|
I. O‘quv fanning dolzarbliligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
|
bet | 59/73 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 6,85 Mb. | | #117441 |
Bog'liq PR 111 UMK I. O‘quv fanning dolzarbliligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Ushbu fan respublikamizning texnik-iqtisodiy va sotsial taraqqiyotini jadal sur’atlar bilan rivojlanishida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, takomillashgan texnologiyani joriy etish bilan bir qatorda zamonaviy payvandlash robotlari va payvandlash ishlab chiqarishni tashkil etish va uni avtomatlashtirish bo’yicha bilimlarni qamrab olgan.
“Payvandlash robotlari” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bo‘lib 4-kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. “Payvandlash robotlari” fani ixtisoslik fanlar turkumiga kiradi va “Texnologik mashinalar va jihozlar (mashinasozlik va metalga ishlov berish)” ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladi.
II. O‘quv fanning maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda ishlab chiqarish sohalarida qo‘llaniladigan payvandlash ishlarini mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi, sanoat robotlari ularning texnologiyasi va jihozlari asoslari yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga payvandlash robototexnikasining klassifikatsiyasi va tasnifi, sanoat robotlari, payvandlash robotlarini, payvandlash robotlarini boshqarishni, periferiyadagi payvandlash robotlarini, payvandlash sensorlarini haqida tassavvur va ko’nikmalarni hosil qilish.
O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.
“Payvandlash robotlari” fani talabalarni nazariy biliimlar, amaliy ko’nikmalar, yoyli va kontaktli payvandlash uchun robotlarning apparaturasi va texnologik jixozlari, payvandlash sensorlarini qo‘llash masalalarini ilmiy dunyoqarashani shakillantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga kuydagi talablar ko‘yiladi. Talaba:
– fan rivojining tarixi va istiqboli, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda sanoat robotlari, payvandlash sensorlari, payvandlash robotlarini boshqarish asoslari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
– payvandlash ishlarini mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasini, sanoat robotlari, payvandlash robotlarini, payvandlash robotlarini boshqarishni, periferiyadagi payvandlash robotlarini, payvandlash sensorlarini bilishi va ulardan faydalana olishi;
yoyli va kontaktli payvandlash uchun robotlarning apparaturasi va texnologik jihozlari hamda texnologik ta’minlanishi ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
|
| |