Tarbiyachilar salohiyatini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari




Download 54,27 Kb.
bet3/12
Sana24.05.2024
Hajmi54,27 Kb.
#252544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi MADANBEKOVA

1.2. Tarbiyachilar salohiyatini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari.



Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga maʼsuliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarning tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z maʼsuliyatini anglashga taʼlim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o‘z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o‘sishga ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo‘lishi kerak. Tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada taʼsir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulqatvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy eʼtiqodliligi oʼz kasbini sevishi va bu kasbga boʼlgan cheksiz sadoqati boshqa kasb egalaridan ajratib turadi.

Tarbiyachi shaxsiga qoʼyiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Tarbiyachi mashg‘uloti uchun kerakli bo‘lgan didaktik ashyoni maqsadga ko‘ra o‘zi tayyorlaydi, tarbiyalanuvchilarni yasash, ijod qilish jarayoniga jalb qilib, ularning aqliy, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga turtki beradi.


Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko‘rib chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim.
Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq o‘tkazish;
maktabgacha ta’limning muqobil shakllari uchun yangi o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini keng joriy etish;
tarbiyalanuvchilarning yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va sanoq materiallari mazmuni va dizaynini o‘rnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish;
rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalar ta’limining kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish, inklyuziv ta’lim, eng yangi reabilitatsiya va abilitatsiya usullarini keng joriy etish, ularning izchil ijtimoiylashuvi va umumiy maktabgacha ta’lim umumiy tizimi integratsiyalashuviga ko‘maklashadigan moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi ta’lim yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
maktabgacha ta’limda fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion texnologiyalari va modullarini ishlab chiqish, maktabgacha va umumiy boshlang‘ich ta’lim izchilligining mazmun va protsessual komponentlarini optimallashtirish;
mashg‘ulotlar davomiyligining eng maqbul vaqtini va ularning ketma-ketligini aniqlash maqsadida o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini optimallashtirish;
bolalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, gimnastika va faol o‘yinlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sportga qiziqish uyg‘otishni shakllantirish, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash;
maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya hamda ta’lim darajasini oshirish;
bolaning kelgusida o‘zini o‘zi muvaffaqiyatni namoyon qilishi uchun asos sifatida ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni rivojlantirish;

Maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishdir.

Shu bilan birga, maktabgacha ta’limning hozirgi holati telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirishni, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining keng polosali Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlashni, ma’naviy yetuk yosh avlodni tarbiyalashning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini va usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi.

Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan har bir pedagog va tarbiyachilar bolalar kamolotini ta’minlash o’z oldilaridagi muhim vazifa ekanligini teran his qilishlari lozim. Tarbiyachi va pedagoglar tashkilotdada turli xil faoliyat va ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etadilar. Bu jarayonda bolalar uchun (kopfort) qulay va shinam interfaol muhit yaratishi yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda zarur omil bo’lib xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar faoliyati uchun interfaol muhit tashkil etish negizida insonparvarlik pedagogikasi tamoyillariga tayanish talab etiladi. Birinchi navbatda tarbiyachi bola shaxsiga tahdid qilmasligi zarur. Bunda bola va tarbiyachi o’rtasida o’zaro do’stlik, mehr-muhabbat o’rnatilishi talab etiladi. Tarbiyachi bolalarning ehtiyojlarini anglay olishi va ularni inobatga olishi lozim. Mashg’ulotni tashkil etish va o’tkazish jarayonida tarbiyachi va bolalar hamkorlikda ishlaydilar. Bu esa bolalarda faollikni, ma’suliyatni, mustaqillikni rivojlantiradi ayniqsa ayrim bolalarda shaxsiy ijodkorlik namoyon bo’ladi. Tarbiyachi agarda sof psixologik muhit yaratmasa yoki bolalarni shaxs sifatida hurmat qilmasa ta’lim-tarbiya berishda qo’yilgan maqsadga erishishda qiyinchiliklar ro’y beraveradi.

Bolaning ta’lim olish faoliyatida qulay muhit yaratilsa ularning psixik va jismoniy jihatdan sog’lom bo’lishlari ta’minlanadi. SHuningdek, bolalarda ijobiy hissiy holat ro’y beradi, ular maktabgacha ta’lim tashkilotidagi barcha jarayonlardan qoniqish hosil qiladilar, shundagina “bog’chaga bormayman” degan harxashani unutadilar. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari qulay interfaol muhitni qo’yidagicha tizimda yaratishlari lozim.


Download 54,27 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 54,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarbiyachilar salohiyatini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari

Download 54,27 Kb.