embrional o'zak hujayralarni
blastotsistalar bo'shlig'iga kiritish;
5- yaratilgan himer embrionni surrogat urg'ochi hayvonga transplantatsiya qilish;
6- surrogat onadan tug'ilgan hayvonlarni tahlil qilish. Tug'ilgan hayvonlarning bir qismi
himer bo'lib, ularning organizmida ham blastotsista (rasmda oq rangda ko'rsatilgan), ham
transgen embrional o'zak hujayralar bo'ladi
(rasmda qora rangda ko'rsatilgan)
.
Ayrim
sichqonlarda umuman transgen hujayralar bo'lmasligi mumkin (rasmda – oppoq sichqon).
Transgen hujayralari ko'p sichqonlar (rasmdagi qop-qora rangli sichqonlar) bir-biri bilan
chatishtiriladi. Agar transgen hujayralari ko'p sichqon erkak bo'lsa, undan tezda katta miqdorda
sichqonchalar olish mumkin.
7- himer erkak sichqon al'binos urg'ochi sichqon bilan chatishtiriladi va ulardan tug'ilgan
sichqonchalar tahlil qilinadi. Organizmida transgen gametalar saqlagan himer hayvonlar ana
shunday aniqlanadi;
8
- Gomozigotali sichqonlar olish uchun F
1
avlod sichqonlari bir-biri bilan chatishtiriladi.
Transgen hayvon - bioreaktorlar
Dorivor oqsillar sintez qiluvchi organizmlar bioreaktorlar deyiladi. Istalgan tirik
organizm (bakteriya, zamburug', o'simlik, hayvon va hattoki hujayra kul'turalari) bioreaktor
bo'lishi mumkin. Har bir bioreaktor-organizmning afzallik va kamchiligi bor. Masalan,
bakteriyalar gen muhandisligi usullari yordamida oson modifikatsiyalanadi, ular tez ko'payadi va
ularni biotehnologiya sanoatida ishlatish qulay. Hozirda bakteryalar yordamida odam insulini
ishlab chiqarilmoqda.
Biroq odam organizmida oqsillarning normal «ishlashi» uchun ular posttranslyatsion
davrdagi o'zgarishlardan (atsetillash, fosforlanish, karboksillanish va bosq.) o'tishi lozim.
Bunday o'zgarishlarni vujudga keltiruvchi biokimyoviy mehanizmlar prokariotlarda yo'q. Shu
sababli prokariotlarda sintezlangan oqsillarning hammasi ham odam organizmiga to'g'ri
kelavermaydi. Bundan tashqari, bakterial hujayradan dorivor oqsillarni ajratish va tozalash
101
qiyin. Chunki hujayra qayta ishlanayotganda bizga kerakli oqsil bilan birga hujayraning boshqa
elementlari ham ajraladi.
Transgen drojjilar kul'turasi va odam hujayralari kul'turasida yuqoridagi kamchiliklar
yo'q. Ammo ularning mahsuldorligi past.
So'ngi yillarda biotehnologiya jadal rivojlanmoqda. Lekin farmakologiya uchun zarur
bo'lgan dorivor oqsillar hali-hanuz donorlik qonidan olinmoqda. Masalan, fibrinogen,
antitrombin, al'bumin, immunoglobulinlar va boshq. Agarda, odam uchun zarur bo'lgan sifatli va
arzon dorivor oqsillar etarli darajada ishlab chiqarilganida, ko'plab bemorlarning hayotini saqlab
qolish mumkin bo'lar edi. Shu kabi muammolarni hal etish bugungi kun tibbiyotining asosiy
maqsadlaridan biridir. Shuning uchun inson salomatligi uchun zarur bo'lgan oqsillarni sintez
qiluvchi produtsent-organizmlarni, ayniqsa transgen hayvonlarni yaratish dolzarb vazifa
hisoblanadi.
Ushbu vazifalarni hal etish strategiyasi quyidagicha:
sut bezlarida begona gen ekspressiyalanuvchi transgen hayvon yaratish;
sut bezlaridagi begona gen «ishlab ketib» uning mahsuloti sut bilan ajralib chiqishi;
sut bilan ajralib chiqqan mahsulotni tibbiy va boshqa foydali maqsadlarda ishlatish.
Transgen hayvonni sog'ish jarayonida uning suti bilan birgalikda dorivor oqsillar ham
sog'iladi. Bugungi kunga kelib nafaqat sigirlarni, balki echki, qo'y, cho'chqa, quyon va hattoki
sichqonni ham sog'ish mumkin bo'lgan mehanik apparatlar mavjud. Transgen hayvondan
sog'ilgan sut tarkibidagi dorivor oqsilni tozalash ham muammo bo'lmaydi. Mabodo, tozalangan
oqsil tarkibida begona moddalar qolib ketsa, ular organizmga zarar qilmaydi. Chunki bu
moddalar sutning bezarar oqsillari yoki boshqa moddalari bo'lishi mumkin.
Hozirda transgen sichqonlar yordamida ularning suti orqali ba'zi bir oqsillar olinmoqda.
Quyida ushbu olinayotgan oqsillar va ularning sutdagi kontsentratsiyasi berilgan:
α
1
–antitripsin (mg/ml);
interferon (ng/ml);
qon ivish faktori IX (mkg/ml);
zardob al'bumini (mg/ml);
trofoblastin (mkg/ml);
urokinaza (mg/ml);
interleykin-2 (mkg/ml);
superoksiddismutaza (mg/ml);
turli immunoglobulinlar va boshqa oqsillar.
Yirik transgen sut emizuvchi hayvonlar suti orqali olinayotgan oqsillar:
quyonlar – interleykin-2 (ng/ml) va plazminogen aktivatori (mkg/ml);
qo'ylar - α
1
-antitripsin (mg/ml) va qon ivish faktori IX (ng/ml);
echkilar - plazminogen aktivatori (mkg/ml).
Nega bu ro'yhatlarda sigirlar yo'q degan savol tug'ilishi mumkin? Dastlabki dorivor
oqsillar 1990 yil transgen sichqonlardan olingan. Ohirgi yillarda boshqa yirik sut
emizuvchilardan ham olindi. Sigirlardan dorivor oqsil olish uchun eng avvalo transgen sigir
yaratish zarur. Transgen sigir yaratish uchun juda uzoq vaqt talab etiladi. Chunki, sigirlarning
jinsiy etilishi 1,5-2 yoshga to'g'ri keladi. Homiladorligi 9 oy davom etadi. Dorivor oqsil esa F
2
avloddan boshlab sut bilan ajralib chiqadi. Qisqasi, transgen sigir yaratib, undan dorivor oqsil
olish uchun 6 yildan ko'p vaqt ketadi.
Hozirda inson sog'ligi uchun muhim bo'lgan rekombinant immunoglobinlar sintez
qiluvchi transgen hayvonlar yaratish ustida jadal ishlar olib borilmoqda.
Yana bir o'rinli savol tug'iladi; insonni dorivor oqsillarga bo'lgan ehtiyojini qondirish
uchun qancha transgen hayvon yaratish kerak? Masalan, butun Er shari aholisini qon ivish
faktori IX ga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun ushbu oqsildan 85 kg, qon ivish faktori VIII ga
bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun esa bu oqsildan bor-yo'g'i 7 kg olinsa kifoya qiladi. Agar 1 ta
transgen sigir bir yilda 6000 litr sut bersa, shuncha sut tarkibida 6 kg dorivor oqsil bo'ladi.
Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, dunyo aholisini qon ivish faktori VIII ga bo'lgan
ehtiyojini qondirish uchun 1 ta yoki 2 ta transgen sigir, qon ivish faktori IX ga bo'lgan ehtiyojini
102
qondirish uchun 15-20 ta transgen sigir, fibrinogenga (butun dunyo uchun yillik ehtiyoj 3 tonna)
bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun 500 ta transgen sigir yasash kerak bo'ladi.
|