|
)ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini namoyon etish
|
bet | 8/12 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 54,27 Kb. | | #252544 |
Bog'liq Kurs ishi MADANBEKOVA 1)ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini namoyon etish; 2)mashg‘ulotlarni qiziqish bilan o‘zlashtirishga rag‘batlantiruvchi strategiyalardan foydalana olish; 3)innovatsion yondashuv va pedagogik masalalarning echimini topishga kreativ yondashish; 4)kutiladigan natija. Bo‘lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining kreativ fikrlash ko‘nikmalari ulardagi kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda harakatga keltiruvchi kuch sanaladi. Aynan mazkur ko‘nikmalar ijodiy faollik, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat uchun yo‘naltira olish, nostandart tafakkur tarzini shakllantira olish, muammolarga nisbatan sezgirlik, intellektual qobiliyatlar, hissiy jihatdan erkin va ijobiy fikrlar, konstruktivlik, innovasiyalar transformasiyasi bilan bog‘liq divergent tafakkur tarzining shakllanishiga xizmat qiladi. Psixologiyada P.Torrens tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test ishlab chiqilgan. P.Torrensning fikricha, shaxs kreativligi o‘zida quyidagi belgilarni namoyon qiladi: 1) savollar, kamchiliklarga yoki bir-biriga zid ma'lumotlarga e'tiborsiz bo‘lmaslik; 2) muammolarni aniqlash uchun harakat qilish, ilgari surilgan taxminlar asosida ularning yechimini topishga intilish. Pedagogning kreativlik potensiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ potensial negizida har bir tarbiyachining shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo‘ladi. Kreativ potensial bilish jarayoniga yo‘naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog‘liq. Pedagogning kreativ potensiali an'anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo‘ladi: tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi; bir qolipda fikrlamaslik; o‘ziga xoslik; noaniqlikka toqat zakovatli bo‘lish.
|
| |