40
• ilmiy yangiligi;
• tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari;
• tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi (tahlili);
• tadqiqotda qo`llanilgan metodikaning tavsifi;
• tadqiqot natijalarining nazariy va
amaliy ahamiyati;
• ish tuzilmasining tavsifi.
Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat bo`lib,
boblar hajm jihatidan o`zaro mutanosib bo`lishi va quyidagilarni o`z ichiga olishi
lozim:
• tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy
va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili;
• tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni;
• tadqiqot olib borilgan masalani hal etishda magistratura talabasining
shaxsiy hissasi ko`rsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni.
Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha
boblarda qayd etilgan
natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal
etish bo`yicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur
bo`lgan qo`shimcha ma`lumotlarni o`z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi
mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uchdan
bir qismidan oshmasligi lozim.
Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi kasb odob-
axloqi qoidalariga rioya etishi (plagiat, ma`lumotlarni
soxtalashtirish, shuningdek
yolg’on tsitatalar keltirishga yo`l qo`ymaslik) lozim.
Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan bo`lib, unda quyidagi qoidalarga
rioya etilgan bo`lishi lozim:
• qatorlar oralig’i — 1,5 sm;
• yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, o`ng
tomondan 2 sm;
• xatboshilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili.
Magistrlik dissertatsiyasi matnini
Misrosoft Word matnli redaktorida Times
New Roman shriftida yozish tavsiya etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro`yxati
va ilovalardan tashqari 70 - 80 sahifa bo`lishi tavsiya etiladi.
Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi o`qigan tilda (kafedra yoki
magistratura bo`limi tavsiyasiga muvofiq chet tilda) tayyorlanadi. CHet tilda
tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova
etiladi. Bunday magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki
va rasmiy himoyalari
tarjima bilan o`tkaziladi.
Magistratura mutaxassisligi xususiyati hisobga olingan holda magistrlik
dissertatsiyasi tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi fakul’tet O`quv-metodik
kengashining qarori bilan o`zgartirilishi va ko`paytirilishi mumkin.