93
- proteinkinaza fermenti. U bakteriya hujayrasi ichki membranasini ikki marta teshadi.
Shuningdek
VirG
oqsiliga fosfor donori bo'lib hizmat qiladi. O'z navbatida
VirG
boshqa
vir
-
genlar transkriptsiyasini boshlanishiga sababchi bo'ladi.
Agar o'simlik kasallangan yoki boshqa sabablar bilan yahshi rivojlana olmaydigan bo'lsa, vir
genlar faollanmaydi, T-DNK ham o'simlik hromosomasiga birikmaydi.
VirD
operoni bir qancha metabolitlarni sintezlaydi. Bu metabolitlardan biri – ikki
komponentli endonukleaza fermenti. Bu ferment T-DNKni kesadi. Kesilgan T-DNKni
VirB
va
VirE
oqsillari agrobakteriyadan o'simlikka o'tkazadi. T-DNKni bakteriyadan o'simlik hujayrasiga
o'tishi uchun 30 minut vaqt talab etiladi. T-DNKning o'simlik genomiga qo'shilishi ko'p
bosqichli jarayon hisoblanadi. Genomga T-DNKning bir necha nushalari joylashishi mumkin.
Jarayon tugaganidan so'ng T-DNK o'simlik genomining bir qismiga aylanadi. T-DNK o'simlik
hujayrasidagi RNK-polimeraza II fermenti yordamida transkriptsiyalanadi.
Agar yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga e'tibor bergan bo'lsangiz, agrobakteriyaning o'zi
o'simlik hujayrasiga kirmaydi. Bakteriya o'zining T-DNKsini o'simlik hujayrasiga kiritdi,
hromosomaga joylashtirdi va o'simlikni opinlar sintez qiluvchi «fabrika»ga aylantirdi. Opinlar
esa bakteriya uchun azot va uglerod manbaidir.