37
to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2017-yil 30-dekabrdagi №PQ-3416-son O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish
vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi
16
.
Xalq xo`jaligining tarmoqlari rahbarligini tegishli soha vazirliklari olib boradi.
Ular davlatda umumiy fan va texnikaviy siyosatini olib borishadi va o`zlariga
mansub bo`lgan barcha tarmoq korxonalarida, tashkilotlarida va ilmiy tekshirish
institutlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va uning ilg’or natijalarini tadbiq
etish ishlariga mas’ul hisoblanadi.
Vazirliklar o`zlarining bu sohadagi ishlarida, o`z sohalari bo`yicha
dolzarb
bo`lgan ilmiy-texnokaviy muamolarini ishlab chiqadilar, olingan natijalarni
amaliyotda tadbig’ini uyushtiradilar va tarmoqlararo ilmiy-texnikaviy muammolarni
yechishga, ilmiy-texnikaviy konstruktorlik tashkilotlar ishlarini tashkillashtirish va
ularni rahbarligini, moliyalashtirish, ular ishlarini Fanlar Akademiyasi ilmiy
muassalari va oliy o`quv yurtlari bilan birgalikda olib borishlarini tashkil etadilar.
Bunda ular o`zlarida tashkil etilgan ilmiy-texnikaviy
kengash maslahati va
ko’rsatmalari orqali olib boradilar. Bu kengashlarda yurtimizning yirik olimlari
Fanlar Akademiyasi va oliy o`quv yurtlaridan taklif etiladi.
O`zbekistonning eng yuqori ilmiy tashkiloti - bu
O`zbekiston Fanlar
Akademiyasi (O`zFA) hisoblanadi
17
. U gumanitar va tabiiy fanlar bo`yicha
fundamental ilmiy ishlarni olib borish bilan birga yurtimizda olib borilayotgan
barcha ilmiy ishlar koordinatsiyasini ham olib boradi. O`zFAsi Vazirlar
Mahkamasiga bo`ysinadi.
Shuni
alohida qayd etish lozimki, mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq
O`zbekistonda fanning barcha sohalari rivojlanishiga alohida e`tibor qaratildi.
Xususan, O`zFA mamlakatimizning bosh ilmiy tashkiloti bo`lib, uning tarkibida 36
ta ilmiy tadqiqot muassasalari, 4 ta davlat muzeyi, 3 ta hududiy bo`lim: Xorazm
Ma`mun akademiyasi, Qoraqalpog’iston va Samarqand bo`limi, 4 ta Andijon-
Namangan, Buxoro, Farg’ona, Qashqadaryo-Surxondaryo ilmiy bo`limlari kiradi,
bugungi kunda ularning moddiy texnika bazasi yangi texnologiyalar bilan
ta`minlandi. 2007 yilning 2 oktyabrida O`zFA «Astranomiya» institutining olimlari
B.Xafizov hamda A.Sergeevlar tomonidan Maydanak baland tog’
observatoriyasida (Qashqadaryo vil.) kashf qilingan kichik sayyora 2010 yilda
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning taklifiga ko`ra fan,
jumladan,
astronomiya ilmida olimu fuzalolarga doimo boy bo`lib kelgan qadimiy shahar
«Samarqand» nomi bilan ataldi va u AQSHning «Garvard kichik sayyoralar»
forumida «210271» raqami bilan ro`yxatga olindi hamda «O`zbekistoniya», «Abu
Ali ibn Sino», «Mirzo Ulug’bek», «Beruniy», «al-Xorazmiy» kabi kichik
sayyoralar qatoridan o`rin oldi. 2013 yilda Yaponiya olimlari tomonidan kashf
qilingan navbatdagi kichik sayyora «Maydanak» deb nomlanishi o`zbek ilmining
jahonda e`tirof etilishining ifodasidir. Shuningdek, O`zbekistonda quyosh
energiyasidan foydalanish bo`yicha katta ilmiy tadqiqot
ishlarining olib borilishi
16
http://mininnovation.uz/oz
17
http://www.academy.uz/uz
38
bir tomondan kelgusidagi energiya tanqisligini oldini olishga yo`naltirilgan sa`y-
harakat bo`lsa, ikkinchi tomondan o`zbek olimlarining yuksak ilmiy salohiyatidan
darak beradi.
Umuman olganda, Vazirlar Mahkamasidan boshlab, viloyat, tuman, har bir
korxona va tashkilotlarda Davlat boshqaruv sistemasi orqali barcha ilmiy-izlanish
ishlari olib boriladi.
Yurtimizda olib borilayotgan ilmiy-izlanish ishlarining anchagina qismi oliy
o`quv yurtlarida olib boriladi.
Oliy o`quv yurtlarida ilmiy-izlanish ishlari institut ilmiy kengashi, rektor,
rektorning ilmiy ishlar bo’yicha prorektori, fakultet dekani va uning o`quv-ilmiy
ishlar bo`yicha muovini, kafedralar orqali olib boriladi (4.1-rasm).