|
II BOB. BO’LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARINING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI
|
bet | 5/12 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 54,27 Kb. | | #252544 |
Bog'liq Kurs ishi MADANBEKOVAII BOB. BO’LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARINING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI
2.1. Tarbiyachilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish.
O‘z faoliyati mobaynida tarbiyachi kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo‘naltiradi. Tarbiyachilarning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishlari ularda ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan farqli yangi g‘oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o‘ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg‘or, bolalarning o‘quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g‘oyalarni yaratishda faollik ko‘rsatish, ilg‘or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o‘rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo‘lishga e’tibor qaratadi. Odatda tarbiyachilarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi, shakllantiriladi va u astasekin takomillashib, rivojlanib boradi. Hozirgi zamon innovatsion rivojlanishning global vazifalaridan biri bu insonlarning kreativ fikrlashini shakllantirishdir. Kreativlik (lot,ingl. “create”-yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor)- individning yangi g’oyalar ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Kreativ kompetentlik esa- pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondoshish, o’zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olishidir. Kreativlik shaxsni yahlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorining muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o’tkirlikni belgilab beradi. Kreativlik deganda insonning yangi yangi g’oyalar ishlab chiqarishi, murakkab ko’rinib turgan , yechimi ochiq turgan muammolarga yechim topa bilishi, tavakkalchilik qobilyati, o’zining kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashuvi hamda kasbiy yetukligi kabi harakatlari nazarda tutiladi. Jahondagi globallashuv fan va ta’limning integratsiyalashuvi jarayonlarida bo‘lajak mutaxassislarning kasbga tayyorgarligini rivojlantirish masalasi dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda. Zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan, raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy sog’lom shaxslarni tarbiyalab berish talabini qo‘ymoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida "yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy pedagogik kadrlar zaxirasini yaratish" vazifasi belgilandi. Sifatli ta’lim xizmatlarini imkoniyatlarini oshirish , mehnat bozorining imkoniyatlariga mos keluvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, oliy ta’lim muassasalari ta’lim sifati va samaradorligini oshirish kabi yo’nalishlar belgilanib, bu borada oliy ta’lim muassasasi pedagoglarini hamda bo’lajak mutaxassislarni kreativligini rivojlantirish, doimiy yangilanib turuvchi jamiyat hayotiga yangicha fikr va qarashlar bilan yondashuvchi yosh avlodni zamon talablariga mos ravishda tarbiyalash oliy ta’lim muassasi pedagogining muhim kasbiy vazifasi hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi bo’lajak mutaxassislarda kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo’lajak mutaxassislarning har qanaqa jarayonda o’zining ijodiy va kreativ qobilyatlarini namoyon qilishida foydali va kerakli jihatlarini ko’rsatadi. O’sib kelayotgan yosh avlodni yangi zamon talablariga to’laqonli javob bera oladigan, har qanaqa vaziyatga kreativ yondasha oladigan, dunyoni yangicha qarashlar bilan anglaydigan kreativ qobilyatlarini rivojlantirish, ularda kreativ fiklash va tafakkurni shakllantirish eng avvalo maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi pedagog, mutaxassislardan kasbiy faoliyatlarida kreativ kompetentlikni talab etmoqda. Barkamol shaxsni voyaga yetkazishda roli beqiyos sanaladigan maktabgacha ta’lim tashkiloti bo’lajak tarbiyachilari hamda mutaxassislarini kreativ kompetentligini rivojlantirish eng avvalo oliy ta’lim muassasasi pedagoglarining zimmasidadir. Ma’lumotlarga qaraganda (yoshlar psixologiyasiga ko’ra) olti yoshgacha bo‘lgan bolalar 40% iste’dod potentsialiga ega ekanlar. Bolalar eng kichik yoshdanoq ijodkorlik, yaratuvchanlikka juda moyil bo’lar ekanlar. Shunday ekan, ayni shu davr bolalarda kreativ qobilyatlarini shakllantirishning ayni vaqtidir. Buning uchun albatta maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mutaxassislarning o’zida kreativ sifat va kreativ kompetentlik shakllangan bo’lishi kerak. Hozirgi zamon ta’lim jarayoniga Oliy ta’lim muassasasida taxsil oluvchi bo’lajak tarbiyachilarni o’qitishda “Kreativ Pedagogika asoslari” fanining qo’shilgani talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida zarur bo’lguvchi kreativ kompetentligini rivojlantirilishi ta’lim jarayonini samarali va sifatli tashkil etishda xizmat qiluvchi omil bo’ladi desak, adashmaymiz. Kreativlikning mazmun va mohiyatiga to’xtaladigan bo’lsak, mamlakatimizdagi bir qator pedagog olimlarning o’quv – metodik qo’llanmalarini tahlil qilgan holda, quyidagilarni aytishimiz mumkin: P. Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagilar yoritiladi:
|
| |