109
BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARIDA FUQAROLIK
MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Hafizov Shahriyor Shavkatovich, Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti,
shahriyor86@gmail.com
Annotatsiya: mazkur maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida fuqarolik
madaniyatini shakllantirish borasida fikr-mulohazalar yuritilgan. Fuqarolik madaniyati
tushunchasining mazmun – mohiyati haqida to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: fuqarolik madaniyati, vatan tuyg‘usi, malaka, ko‘nikma, etika, estetika,
pedagogika, psixologiya, dinshunoslik
.
ФОРМИРОВАНИЕ ГРАЖДАНСКОЙ КУЛЬТУРЫ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ
ФИЗИЧЕСКОЙ ВОСПИТАНИЯ
Хафизов Шахриёр Шавкатович, аспирант Бухарского государственного
педагогического института, shahriyor86@gmail.com
Аннотация: в данной статье рассматривается формирование гражданской
культуры у будущих учителей физического воспитания. Обсуждалось значение понятия
гражданской культуры.
Ключевые слова: гражданская культура, родиносознание, компетентность,
умения, этика, эстетика, педагогика, психология, религиоведение.
FORMATION OF CITIZEN CULTURE IN FUTURE PHYSICAL EDUCATION
TEACHERS
Hafizov Shahriyor Shavkatovich, graduate student of Bukhara State Pedagogical
Institute, shahriyor86@gmail.com
Abstract: this article discusses the formation of civil culture in future physical education
teachers. The meaning of the concept of civil culture was discussed.
Key words: civil culture, sense of homeland, competence, skills, ethics, aesthetics,
pedagogy, psychology, religious studies.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining ikkinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasida
«O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyati asosiy
yo‘nalishlari» ning qabul qilinishi va uning hayotiga izchillik bilan tadbiq etilishi «Тa’lim
to‘g‘risida»gi qоnunida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirush muhim qadamdir.
«Asosiy yo‘nalishlar»da qayd etilishiga fuqarolik jamiyatini shakllantirish, ya’ni «
kuchli
davlatdan kuchli jamiyat
» ta’moyilini amalda, hayotga joriy etish inson va uning madaniy-
ma’rifiy dunyo qarashiga borib taqaladi. Zero, fuqarolik jamiyatining shakllantirishi
mehnatkashlarning tashabbuskorligi va tadbirkorligi, adolat-qonunning ustivorligi, fuqarolarning
davlat, jamiyat
boshqaruviga ishtirok etishi, jamiyat kishilarning o‘z-o‘zini boshqarishdagi
faolligi asosida amalga oshadi. Shuning uchun mamlakatdagi islohotlarning asosiy yo‘nalishi
ham, mamlakat aholisining madaniyatlilik o‘quv g‘oyasini yuksaltirishga qaratilgan. Tayinki,
madaniyati bo‘lmagan yurt ham, xalq ham inson ham bo‘lmagan va bo‘lishi ham mumkin emas.
Demak, ochiq fuqarolik jamiyati,
avvalo madaniyatli, ya’ni fuqarolik madaniyati
shakllangan insonlarga ehtiyot sezadi. Zero, fuqarolik madaniyati shakllangan inson aql-zakovat