• Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
  • Mavzu: korrupsiya qarshi kurash bo‘yicha xalqaro qonunlar va qarorlarning o’zbekistonda ratifikatsiya qilishning ahamiyati, iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari reja: Kirish




    Download 37,95 Kb.
    bet1/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi37,95 Kb.
    #233892
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    KORRUPSIYA QARSHI KURASH BO‘YICHA XALQARO QONUNLAR VA QARORLARNING O’ZBEKISTONDA RATIFIKATSIYA QILISHNING AHAMIYATI, IQTISODIY-SIYOSIY VA IJTIMOIY-HUQUQIY MEXANIZMLARI


    MAVZU: KORRUPSIYA QARSHI KURASH BO‘YICHA XALQARO QONUNLAR VA QARORLARNING O’ZBEKISTONDA RATIFIKATSIYA QILISHNING AHAMIYATI, IQTISODIY-SIYOSIY VA IJTIMOIY-HUQUQIY MEXANIZMLARI


    REJA:


    Kirish

    1. Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi.

    2. Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar.

    3. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi” Qonuni.

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar


    Kirish
    Mamlakatimizda demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan, globallashuv jarayonlari avj olib borayotgan bir vaqtda korrupsiya atalmish dahshatli illatning bir davlat emas, balki butun bir mintaqa yoki jahon taraqqiyotiga tahdid solayotganligi xavotirli. Ta’kidlash lozimki, korrupsiya demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi, iqtisodiyotni izdan chiqaradi, jamiyat va davlat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi.
    Bugungi kunda jahon hamjamiyati shunga amin bo‘lmoqdaki, korrupsiya illati, odam savdosi, terrorizm, giyohvandlik vositalari savdosi, qurol- yarog‘ savdosi kabi xalqaro jinoyatlar bilan bevosita bog‘liq. Umuman olganda, korrupsiya ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan qaraganda huquqni himoya qilish organlarining faoliyatiga jiddiy putur yetkazadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish, uni bartaraf etish ko‘p hollarda unga sabab bo‘luvchi omillarni, holatlarni va shart-sharoitlarni aniqlashdan va ularni bartaraf etishdan, shuningdek unga qarshi kompleks kurashishdan iborat bo‘ladi. Korrupsiyaga yo‘l ochadigan omillar sirasiga hokimiyat organlari tizimining murakkabligi, buyruqbozlik taomillarining ko‘pligi, davlat hokimiyati organlari apparatining faoliyati ustidan tashqi va ichki nazo-ratning yo‘qligi kabi holatlarni kiritish mumkin. Tashkiliy tushunmov chiliklarni fuqarolarning korrupsion xulq- atvorini rag‘batlantirishdan farqlash ba’zan juda qiyin kechadi. Taqiqlar, ruxsat berish tartiblari sonining haddan tashqari ko‘pligi, davlat hokimiyati organlari faoliyatiga jalb qilingan fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish mexanizmining yo‘qligi ham korrupsiyaga yo‘l ochadi.
    O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab, sobiq totalitar tuzumdan meros bo‘lib o‘tgan illat – korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurashib kelmoqda. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mustahkam huquqiy asos yaratilgan. Xususan, 1997 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasida korrupsiya mamlakatning milliy xavfsizligiga tahdidlardan biri, deya e’tirof etildi.

    Download 37,95 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 37,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: korrupsiya qarshi kurash bo‘yicha xalqaro qonunlar va qarorlarning o’zbekistonda ratifikatsiya qilishning ahamiyati, iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari reja: Kirish

    Download 37,95 Kb.