkasi, 16- uzatiluvchi gazning chiqish patrubkasi.



    4g-rasm. Shnekli adsorber.

    1-korpus, 2-gorizontal shnek, 3,4-vertikal shnek
    Bu xildagi bir kamerali qurilmalarda qattiq zarrachalar intensiv aralashib, ularning qatlamli bo’lish vaqti har xil. Natijada zarrachalarning yutilayotgan komponent bilan to’yinish darajasi ham turlicha bo’ladi. Bundan tashqari, bu apparatlarda fazalarning yo’nalishi bir tomonlama bo’lsa, gaz fazasida adsorbent qatlamidagi o’rtacha konsentrasiyaga mos keladigan muvozanat holidagi konsentrasiyadan kam bo’lgan adsorbtivning konsentrasiyasiga erishish qiyin.

    Bir bosqichli qurilmalardagi bu kamchiliklarni yo’qotish uchun adsorbsiya jarayoni fazalarning qarama-qarshi yo’nalishida, ko’p kamerali qurilmalarda olib boriladi. Ko’p kamerali mavhum qaynovchi qatlamli adsorberda gaz aralashmalari ketma-ket gaz taqsimlagich orqali pastki tarelkadan yuqorigi tarelkaga harakat qiladi.

    Adsorbent zarrachalari adsorberning yuqorigi qismidan quyish trubalari orqali gaz oqimiga qarama-qarshi yo’nalishda, yuqorigi tarelkalardan pastga harakat qiladi. Bu qurilmalarda gaz aralashmasi uning ko’ndalang kesim yuzasi bo’ylab bir xil taqsimlanadi va fazalarning kontakt yuzasi ortadi. Natijada adsorbent zarrachalarining to’yinish darajasi yutilayotgan komponentga nisbatan bir xil va maksimal yutilish sig’imiga ega bo’ladi.

    2.Oqava suvlarni tozalash va qayta foydalanish
    Inson organizmi uni o’rab turgan tashqi muhit bilan chambarchas bog’liq. Demak, tashqi muhitning ifloslanishi kishi organizmiga salbiy ta’sir etar ekan. Shuning uchun ham tashqi muhitni asrash inson sog’lig’ini saqlash demakdir.

    Tashqi muhit omillaridan biri ifloslangan suvdir. U organizmga ta’sir qilish va kasallik keltirib chiqarish jihatidan katta ahamiyatga ega. Ayniqsa u meda-ichak, gepatit va boshqa turli yuqumli kasalliklar tarqatishda muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ham chiqindilar tashlanadigan suv tez-tez bakteriologik jihatdan tekshirib turilishi kerak. Bu bir tomondan ochiq suv havzalarini ifloslanishdan asrasa, ikkinchi tomondan shu bilan bog’liq ko’pgina kasalliklarning oldini oladi. Xo’jalik chiqindi suvlari aholining kundalik hayoti davomida hosil bo’ladigan va turli moslamalar yordamida kanalizatsiya tarmoqlariga tushadigan chiqindi suvlardir.

    Bu suvlar tozalash inshootlariga oqib boradi. Chiqindi suvning umumiy miqdorini bilish uchun har bir kishiga sarflanadigan suv miqdori hisoblab chiqiladi. Sanoat korxonalarida esa har bir ishlab chiqilgan mahsulotning bir qismi uchun sarflanadigan suv miqdori yig’indisi hisoblab chiqiladi. Suv sarfi o’sha joy aholisining madaniyati, taraqqiyot darajasiga bog’liq. Chiqindi suvlar ichki kanalizatsiya tarmoqlari orqali tashqi kanalizatsiya tarmoqlariga tushadi. So’ngra chiqindi suvlar trubalar orqali kanalizatsiya sistemasiga va tozalsh sistemasiga va tozalash inshootlariga oqib boradi.

    Chiqindi suvlar o’zi bilan birga erigan osilma moddalarni, loylarni, qumlarni, ulardan tashqari, suvga tashlangan po’choq, qog’ozlarni tozalash inshootlariga oqizib keladi. Bulardan tashqari, umumiy va uy-joylardan chiqadigan yuvindi va hojatxona suvlari ham kanalizatsiya suviga qo’shiladi va tozalash inshootlariga oqib boradi. Bunday chiqindi suvlar turli fizik, kimyoviy va bakteriologik xususiyatlarga ega bo’ladi. Kanalizatsiya suvlarining tarkibi bir xilda bo’lmaydi. Aksincha, ularning konsentratsiyasi, miqdori ba’zi bir ingrediyentlar nisbati bir-biridan doimo farq qiladi. Xo’jalik chiqindi suvlar tarkibiga, ularning xossalariga o’rtacha baho berish uchun sistemali ravishda suvdan namunalar olib tekshirib turish kerak. Shundagina chiqindi suvlarning tarkibiga, miqdoriga va boshqa xususisyatlariga o’rtacha baho berish mumkin bo’ladi. Xo’jalik chiqindi suvlarining rangi xira, o’ziga xos yoqimsiz hidli bo’ladi. Suvning kimyoviy tarkibi noorganik moddalarga birmuncha boy, ba’zi moddalar esa erigan holatda bo’ladi. Umuman olganda, chiqindi suvlarning 60%i organik moddalarga to’g’ri keladi. Ular ikki ko’rsatkichi bilan, ya’ni suvning oksigenga bo’lgan biokimyoviy talabi va oksidlanishi bilan baholanadi.

    Chiqindi suv tarkibidagi organik moddalar kimyoviy yo’l bilan oksidlanish uchun sarflangan oksigen miqdori bilan aniqlanadi. Suvning oksigenga bo’lgan biokimyoviy ehtiyojini 5-20 kun ichida aniqlash mumkin.

    Chiqindi suvlarni tindirishdan asosiy maqsad undagi osilma moddalarni ushlab qolish va cho’kma hosil qilishdir. Cho’kma xo’jalik chiqindi suvlarini tindirish yo’li bilan ajratib olinadi. Cho’kmalar nordon reaksiya beruvchi, tez chiriydigan, noxush hid tarqatadigan moddadir. U o’z tarkibida ko’p miqdorda patogen kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar va gelmint tuxumlarini ushlaydi.

    O’simlik va hayvonlarning organik moddalari yangi cho’kmalarda o’zining hujayra tuzilishini saqlaydi va namlikni ushlaydi, shuning uchun ham cho’kmaning qurishiga halal beradi.

    Sanitariya xodimlarining vazifasi chiqindi suv tarkibidagi cho’kmani zararsiz holatga keltirish bo’lib qoldi. Cho’kmada achish jarayonining bo’lishi uning salbiy xususiyatlari yo’qolishiga sabab bo’ladi. Bunda uning colloid tuzilishi parchalanadi, namligi yo’qolib, hajmi ancha kamayadi, noxush hidlar ham kamayadi. Nordon reaksiya ishqorli reaksiyaga o’tadi, patogen mikroorganizmlar va gelmint tuxumlari o’ladi. Sanitariya xodimlarining vazifasi cho’kmaning achishi uchun sharoit yaratishdir.

    Chiqindi suvlarni tindirishga mo’ljallangan hovuzlar ikki guruhga bo’linadi:


    • faqat osilma moddalarni tindirishga mo’ljallangan tindirgichlar;

    • osilma moddalarni ushlashga va cho’kmani qayta ishlashga mo’ljallangan tindirgichlar.

    Birinchi guruhga gorizontal, tik, radial tindirgichlarni kiritish mumkin. Bularning hammasi ish jarayonini pasaytirib, undagi osilma moddalarni cho’ktiradi. Gorizontal tindirgichlarning tagi qiya bo’lib, bir tomoni chuqurroq qilib quriladi, chunki suvdagi cho’kmalar qiya tomonga qarab harakatlanadi. Cho’kma bo’shliqda yig’ilganda suv harakati natijasida loyqalanib ketmaydi. Tindirgichning chuqurligi 1,5-2 m, unda suv harakati sekundiga 7 mm ga pasayadi.

    Biologik usul bilan chiqindi suvlarni tozalashdan maqsad ularni zararsizlantirish, ular tarkibidagi organik moddalarni mineral noorganik moddalarga aylantirish, kolloid moddalarni parchalash, mexanik usul bilan tozalash mumkin bo’lmagan iflosliklardan holi qilishdir. Biologik suv havzalarining kattaligi 1 gektarga teng bolib, chuqurligi 0,5-1 m bo’ladi. Biologik suv havzalari chiqindi suvlarni gelmintlardan, patogen mikroblardan ozod qilish uchun foydalaniladigan yopiq suv havzalaridir. Agar sug’orish maydonlari suvni qabul qilmasa uni shunday suv havzalariga tushirsa ham bo’ladi.

    Chiqindi suvlar qishloq xo’jalik maqsadlari uchun ishlatiladigan bo’lsa, turli kichik suv havzalaridan foydalanish mumkin. Bularning ichida eng ahamiyatlisi oksidlovchi biologik suv havzalaridir. Bunday suv havzalarida ichak tayoqchalari, gelmintlar deyarli yuz foiz nobud bo’ladi. Biologik hovuzlar kam miqdordagi chiqindi suvlarni tozalashga mo’ljallangan.

    Ulardan ko’pincha yoz faslida keng foydalaniladi. Chiqindi suvlarning bunday suv havzalarida tozalanishi uchun uzog’i bilan 8-10 kun vaqt ketadi. Oksidlovchi suv havzalari ishini yaxshilash uchun ular bo’linmalarga bo’linadi.

    Bu bo’linmalar alohida ishlaydi. Har bir bo’linmaga ikki kun suv suv to’ldirib qo’yiladi, uni tozalash uchun 10 kun kerak bo’ladi. Bunday bo’linmalar kamida 5 ta bo’lishi kerak. Bo’linmalar maydoni 0,3-1,5 gektar bo’lib, suv havzalarining tagi 0,01-0,015 ga teng. Hovuzning bo’yiga parallel qilib betonli nov ochiladi. Suvning chiqib ketishi va kirishi uchun ham 15-20 metrli beton moslamalar joylashtiriladi.

    Tindirilgan suv suv havzalariga tushiriladi. Cho’kmalarni chiqarish uchun suv havzasining tagiga maxsus truba o’rnatiladi, kuz faslida cho’kmalar chiqindi suv bilan suyultirilib sug’orish shudgorlariga tashlanadi.

    Chiqindi suvlarni tezroq tozalash zarur bo’lsa, suv havzasida 10-15% tozalangan suv qoldiriladi. Oksidlovchi suv havzalaridagi suv qatlami 0,6 metr bo’lishi kerak. Suv yuzasi bilan atmosfera havosining almashinib turishi suvning tezroq oksidlanishiga imkon beradi. Havo harorati 6C bo’lganda biologik hovuzdagi suvning tozalanishi normal davom etadi. Biologik hovuzlar yozning issiq kunlarida, yuqori haroratda suvni yaxshi tozalaydi. Hozir butun dunyoda chiqindi suvlar biologik hovuzlarda tozalanadi. Chunki keyingi vaqtda suv tarkibi juda o’zgarib ketdi. Biologik suv tozalash hovuzlarining o’ziga yarasha kamchiliklari ham bor. Bunday hovuzlarda suvning tozalanishi iqlimga bog’liq. U 2-3 kundan 2,5-3 oygacha cho’zilishi mumkin.

    Tozalangan chiqindi suvlarni qayta tozalash. Hozirgi vaqtda chuchuk suv tanqisligi hamma regionlarda sezilayotgan bir davrda tozalangan chiqindi suvlarni ochiq suv havzalariga tashlamay, undan ma’lun maqsadlar uchun qayta foydalanish shu kunning dolzarb masalasi bo’lib qoldi. Xuddi shu usul bilan aholi uchun zarur bo’lgan suv havzalarini saqlab qolish mumkin. Buning uchun markazlashgan vodoprovod sistemasida ishlatiladigan usullardan foydalanish, ya’ni bir qavatli qumli filtrdan yoki ikki qavatli qum-antratsitli filtrdan foydalanish mumkin.

    So’ngra xlorlab suv ilgarigi holatiga holatiga qaytariladi. Shu usul bilan suvdagi oksigenni 2 mg ga, osilma moddalarni esa 1,5-3 mg ga yetkazish mumkin. Bulardan tashqari, suv tarkibidagi azot va fosforni ham yo’qotish zarur. Chiqindi suvlarni qayta tozalash juda qimmatga tushadi, shuning uchun faqat zarur hollardagina bu usuldan foydalaniladi.

    Shuni aytish kerak-ki, qayta tozalangan suvni faqat texnik ehtiyojlar uchun sarflash zarur. Ichimlik suv sifatida ishlatishga also yo’l qo’yib bo’lmaydi. Og’ir metall tuzlari, politsiklik aromatik karbon suvlar, nitroza birikmalar shahar chiqindi suvining doimiy tarkibiy qismi bo’lib qolgan. Ular kanserogen, mutagen ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega. Tozalangan suvlarni qayta tozalash vaqtida ham shunday kimyoviy moddalar paydo bo’ladi-ku, ular suvning sifatini mutlaqo o’zgartirib yuboradi.

    Jumladan, suvni xlorlashda galoidometanlar hosil bo’ladi, ular blastomogen ta’sir ko’rsatuvchi kimyoviy moddalardir. Shu sababli qayta tozalangan suvlarni texnik maqsadlarda ishlatganda ham tarkibida turli kimyoviy moddalar borligini hisobga olib ochiq usulda ishlatishga ruxsat berilmaydi.

    Gigiyenistlar tomonidan qayta tozalangan suvlar uchun ularning zarar bermaydigan sifat ko’rsatkichlari ishlanib chiqilgan. Shu ko’rsatkichlar qayta tozalangan chiqindi suvlarda saqlana olsa, unday suvlarni texnologik jarayonlarda ishlatish mumkin.

    3. Sanoat qattiq chiqindilarini ajratib olish va qayta ishlash

    Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlangan davrida tabiat va jamiyatning o’zaro ta’siri bilan bog’liq bo’lgan muammolar, asosiy va murakkab muammolar bo’lib bormoqda. Shulardan biri geografik muhitning qattiq sanoat chiqindi moddalari bilan ifloslanishi va uni oldini olish muammosidir.

    Ilmiy-texnik taraqqiyot sanoat korxonalarida texnikani, ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirishda, ijtimoiy mehnat mahsuldorligining o’sishiga va ish sharoitlarining yaxshilanishiga olib keluvchi mehnatni va boshqarishni tashkil etishda namoyon bo’ladi. Texnologik jarayonlar o’zgaruvchan bo’lib, texnika taraqqiy etgan sari to’xtovsiz ravishda ratsionallashtirib boriladi. Chiqindilarni o’z vaqtida yig’ishtirib olib, zararsizlantirilsa, qayta ishlansa, aholiga maqbul sharoit yaratilib, ekologik xavfsizlik ta’minlangan bo’lar edi. Shahar yoki hudud miqyosida chiqindilarni yig’ib olish tizimini takomillashtirilish tegishli xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirishga bog’liq. Zamonaviy va samarali boshqariladigan chiqindilarni yig’ib olish tizimi fuqarolar orasida kasallanishning oldini olish bilan birga ularning yashash va mehnat qilish sharoitlarini yaxshilaydi.

    Hozirgi vaqtda, respublikada chiqindilarni boshqarishning asosiy usuli ularni o’z vaqtida yig’ib olish, maxsus chiqindi xonaga tashib ketish va belgilangan maydonda joylashtirishdan iborat.

    Chiqindilar hosil bo’lgan joyga, morfologik tarkibiga ko’ra uch turga bo’linadi:


    • maishiy chiqindilar yoki uy-joy fondida hosil bo’lgan chiqindilar;

    • sanoat chiqindilari yoki ishlab chiqarishda hosil bo’lgan chiqindilar;

    • qishloq xo’jaligi chiqindilari, yani qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirishda hosil bo’ladigan chiqindilar;

    Shu bilan birga aholi va atrof tabiatga ta’siri bo’yicha chiqindilar toksik (xavfliligi) jihatidan klassifikatsiyalanadi.

    Ma’lumki, chiqindilar muammosini hal qilishga sarflanadigan umumiy xarajatlarning yarmidan ko’pi, odatda, ularni yig’ib olish va tashib ketish xarajatlarini tashkil qiladi. Ammo chiqindilarni yig’ib olish ishlarining samarali va rejali tashkil qilishini atrof-muhit toza saqlanishi bilan birga va iqtisodiy foydaga olib keladi.

    O’zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi” va “Chiqindilar to’g’risidagi” qonunlarga muvofiq chiqindilarni boshqarishni davlat tomonidan muvofiqlashtirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kegashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda maxsus davlat vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.

    So’nggi yillarda respublikada vujudga kelgan ekologik vaziyatning tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, chiqindilar atrof tabiatning xavfli ifloslanishiga va aholi salomatligiga jiddiy xavf tug’dirmoqda.

    2004-yilda “O’zgidromet” tomonidan maishiy chiqindixonalarda hosil bo’layotgan gazlar o’rganib chiqildi va hisob-kitoblarga ko’ra Respublikadagi chiqindixonalarda hajmi 274 ming tonna metan gazi hosil bo’lishi aniqlandi. Metan gazi atmosferaga ta’siri koeffitsiyenti 21 ga teng bo’lsa, uning zararli ta’sirini tasavvur qilish qiyin emas.

    O’zbekiston Respublikasida 2001-yilgacha shahar va tuman markazlarida davlat miqyosda muvofiqlashtiriladigan chiqindilarni boshqarish tizimi sobiq kamunal xizmat ko’rsatish vazirligi tasarrufidagi maxsus avtokorxonalardan iborat bo’lgan.

    Mazkur vazirlik respublika bo’yicha yagona texnikaviy siyosatni shakllantirib korxonalarning faoliyatini muvofiqlashtirib borgan. Vazirlik tugatilib, korxonalar bevosita mahalliy hokimliklarga bo’ysundirildi. Shu bilan birga, soha faoliyati bo’yicha monitoringni olib borish “O’zkommunxizmat” agentlikning vakolatlaridan chiqindilar muammosi olib tashlanganiga qaramay monitoring ishlari davom ettirilmoqda.

    2008-yilning 1 yanvar holatiga respublikada chiqindilarni boshqarish maxsus avtokorxonalarda jami 2228 ta mashina va mexanizmlar mavjud bo’lgan (2001-yilda ularning soni 3472 ta edi).

    Yanvar (lot.; Jānuārius mēnsis 'Yanus oyi' rimliklar xudosi Yanus nomidan) - Grigoriy kalendari boʻyicha yilning birinchi oyi. Yanvar 31 kundan iborat (yana q. Kalendar).
    Shundan chiqindilarni yig’ib tashish foydalanadigan kuzov hajmi 7 m3 lik mashina bo’lgan. Hisob-kitoblarga ko’ra, kuzov hajmi 7 m3 lik 1065 ta mashinalarga bo’lgan ehtiyoj 2245 tani, 10 m3 hajmlik mashinalarga ehtiyoj 1684 tani tashkil qiladi. Dastlabki baho ko’rsatmoqdaki, shaharlardagi korxonalar ehtiyoyojiga ko’ra 47-63% maxsus mashinalar mavjud.

    Maxsus mashinalar oxirgi marta markazlashgan holda 1994 yilda Rossiyadan keltirilgan, ularning foydalanish muddati 5,5 yil bo’lgani uchun foydalanish muddatini o’tab bo’lgan.

    Rossiya (ruscha. Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha. Российская Федерация) - Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R.
    So’ngi yillarda “Samavto” korxonasidagi chiqindi tashish mashinalar ishlab chiqarila boshlandi va Navoiy, Samarqand, Nukus, Namangan shaharlari korxonalariga yetkazib berildi.
    Namangan - Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholi soni boʻyicha Fargʻona vodiysida oldingi oʻrinda. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri.
    Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.

    Olib borilgan monitoringlar shuni ko’rsatmoqdaki, 1997-2004 yillarda hosil bo’lgan maishiy chiqindilarni yig’ib tashish hajmi kamayib borgan. Bunga yuqorida qayd etilgan mashinalarning etishmasligi sababdir. Hosil bo’lgan maishiy chiqindilar to’liq hajmda tashib ketilmasa, demak, shahar va tuman markazlarida qolgan. Buning oldini olish uchun mahalliy hokimliklar mavjud avtokorxonalar transportini jalb qilib chiqindilar tashib ketini ta’minlamoqdalar.

    Monitoring natijalariga ko’ra, respublika shahar va tuman markazlarida yiliga 10-13 mln m3 maishiy chiqindilar to’planadi, hisob-kitoblarga ko’ra, 1996-yilda 9510 ming m3, 2004-yilda 3489 ming m3, 2007-yilda 7974 ming m3 maishiy chiqindilar tashib ketilgan.

    Hozirgi kunda respublikada amalda bo’lgan chiqindixonalarni loyihalashtirish va ulardan foydalanish bo’yicha tasdiqlangan me’yoriy hujjatga asosan shahar va tuman markazlari uchun tashkil qilingan maishiy chiqindixonalar loyihaviy foydalanish muddati kamida 15 yilga mo’ljallangan bo’lishi kerak.

    Chiqindixonada mo’ljallangan mashina va mexanizmlarning turiga ko’ra, aholidan hosil bo’ladigan chiqindilar miqdori me’yori va chiqindixonaning loyihaviy xizmat muddati, aholi soni, chiqindilarni jipslashtirish darajasiga ko’ra chiqindixonaning umumiy maydoni aniqlanadi. Loyihaviy quvvati yillik qabul qilinadigan maishiy chiqindilar hajmi bilan belgilanadi (30, 60, 120, 180, 240 ... 3000 m3/yil).

    Chiqindixonaning asosi inshooti chiqindilarni qabul qilish va joylashtirish uchastkasi yillik hajmidan kelib chiqib umumiy maydonining 85-95% ini tashkil qilishi lozim.

    Chiqindixona maydoni keltirilgan chiqindilarni joylashtirish navbatlariga (kartalariga) ajratib har bir karta balandligi 2-2,5 metrdan 2-3 qavat joylashtiriladi.

    Ishlab chiqarish xo’jalik inshoot va binolar chiqindixonaning chiqindilarini qabul qilish quvvatiga ko’ra 0,3-1 gektar miqdorida bo’ladi.

    So’ngi ma’lumotlarga ko’ra respublikada 182 ta tuman markazi va shaharda maishiy chiqindixonalar mavjud, shundan 142 tasi davlat, 40 tasi nodavlat korxonalar tasarrufida. Davlat tasarrufidagi korxonalar foydalanishida chiqindilarning umumiy maydoni 919,2 gektarni, xususiylashtirilgan korxonalar va yangi tashkil etilgan xususiy korxonalar foydalanishida 245,1 gektarni tashkil qiladi. Shundan tegishlicha jami 629,2 va 151,8 gektar maydon foydalanishda, ya’ni chiqindilar joylashtiriladi.

    Chiqindilarning loyihaviy quvvati 34,5 mln m3, shundan davlat tasarrufidagi korxonalar chiqindixonalarning quvvati 27,4 mln m3, xususiy korxonalar tasarrufidagi chiqindixonalarning quvvati 6,8 mln m3. Mavjud chiqindilarning umumiy perimetri taxminan 101,1 km bo’lsa, ma’lumotga ko’ra 7,5 km devor bilan o’ralgan. 38 ta chiqindixonada chiqindi tashish mashinalari keltirilgan chiqindilarni qabul qilish va joylashtirish bo’yicha nazorat punkti, atigi 17 ta chiqindixonada tarozi mavjud.

    2006-yilda chiqindixonalarda jami 6684,6 ming m3, 2007-yilda 7973,8 ming m3 maishiy chiqindi keltirilib joylashtirilgan. Jami 1996-yildan 2007-yilgacha chiqindixonalarda 69176 ming m3 chiqindilar to’plangan. Respublikada tasdiqlangan me’yorda bir kishidan 0,9-1,5 m3, o’rtacha 1,2 m3 hosil bo’lishi qabul qilingan va bir yilda jami 12 mln m3 maishiy chiqindi hosil bo’lishi mumkin. Ma’lumotlarga ko’ra joylarda hosil bo’lgan maishiy chiqindilarni yig’ib, tashish tegishli hisob-kitob va hisobot yo’lga qo’yilmagan.

    Maishiy chiqindixonalarda ishlarni sifatli va o’z vaqtida tashkil qilish uchun tegishli mashina va mexanizmlar mavjudligi ahamiyatga ega. Demak, 182 ta chiqindixonada me’yorlarga ko’ra ishlarni tashkil qilish uchun jami 546 ta turli quvvatga ega buldozer, 182 ta shibbalash mashinasi zarur.

    Agar chiqindilarni ustidan 15-20 sm qalinlikda toza tuproq solish uchun chiqindixona hududida tuproq olish joyi bo’lmasa, tuproqni tashib olib kelish uchun tegishli ekskavator va ag’darma yuk mashinasi ham kerak bo’ladi.

    182 ta chiqindixonadan 17 tasida tarozi mavjud bo’lganligi uchun 165 ta chiqindixonaga tarozi o’rnatish, 38 tasida nazorat punkti bo’lgani uchun 144 tasida nazorat punkti qurish kerak. Chiqindixonalarga begonalar kirishi chek qo’yish uchun 93,6 km perimetrda devor ko’tarish lozim.

    Rossiyaning Novokuznestk shahrida umumiy maydoni 59 gektarlik yangi chiqindixona qurulishi uchun 250-300 mln.rubl ajratildi, bir gektarining qurulishi o’rtacha 188 ming AQSh dollarni tashkil qiladi. Permda esa umumiy maydoni 10,5 gektarlik chiqindixonaning qurilishiga 113,97 mln rubl ajratilgan, bir gektarga o’rtacha 402 ming AQSh dollar sarflanadi. Chiqindixonada 30 kishi ishchi xizmatchilarning ishlashi mo’ljallangan.

    AQSh da bir gektar chiqindixonaning qurulishiga o’rtacha 4 mln. dollar sarflanadi.

    Respublikadagi hosil bo’lgan ahvolni yaxshilash uchun birinchi navbatda sanitariya tozalash korxonalarida va chiqindixonalarida hisob-kitob va hisobotni yo’lga qo’yish sanitariya tozalash korxonalarini zarur maishiy chiqindi tashish maxsus mashinalar bilan, chiqindixonalarni tegishli texnika bilan ta’minlash, xodimlar malakasini oshirish, shu sohaga oid me’yoriy huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish zarur.

    Yirik shaharlarda maishiy va sanoat chiqindilarni qayta ishlashni rivojlantirish chiqindixonaga tashib keltiriladigan chiqindilar kamayishiga olib keladi.

    Qayt etilgan ishlarni amalga oshirish uchun chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish dasturi loyihasi ishlab chiqilib, tasdiqlanishi chet el investistiyalari jalb qilinishi lozim.



    Download 3,38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 3,38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Regneratsiya jarayoni suv bug’i va havo aralashmasini davriy ravishda haydash yo’li bilan olib boriladi

    Download 3,38 Mb.