Mavzu: korrupsiya qarshi kurash bo‘yicha xalqaro qonunlar va qarorlarning o’zbekistonda ratifikatsiya qilishning ahamiyati, iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari reja: Kirish




Download 37,95 Kb.
bet4/6
Sana15.05.2024
Hajmi37,95 Kb.
#233892
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KORRUPSIYA QARSHI KURASH BO‘YICHA XALQARO QONUNLAR VA QARORLARNING O’ZBEKISTONDA RATIFIKATSIYA QILISHNING AHAMIYATI, IQTISODIY-SIYOSIY VA IJTIMOIY-HUQUQIY MEXANIZMLARI

BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi muqaddima hamda 8 ta bob, 71 ta moddadan iborat bo‘lib, 1-bobda (1-4) umumiy qoidalar, 2-bobda (5-14) korrupsiyaning oldini olish choralari, 3-bobda (15-42) jinoyatchilik va huquqni muhofaza qilish faoliyati, 4-bobda (43-50) xalqaro hamkorlik, 5-bobda (51-59) aktivlarni qaytarish bo‘yicha choralar, 6-bobda (60-62) texnik yordam va ma’lumot almashinuvi, 7-bobda (63-64) amalga oshirish mexanizmlari, 8-bobda yakuniy qoidalar aks etgan.


O‘zbekiston Respublikasi mazkur konvensiyaga bir nechta bildirishlar, bayonotlar va shartlar bilan qo‘shilgan.

Jumladan, Qonunning 1-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konvensiya 6- moddasining 3-bandi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab-chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi – davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilanganligi bildirilgan.


Bu qoida Konvensiyaning 6-moddasi 3-bandidagi har bir ishtirokchi Davlat BMTning Bosh kotibiga korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda boshqa ishtirokchi Davlatlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan organ yoki organlarning nomi va manzilini xabar qiladi, degan talablariga to‘la javob beradi.
Qonunning 2-bandiga ko‘ra, Konvensiya 42-moddasining 1 va 3-bandlari bo‘yicha 15-19, 21, 22- moddalarda, 23-moddaning 1-bandida, 24, 25, 27-moddalarda nazarda tutilgan qilmishlar milliy qonunchilikka muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmish ekanligi va ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi tatbiq etilishligi bayon etilgan.
Ushbu xatti-harakatlar O‘zbekiston jinoyat qonunchiligi bo‘yicha ham jinoiy qilmish sifatida baholanadi va amaldagi jinoyat qonunida bunday qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Shu bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari belgilangan bo‘lib, bu organlarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati; O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti kabi davlat organlari kiradi.



Download 37,95 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 37,95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: korrupsiya qarshi kurash bo‘yicha xalqaro qonunlar va qarorlarning o’zbekistonda ratifikatsiya qilishning ahamiyati, iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari reja: Kirish

Download 37,95 Kb.