Mavzu: Eylerning ustuvorlik nazariyasini tekshirish
Ishdan maqsad: 1. Markaziy siqilgan uchlari turli holatlarda biriktirilgan
sterjenlarni ustuvorlik nazariyasini tajribada tekshirish.
Tajriba: WP 121 qurilmasida bajariladi.
U skunaning tavsifi. Uskuna (1) rama va undagi o’q bo’ylab qo’yilgan kuch ostida egilishga ishlovchi 4 ta sterjendan iborat (2). Ramaga egilishning miqdorini ko’rsatuvchi shkalalarga ajratilgan oq devor(3) ham o’rnatilgan sterjenlarning uchlari o’q bo’ylab qo’yilgan kuch ta’sirida egilishining barcha turlarini namoyish qilishga moslashtirib tayyorlangan. pastki(4) uchi ramaga nisbatan qo’zg’almas qilib o’rnatilgan, yuqori (5) uchi esa vertikal yo’nalish bo’yicha (2-holda esa gorizontal yo’nalishda ham) to’g’rilanishi mumkin, hamda ularga yuk qo’yiluvchi tutqichlar ham o’rnatilgan (6). Sterjenlarning uchlari qisqichlar yordamida mahkamlangan.
9.1 rasm-chizma. Ko’rgazmali uskunaning qismlari
Bo’ylama kuch ta’sirida egiluvchi (2) sterjenlar zanglamaydigan po’latdan yasalgan bo’lib, o’lchamlari 0.5x12x180mm.
K uch 5N va 1N li (7) yuklar yordamida sterjenga turli qiymatlarda qo’yilishi mumkin.
9.2-chizmada bo’ylama egilishining turlari keltirilgan.
Nazariy ma’lumotlar Kritik kuchning qiymati bo’ylama egilish uzunligidan bog’liq. Bo’ylama egilish shakli va uzunligi esa sterjenning uchlaridagi mahkamlanish turiga bog’liq. 3-chizmada turli hollar uchun bo’ylama egilish shakllari va uzunliklari keltirilgan.
13.3-rasm. Turli xollar uchun bo’ylama egilish shakllari va uzunliklari.
O’q bo’ylab qo’yilgan kuchning Fk kritik qiymati turli hollar uchun quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi:
1-hol uchun: 2-hol uchun:
3-hol uchun: 4-hol uchun:
Po’lat materialining elastiklik moduli E=210000N/mm2. O’lchamlari 0.5x12mm bo’lgan ko’ndalang kesimi to’rtburchakli sterjen uchun Le inersiya moment
Uzunlik L=180 mm bo’lganda kritik kuch.
1-xol uchun:
2-hol uchun:
3-hol uchun:
4-hol uchun:
Kritik kuchlarning o’zaro nisbatlari 1:1/4:4:2.04 kabi bo’lishi kerak.
Uzunlik va qattiqlikning berilgan qiymatlari uchun kritik kuch faqat uchlarining mahkamlanishidan bog’liq bo’ladi.
Tajribani o’tkazish.
Tajribani o’tkazish davomida yuklanish ketma-ket oshirib boriladi Hisoblashlarda aniqlangan natijalariga yaqinlashgash turg’unlikning buzilishini, ya’ni bo’ylama egilish nuqtasini aniq ko’rish uchun kuchni kichik qiymatlar (1N yuklar) bilan oshirib borish kerak. Yuqori tayanchdagi vertikal sozlagich yuklanish oshib ketgan holda ham buzilmaydi. Tajribalarda aniqlangan kritik kuchlar hisoblashlar natijasida aniqlangan kritik kuchlardan kichik bo’ladi. Buning sababi kichik boshlang’ich deformatsiyadir. Har bir sterjen oldindan egilishga ega bo’ladi. Hisoblashlarda esa bu egilishlarni hisobga olining imkoni yo’q Kritik kuchni aniqlashda yuk tutqichlarning 1N ga teng og’irligini hisobga olish kerakligini eslab qolish kerak.
Texnik ma’lumotlar:
S terjen uzunligi L=180mm
Sterjen ko’ndalang kesimi h x b=(0.5x12)mm
Sterjen materiali po’lat 1,4310
Hollar
|
maxkamlanish
|
1-hol
|
sharnirli/sharnirli
|
2-hol
|
qistirilgan/erkin
|
3-hol
|
qistirilgan/ qistirilgan
|
4-hol
|
qistirilgan/sharnirli
|
Siquvchi kuchlar taqriban 2,.....32 N
Yuklar to’plami 10x5 N va 5x1 N
O’lchamlari: 380x110x270 mm
Vazni taqriban 10kg
|