Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/81
Sana02.02.2024
Hajmi0,81 Mb.
#150608
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81
Bog'liq
Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

changni ko'pligi yana bir muammoni tug'diradi. 
Jumhuriyatimizda yildan-yilga yo'llar ko'payib bormoqda, lekin shu bilan birga ko'p 
oblastlarda yo'llarning yarmidan ko'pi qattiq qoplamsizdir. Bu esa havo tarkibidagi chang 
zarrachalarining ko'payishiga sabab bo'ladi. 
Yozning issiq kunlarida havoning tarkibidagi changning miqdori,
III kategoriyali 
yo'llarda 1.5, tuproqli yo'llarda 3.6 g
/mm3 ga yetadi. Havo tarkibida chang 
zarrachalarining qiymati, qattiq shamol paytlarida yanada oshadi. 
Eng qattiq shamol, ko'proq Yangiyer atrofida bo'lib, u yerda shamolning tezligi 45 
m
/sek ga yetadi. Bu shamol 1-2 kundan 3-4 kungacha to'xtovsiz esishi, ba'zi paytlarida 
esa 6 kungacha davom etishi mumkin. 
Buning natijasida chang va qum, ishqalanib ishlaydigan qismlar orasiga tushib, u 
yerlarda yoyilishni oshishiga olib keladi. qattiq shamol paytlarida, havo tarkibidagi chang 
17 g
/m3 gacha ko'tariladi. Bu zarrachalarning kattaligi 60 mkm yetadi. Chang zarrachalari 
yonilg'i baki, moy quyish naychasi va salniklar orqali, brikmalar orasiga tushib yoyilishni 
kuchaytiradi. 
Bundan tashqari kunning issiq paytida agregat va mexanizmlaridagi moy 
qovushqoqligini 
kamayib 
ketishi
birikmalarni 
normal 
ishlash 
sharoitlarini 
og'irlashtiradi, bunda "Moylik" ishqalanish o'rniga "Chegaraviy" ishqalanish yuzaga 
keladi va birikmalarni yoyilishi tezlashadi. 
Tog' sharoitlarida ishlayotganda, avtomobillarga juda katta ahamiyat berish lozim. 
Chunki tog' yo'llari, o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Tog'lar va balandliklar etagida 
qurilgan avtomobil yo'llari, oxiri 1500-2000 km va undan yuqori balandliklargacha 
davom etib, keyin esa qiyaliklar va egri-bugriliklar bilan tugaydi. Bunday yo'llar katta 
bo'ylama qiyaliklar (10-12%), baland-pastliklar (1km ga 10 tadan ortiq), egri-bugriliklar 
(1 km ga 15-18 tadan ortiq), kichik radiusdagi burilishlar (8-10 m), yetarli bo'lmagan yo'l 
kengligi, yo'lning o'nqir-cho'nqirligi, yomon ko'rish masofasi bilan ajralib turadi.
Qayd 
qilingan 
omillar 
avtomobilning 
chidamliligini, 
transportni 
qiyin 
harakatlanishiga, tezlikning pastligiga, transport harakatlarini oshishiga va yo'l-transport 
hodisalarini tez-tez ro'y berishiga sabab bo'ladi. 
Tog' sharoitlarining o'ziga xos xususiyatlari avtomobil ishida bir qator 
o'zgarishlarga olib keladi. 
Avtomobil janubiy tog' tizmlarida va dovonlarida ishlaganda, asosan issiq 
o'zgaruvchan havoning harorati va changligi ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun TXK da, 


92 
yonilg'i va moy quyilayotganda uning tozaligini ta'minlash va moylash tizimidagi 
filtrlarga katta e'tibor berish kerak. Chunki buzuqliklarning 70-80% shu tizimlarga to'g'ri 
keladi. 
Issiq tog' sharoitlarida transmissiya va ko'tarish sistemalarida ishlatiladigan moylar 
tez eskiradi, chunki havoning namligi va yuqori issiqlikning ta'siri, hamda chang 
oksidlanish jarayonida katalizator rolini o'ynaydi. Bunday vaqtlarda oksidlanish va 
zanglashga qarshi qo'shimchalar qo'shilgan, hamda quyuqroq moylar ishlatilishi tavsiya 
etiladi. 
Tez-tez tormozlanish va kichik radiusdan burilishlar natijasida shinalar juda tez 
yemiriladi. 
Yo'l sharoitining murakkabligi tufayli ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, tormoz 
tizimi juda ko'p ishlatiladi, rul mexanizmiga ta'sir etuvchi kuch tez oshib boradi, buning 
natijasida ularning detallarini yedirilishi oshadi, hamda qotirilgan joylar bo'shab boradi. 

Download 0,81 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81




Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc

Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish