Musiqa insonning turli kayfiyatlarini (masalan, ko‘tarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik,
g‘amxo‘rlik, xavf-qo‘rquv va boshqalar )ni o‘zida mujassamlashtiradi. Xalq og‘ir kunlarda
musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida ham qo‘shiq va musiqa ularga hamroh bo‘lgan.
Zero, bugungi muborak mustaqillikka erishgan kunimizda, o‘zligimizni anglab borayotgan bir
davrda ulkan ma’naviyatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelgan
milliy musiqiy madaniyatimizga suyanish, an’anaviy qo‘shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy bir
holdir. Bularning barchasi
barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashni
shakllantirishda muhim ahamyat kasb etadi. An’anaviy musiqa odamlarni hamisha iymonga,
mehr oqibatga, odamiylikka chorlab kelgan. Bugungi kunda mana shu dolzarblikni yo‘qotmagan
holda mustaqillikka, mehnatkashlar ongini shakllantirish yo‘lida barkamol avlod tarbiyasida
vosita sifatida asosiy omillardan bo‘lib qolaveradi. Ayniqsa, xalqimizning an’anaviy ruhdagi
qo‘shiqlari o‘lmas meros bo‘lib, barcha davrlardagidek bugun ham o‘z o‘rnini saqlab kelmoqda.
Musiqa odamning ongi va hissiyotiga ta’sir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlariga
hamohang bo‘lgan protsessual-muayyan jarayonli tabiat bilan bog‘liq.
Musiqiy madaniyatdan
bahramand bo‘lish inson tarbiyasining ajralmas qismidir. Chunki musiqaviy tarbiya insonni
qalban pok va go‘zal sog‘lom fikrli, badiiy didli hamda fikrlash qobilyatini o‘tkir qilib o‘stiradi,
shu bilan nafosat olamiga chorlaydi. Ulkan tarbiyaviy ahamyatga ega bo‘lgan o‘zbek xalq
musiqa merosining zarchashmalari tarixan olis zamonlardan bog‘lanib ijtimoiy hayot bilan uzviy
aloqada rivojlanadi. Musiqiy madaniyat o‘zining serqirraligi bilan ajralib turadi.Ayniqsa,
o‘zining chuqur ildizlari qadimgi davrlarga yetib boradigan o‘zbek xalqining boy musiqa merosi
hozirgi kundalik hayotimizdan ham ketgani yo‘q. U xalq ijodining yuksak namunalari, kuy
tuzulishi folklor ijrochiligi, mazmunan rivojlangan cholg‘u va ashula asarlari ,murakkab
ijrochilik turkum atalmish maqom musiqasi hamda dostonlar ijrochiligini o‘z ichiga oladi.
XIX asrda Rossiya tomonidan Turkistonning istilo qilinishi ikki tomonlama qarashlarga
olib keldi. Chunki ba’zi hollarda milliy musiqa madaniyatimizga salbiy ta’sirni kuzatsak,
ikkinchi tomondan o‘ziga xos rivojlanish davri bo‘lganligini ham e’tirof etish zarur bo‘ladi. Bu
sohadagi rivojlanishda ma’rifatparvarlarimizdan biri bo‘lgan Abdurauf Fitratning ham o’rni
beqiyosdir. Abdurauf Fitratning musiqa madaniyati sohasidagi
say harakatlarning mutassil
davomi sifatida bir tarixiy voqeani misol qilib olishimiz mumkin. U ham bo‘lsa rus etnograf va
musiqashunosi V.Uspenskiy Shashmaqomni ilk bor zamonaviy notaga olish uchun Buxoroga
taklif etildi. Abdurauf Fitrat homiyligi va V.Uspenkiyning zahmatli mehnati samarasi sifatida
1924-yilda “Shashmaqom’’(“shest muzikalniz poem”) (“Olti musiqiy doston’’) nomi ostida
Moskvada nashr etildi. Abdurauf Fitrat adab, ilm-fan va marifat peshvosi o‘rnida o‘zining
serqirra ijodi orqali tariximizda chuqur iz qoldirgan ulkan shaxs. “Ozbek musiqa to‘g‘risida’’
maqolalari va “Ozbek klassik musiqasi ham uning tarixi’’ risolasi bilan XX asr o‘zbek
musiqashunoslik fanini boshlab beradi. Abdurauf Fitratning musiqashunoslikka kirib kelishi
Abdurauf Fitratning ilm yo‘lida qilayotgan ishlari Buxoro Kompartiyasi tomonidan qoralandi va
ushbu qarorga muvofiq Buxoro hukumati tarkibida Fitratning chiqishi barcha lavozimlardan
chetlatilishi va uning Buxorodan haydalishi Abdurauf Fitratning siyosiy
faoliyatiga qaysidir
ma’noda yakun topdi. Shundan so‘ng Abdurauf Fitrat o‘zini ilmiy hamda o‘qituvchilik
faoliyatiga bag‘ishladi. Moskvaga ketgach Lazerov nomidagi “Sharqshunoslik Instituti”, 20-
yillarida esa Toshkentga ko‘chib keladi. Samarqandda Pedagogika Institutida ishlaydi.Ayna
o‘sha davrda Abdurauf Fitratning o‘zbek musiqa san’ati sohasidagi ishlari Samarqandda milliy
musiqa san’atini rivojlantirish va uni ommalashtirish bo‘yicha faol ishlarni amalga oshiradi.
Abdurauf Fitratning tashabbusida o‘tkazilgan Musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot instituti
tashkil etilgan bo‘lib unga birinchi marta N.N.Mironov rahbarlik qiladi. Institut bitiruvchilaridan
biri bo‘lgan M.Burxonov Abdurauf Fitratning institutidagi o‘qish, imtihonlarida qatnashganini
iliq xotira sifatida eslaydi. 1927-yilda Abdurauf Fitratning musiqaga oid yagona yirik tadqiqoti
bo‘lmish “Ozbek klassik musiqasi va uning tarixi’’arab yozuvida kitobni o‘zbek tilida, o‘z
nihoyasiga yetkazadi. Ushbu kitobda o‘zbek musiqasiga bo‘lgan ehtiyoj uning qadr qimmati va
uni millatning qadryati sifatida qadrlash zarurati, o‘zbek milliy musiqasining kelib chiqishi
haqida, madaniyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Eng avvalo shuni ta’kidlash joizki, ulug‘
107
marifatparvar bobomiz Abdurauf Fitrat o‘zining musiqa to‘g‘risida maqolalari hamda “Ozbek
klassik musiqasi va uning tarixi’’nomli risolasi nomi bilan XX asr o‘zbek musiqashunosligining
tamal toshini qo‘yishga intildi. Ma’lumki bizda o‘zbek adabiyot va musiqiy merosiga nisbatan
ilk marotaba “klassik’’ tushunchasini Abdurauf Fitrat ozining “Adabiyot Qoidalari”
asarida
kiritadi. “Klassik” darajasini ta’kidlash uchun Abdurauf Fitrat avvalo, “Adabiyot qoidalari’’
risolasida “sanat’’ tushunchasiga umumiy tarif beradi.