ta’kidlaydi : - “yurak, fikr, tuyg‘u to‘lqinlarini so‘z, bo‘yov (rang boyo‘q) shakl, harf,
harakat
kabi tovar (material)lar yordami bilan jonlantira chiqib, boshqalarda ham shu to‘lqinni yaratmoq
hunariga –go‘zal san’atlar deydilar” deb ta’rif berdi.
Ular jami oltita:
1.Musiqiy,
2.Rasm,
3.Haykalchilik,
4.Me’morchilik,
5. O‘yun,
6.Adabiyot.
Keskin siyosiy o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan Abdurauf Fitratning “O‘zbek klassik
musiqasi va uning tarixi” risolasi milliy merosning qonunyatlari jo bo‘lgan, o‘tmish va yangicha
zamon mafkuralari mujassamlashgan ulkan tadqiqot namunasidir. U o‘zbek musiqasining yorqin
shakli –Shashmaqom timsolida mintaqamiz musiqiy salohiyatini o‘rganish borasidagi yangi
o‘zbek musiqashunosligining debochasi sifatida benazir ma’naviy boylik hamdir.