99
vakillarida ekpressiyalandimi yoki yo'q? Agar ekspressiyalangan bo'lsa, aynan biz rejalashtirgan
organ yoki to'qimada ekpressiyalandimi yoki yo'q? Tug'ilgan hayvonlar bizga zarur bo'lgan
mahsulotni bera oladimi? Agar bersa etarli darajadami? Ana shu savollarga javobni transgen
hayvon olishning so'nggi bosqichida izlanadi. Va yuqoridagi savollarga ijobiy javob topilsa,
transgen hayvonlar yaratish bo'yicha olib borilgan ishlar muvaffaqiyatli yakunlandi deb
hisoblash mumkin.
Transgen hayvonlar yaratishning ikkinchi usuli:
embrional o'zak hujayralar yordamida transgen hayvonlar yaratish
Embrional o'zak hujayralar transgen hayvonlar yaratish mikroin'ektsiya usulidan
birmuncha farq qiladi. O'zak hujayralar hali retsipient organizmga kiritilmasdan avval begona
genni hujayra genomiga kirgan yoki kirmaganligini, agar kirgan bo'lsa, ekspressiyalanganmi
yoki yoq, kabi savollarga topish mumkin. Shuningdek hujayralar orasidan eng yahshilarini
tanlab olish imkoni bor. Bundan tashqari, hujayralarning bir qismini suyuq azotda muzlatib,
uzoq yillar davomida saqlasa bo'ladi.