• Estakadalar
  • Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/81
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #150608
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
    Bog'liq
    Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi

    Ko'targichlar: Ular avtomobilni kerakli balandlikka ko'tarish uchun xizmat qiladi 
    va quyidagicha turlanadi: 
    1) Pol ustidagi 
    2) Ko'rish ariqchalaridagi 
    Ular o'z navbatida qo'zg'almas, qo'zg'aluvchan bo'lishi va ishchi organlari bo'yicha 
    esa, suyuqli yuritmali, elektromexanik va pnevmatik kabi turlarga bo'linadi. 
    Estakadalar - temir betondan, temirdan yoki yog'ochdan balandligi 0.7-1.4 m qilib 
    ishlangan bo'lib, 20-25 % qiyalikdagi chiqish va tushish rampalari bo'lgan ko'priklardan 
    iborat bo'ladi. 
    Ular boshi berk va boshi ochiq, hamda qo'zg'almas va qo'zg'aluvchan bo'lishi 
    mumkin. 
    Ko'tarish tashish moslamalari: avtomobillarga TXK va JT ishlarida agregat va 
    mexanizmlarni ko'tarish, hamda tashish uchun ATK da harakatlanuvchi kranlar, yuk 
    tashish aravachalari, elektr telferlari va kran-balkalar ishlatiladi. 
    - harakatlanuvchi kranlar: yuklarni yerdan ko'tarish yoki tashish uchun ishlatiladi. 
    Ular kichik yelkada 1000 kg gacha, katta yelkada 200 kg gacha yuk ko'tarish va tashish 
    qobiliyatiga ega. 
    - yuk tashish aravachalari - avtomobil agregatlarini ishlab chiqarish korpusida 
    tashish uchun ishlatiladi. Ular maxsus ishga mo'ljallangan bo'lishi ham mumkin 
    (uzatmalar qutisi, ko'prik reduktorini, kardan valini, ressorlar va boshqa agregatlarni 
    yechish, o'rnatish va tashish aravachalari). 
    - kran balkalar-3,2 tonnagacha, tallar 0,25-1,0 t gacha yuk ko'tarish qobiliyatiga ega 
    bo'lib, ular avtomobillardan agregatlarni yechish, o'rnatish va yechilgan agregatlarni 
    kerakli joyga elitish uchun xizmat qiladi. 
    Konveyerlar: TXK ishlari oqimli qatorda bajarilganda avtomobillarni postdan-
    postga ko'chirish uchun ishlatiladi. Ular ishlash vaqtiga qarab uzluksiz ishlaydigan va 
    to'xtab-to'xtab ishlaydigan bo'lishi mumkin, avtomobilni postdan postga o'tkazish turiga 
    qarab itarib yuruvchi, ko'tarib yuruvchi va tortuvchi kabi turlarga bo'linadi. 
    - itarib yuruvchi konveyrlar - avtomobillarni oldingi yoki keyingi g'ildiragidan 
    maxsus itargich yordamida harakatlantiradi (KXK, 1,2-TXK), ko'tarib yuruvchi - maxsus 
    lentalar ustida avtomobillarni postdan postga ko'chirishda ishlatiladi (KXK, 1-TXK, 2-
    TXK), tortuvchi konveyrlar - avtomobil oqimli qator bo'ylab o'rnatilgan ilgakka maxsus 
    tross yoki zanjir yordamida briktiriladi va ilgak harakati bilan harakatga keladi. 
    Konveyrlarni harakatga keltirish avtomat tarzda yoki uni boshqaruvchi operator 
    yordamida amalga oshiriladi. 
    Konveyrlar asosan "Rosavtospetsoborudovaniya" birlashmasi tomonidan ishlab 
    chiqariladi. Ularning uzunligi 26-52 m gacha bo'lib, TXK dagi avtomobillarni turiga 
    bog'liq bo'ladi. 
    Konveyrlarni qo'llash TXK texnologik jarayonini tashkil qilishni takomillashtiradi 
    va ishlab chiqarish surati oshadi. 


    85 

    Download 0,81 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc

    Download 0,81 Mb.
    Pdf ko'rish