X U L O S A
Kartografiya
sohasida
grafik
dasturlardan
foydalanish
deyilganda
kompyuterga chizma, mant, grafika tasvirlarni va turli (multiplikatsiya)
animatsiyalarni
kiritish, chiqarish, qayta ishlash, saqlash, uzatib berish
texnologiyalari ko’paytmasi tushuniladi. Axborot texnologiyalaridan foydalangan
holda ularni namoyish etish yoki eshitish orqali olinadigan bilim, ko’nikma va
malaka jarayoni ta'lim jarayoni deb tushuniladi.
Insoniyat yigirmanchi asr nihoyasida
bir turkum muammolarga duch
keldikim, ular bevosita axborot telekomunikatsiya sohasidagi jiddiy o’zgarishlar,
xususan axborot texnologiyalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga bog’liq.
Ta’lim, ishlab chiqarish va kishilik jamiyatning turli jabhalariga yangi axborot
kommunikatsiya vositalari kirib kela boshladi. Internet global kompyuter
tarmog’ini rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimini takomillashtirish yangi
yo’nalishlarini ochilishiga sabab bo’ldi. Birinchidan, o’quv muassasalarinig texnik
ta’minotini keskin o’zgarishi, dunyoviy axborot resurslariga keng yo’l ochilishi
o’qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim
jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o’qitish usullariga qo’shimcha ravishda yangi
o’qitish shakli- Multemediya texnologiyalari orqali o’qitish
yaratilishiga omil
bo’ldi.
Multimedia tizmining paydo bo’lishi ta'lim tizimida, san'at, kompyuter
treninglar , kompyuter o’yinlari , o’tkazishda juda katta o’zgarishlar olib kirdi.
Multimedia tizimini paydo bo’lishi amaliy tarafdan qanday tayyorlangan bo’lsa,
nazariy tarafdan ham shunday tayyorlangandi, ammo bu sohaning tezlikda
o’sishida texnikaviy va tizimli vositalarning rivojlanishi katta o’rni egallaydi. Bu
jarayonning rivojlanishi kuchli xotirali, grafik imtiyozlarni
tezkorlikda ishlata
oladigan, tashqi xotira tasnifiga ega, videotexnika yutuqlaridan foydalana
oladigan,CD-ROM va o’xshash lazer disklarini ishlata oladigan hamda ko’plab
yangiliklar bilan boyitilgan Shahsiy Elektron Xisoblash Mashinalarni (SHEXM)
45
rivojlanishiga olib keldi. Ma'lumotlarni tez va unumli siqib yozish, yoyish
usullarining ishlab chiqilishi xam o’ta muxim rol uynadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o’quv-tarbiya jarayoni va uning natijalari
yangi pеdagogik tеxnologiyalarni qo’llashdan iboratdir.
Mamlakatning ertangi
kuni dunyoqarashi o’zgargan maktab o’quvchilari va o’qituvchilariga ko’p jihatdan
bog’liqdir. Shu bois yuqoridagi yangicha fikrlash, tushunchasiga ega, bozor
sharoitlarida muvaffaqiyatli ish yuritadigan yuksak malakali, chuqur bilimli
yoshlarni tarbiyalash-davr talabidir.