• BMTning korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi hujjatlari
  • Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar




    Download 37,95 Kb.
    bet3/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi37,95 Kb.
    #233892
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    KORRUPSIYA QARSHI KURASH BO‘YICHA XALQARO QONUNLAR VA QARORLARNING O’ZBEKISTONDA RATIFIKATSIYA QILISHNING AHAMIYATI, IQTISODIY-SIYOSIY VA IJTIMOIY-HUQUQIY MEXANIZMLARI

    Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar.
    Yuridik atamalar qomusiy lug‘ati‖da korrupsiya tushunchasiga ―davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan (yoki ularga tenglashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi‖, deb ta’rif berilgan.

    BMTning xalqaro miqyosda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumotida shunday deyilgan: “Korrupsiya – bu shaxsiy maqsadlarda naf ko‘rish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish”.


    Korrupsiya tushunchasiga berilgan shunga o‘xshash ta’rifga Jahon bankining hozirgi dunyoda davlatning roliga bag‘ishlangan hisobotida ham duch kelish mumkin: korrupsiya – bu ―shaxsiy naf ko‘rish yo‘lida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish‖.

    BMTning korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi hujjatlari :


    1. “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksi” (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan);

    2. Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksini samarali amalga oshirilishi uchun rahbariy prinsiplar (BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi rezolyusiyasi bilan 1989 yil 24 mayda qabul qilingan);

    3. Davlat mansabdor shaxslarining Xalqaro xulq-atvor kodeksi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1996 yil 12 dekabrda qabul qilingan);

    4. BMTning Xalqaro tijorat operatsiyalarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1996 yil 16 dekabrda tasdiqlangan);

    5. Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1999 yil 9 dekabrda qabul qilingan);

    6. BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2000 yil 15 noyabrda qabul qilingan);

    7. BMT Forumining ofshorlar bo‘yicha Kommyunikesi (Kayman orollari, 2000 yil 30-31 mart);

    8. BMT Bosh kotibining korrupsiyaga oid ma’ruzasi (Vena, 2001 yil 8-17 may);

    9. Korrupsiyaga qarshi kurash choralari. Pulni tozalashga qarshi kurash choralari. Jinoyatchilik va odil sudlov: XXI asr chorloviga javoblar to‘g‘risidagi Vena deklaratsiyasini amalga oshirish harakat Rejasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2002 yil 15 aprelda qabul qilingan)

    10. BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan).

    Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida korrupsiyaga qarshi kurash borasida qabul qilingan hujjatlar:
    1) Jinoyatchilikka qarshi kurashda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga ishtirokchi- davlatlarning hamkorligi to‘g‘risidagi Kelishuvi (Moskva, 1998 yil 25 noyabr);
    2)“Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslari to‘g‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamenlararo assambleyasining XXII plenar yig‘ilishida qabul qilingan 2003 yil 15 noyabr);
    3)“Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamenlararo assambleyasining XIII plenar yig‘ilishida qabul qilingan 1999 yil 3 aprel);
    4)“G‘ayriqonuniy yo‘ldan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshilik qilish to‘g‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamenlararo assambleyasining XII plenar yig‘ilishida qabul qilingan 1998 yil 8 dekabr);
    5)“Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida”gi tav¬siyaviy qonunchilik akti (MDH Parlamenlararo assambleyasining qarori bilan qabul qilingan 1996 yil 2 noyabr).
    6) Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitim (Moskva, 2011 yil 16 iyun)
    Korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi eng asosiy xalqaro hujjat bu - shubhasiz, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi hisoblanadi.
    O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilgan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan ―BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuni 2008 yil 24 iyunda qabul qilindi va 2008 yil 27 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati tomonidan ma’qullandi va 2008 yil 28 avgustdan e’tiboran kuchga kirdi .

    Download 37,95 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 37,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar

    Download 37,95 Kb.