• AVTOMOBILLARDAN FOYDALANISHNI TAMINLASH REJA
  • Adabiyotlar
  • Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/81
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #150608
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81
    Bog'liq
    Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

     
    Tayanch iboralar 
    1. ICH jarayoni 11. Ko'targichlar 
    2. Ish joyi 12. Estakadalar 
    3. Ishchi postlari 13. Ko'tarish-tashish maslamalari
    4. Universal postlar 14. Konveyerlar 
    5. Maxsus postlar 15. Ajratish yig'ish ishlari 
    6. Oqimli qator 
    7. Maxsus brigadalar 
    8. Kompleks brigadalar 
    9. Agregat - uchastkalar 
    10. Ko'rish ariqchalari 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    87 
     
    13-MAVZU 
    TURLI TABIIY-IQLIM SHAROITIDA 
    AVTOMOBILLARDAN FOYDALANISHNI TA'MINLASH 
    REJA 
    1. Avtomobillardan har xil iqlim sharoitida foydalanishda, uning ishlash 
    qobiliyatiga va mustahkamlik ko'rsatkichlarini o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillar. 
    Avtomobillarni ishlash sharoitiga moslashtirish. 
    2. Sovuq iqlim sharoitida avtomobillarni saqlash va saqlash anjomlaridan 
    foydalanishning samarali usullari. Avtomobillarni ochiq holda saqlash usullari va 
    anjomlari. Avtomobil dvigatellarini ishdan oldin va uzluksiz isitish. Sovuq iqlim 
    sharoitida avtomobil agregatlarini issiq sharoitda saqlab turish usullari. Avtomobillarni 
    guruxiy va yakka holda saqlash turlari va anjomlari, hamda ulardan foydalanish. 
    Dvigatelni isitmasdan turib, sovuq holda o't oldirish.
    3. Issiq iqlim va tog' sharoitlarda foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari. Bu 
    sharoitlarda avtomobillarning puxtaligiga ta'sir qiluvchi omillar. Avtomobillar ishga 
    yaroqli holda ushlab turish uchun ko'riladigan chora tadbirlar. 
    Adabiyotlar 
    1.Автомобиллар техник эксплуатацияси. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус 
    таълим вазирлиги автотранспорт олий ўқув юртлари талабалари учун дарслик сифатида тавсия 
    этган. Проф. Сидиқназаров Қ.М. умумий таҳрири остида, Тошкент “VORIS-NASHRIYOT”, 2008. 
    – 560 б. 
    2. O.Hamraqulov, Sh.Magdiyev. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. Toshkent, 2005 yil. 
    3. Sidiqnazarov Q.M., Magdiyev SH.P. Transport vositalarining texnik ekspluatatsiyasi fani 
    bo'yicha laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy qo'llanmalar to'plami. TAYI, ATE kafedrasi, 2008 y. 
    1.MDH davlatlari avtomobil zavodlarida ishlab chiqarilgan va chiqarilayotgan 
    avtomobillarning 
    ko'pchiligi 
    me'riy 
    iqlim 
    sharoitida 
    ekspluatatsiya 
    qilishga 
    mo'ljallangandir. Me'yoriy iqlim sharoitidan boshqa sharoitlar (me'yoriy issiq, me'yoriy 
    issiq namlik, issiq namlik, issiq quruq, juda issiq quruq, me'yoriy sovuq, sovuq va juda 
    sovuq) ATni ishlashida, ularni saqlashda, TXK va T da o'zgacha sharoit yaratadi. Bu 
    sharoit rejalashda, me'yorlashda va texnik foydalanishda ba'zi bir o'ziga xos o'zgarishlarni 
    hisobga olishga majbur etadi. 
    O'zgacha sharoitlar bir necha omillar yig'indisini hisobga olishni taqazolaydi. 
    Shimoliy va sharqiy rayonlar iqlim sharoiti faqat sovuq iqlimi bilangina xarakterlanib 
    qolmay balki, sovuq shamollari va juda og'ir yo'l sharoitlarini (qishda qor uyumlari, eng 
    past yo'l kategoriyalarida ishlash, yo'l qoplamlari yo'q) ham o'z ichiga oladi. 
    Issiq quruq va juda issiq quruq tabiiy rayonlar issiq iqlim bilan bir qatorda quyosh 
    radiaktivligi va havoning yuqori changligi bilan farq qiladi. 
    Ko'pgina o'zgacha sharoitdagi rayonlar yangi o'zlashtirilayotgan, TXK, JT va 
    saqlash uchun juda kam sharoit yaratilgan joylar hisoblanadi. 


    88 
    Bu sharoitlarda transport jarayonini va avtomobillardan texnik foydalanish 
    samaradorligini oshirish uchun quyidagi usullar qo'llaniladi: 
    a) shu sharoitlarga moslab ishlab chiqarilgan avtomobillardan foydalanish; 
    b) texnik foydalanish ko'rsatgichlarining me'yorini shu sharoitga qarab 
    korrektirovka qilish; 
    v)avtomobillarni o't oldirish, saqlash turlari va apparatlarni moslab ishlatish. 
    Shimol sharoitiga moslab ishlab chiqarilgan avtomobillar quyidagi talablarga javob 
    berishi kerak: 
    - -60
    °S gacha sovuqlikda buzilmasdan ishlashi; 
    - kabinalari isitiladigan va issiqlikni saqlovchi materiallar bilan qoplanganligi; 
    - oldingi oynakni ichki isitish moslamasi bo'lishi; 
    - sovuq sharoitda dvigetelni qiynalmasdan o't oldirish mumkinligi; 
    - sovuqqa chidamli shinalar, rezina-texnik maxsulotlar va detallar bilan 
    ta'minlanganligi; 
    - sovuq iqlim sharoitida maxsus yonilg'i, moylovchi yog'lar va boshqa suyuqliklar 
    ishlatilishi kerak. 
    Issiq iqlim sharoitiga moslab ishlab chiqilgan avtomobillar uz-luksiz yopiq sovutish 
    tizimiga ega bo'lishi kerak. Bu tizim o'z navbatida sovutish suyuqligini parlanib 
    ketishidan saqlaydi, hamda moy sovitish sovitgichi bo'lishi kerak. qumlik va saxroda 
    ishlaydigan avtomobillarning havo tozalagichi maxsus tayyorlangan bo'lishi kerak. Bu 
    avtomobillarda qo'llaniladigan shinalar, rezina-texnik materiallar, polimerlardan 
    tayorlangan detallar issiq iqlim sharoitida buzilmasdan ishlashini ta'minlash kerak. 
    Akkamullyator batareyalari eng kam qiziydigan yerga joylashtirilishi, haydovchi va 
    yo'lovchilar xonalari issiqlikdan himoya qilish materiallari bilan qoplangan bo'lishi kerak. 
    Yo'lovchilar kuzovi va haydovchi kabinasi havo almashtirgich yoki kondetssionerlar bilan 
    jihozlanishi zarur. Tashqi bo'yoqlar yorug' ranglar (oq, sut rang va h.k) bilan bajarilishi 
    kerak. 
    Yuqori tog' sharoitlarda ishlatiladigan avtomobillar maxsus loyihalashtirilgan 
    bo'lib, bu sharoitlarda dvigatel quvvatini kamayib ketmasligi ta'minot va o't oldirish tizimi 
    takkomillashtirilgan, maxsus uzatmalar qutisi o'rnatilgan, tormoz tizimida esa 
    sekinlashtirgichlar qo'llanilgan bo'lishi kerak. 

    Download 0,81 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc

    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish