• Hayvon va qushlarga ta’sir etish
  • Radiohalaqitlar
  • Ancha katta kapital xarajatlar
  • Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash




    Download 8,06 Mb.
    bet57/105
    Sana18.09.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #271589
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105
    Bog'liq
    Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash

    Yerdan foydalanish.

    Turbinalar shamol fermaning butun hududdan faqat 1% yerni egalaydi. Ferma maydonidan 99% yerda qishloq xo‘jalik yoki boshqa faoliyati bo‘yicha shug‘ullanish mumkin. SHEQning poydevor 10 m diametrli joyni egalaydi va odatda to‘liq yer tagida turadi, amalda minora asosgacha qadar qishloq xo‘jalik ishlar uchun ushbu yerdan foydalanish mumkin. Yer ijaraga topshiriladi, bu esa fermerlarga qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini beradi. Sanoat masshtabda elektr energiyani ishlab chiqarish uchun katta maydonlarni ajratish zarur – taxminiy hisobda 1 kVt quvvatga 400 m2 kerak. Bu shart quyidagi talablarga bog‘langan, ya’ni SHES tarqibidagi barcha SHEQlar normal holatda ishlash uchun SHEQlar orasidagi ma’lum bir meyorda (shamol guli yo‘nalishiga qarab shamol g‘ildirakning 5...15 diametrlar), hamda SHEQlar bilan yirik mahalliy tusiqlar orasidagi masofalarni ta’minlash zarur.




    Hayvon va qushlarga ta’sir etish.

    Hayvon va qushlar uchun potensial xavf–xatarlik mavjud bo‘lganligi sbabdan, ajratilgan mintaqalarda SHEQlarni joylashtirish salbiy oqibatlarga olib kelish mumkin. SHEQlarning xavfsiz ishlatilishi (professional mutaxassislarni – zoologlarni majburiy jalb qilish bilan) asoslangan bo‘lish kerak.




    Radiohalaqitlar.

    SHEQning metalli inshootlar, ayniqsa kurakchalardagi elementlar, radio va tele uzatishlarni qabul qilishga ancha halaqitlarni keltirish mumkin. SHEQ qancha katta bo‘lsa, shuncha ko‘p u halaqitlarni keltiradi. Qator xolatlarda ushbu muammolarni yechish uchun qo‘shimcha retranslyatorlarni o‘rnatishga to‘g‘ri keladi.




    Ancha katta kapital xarajatlar: AESlarga qaraganda taxminan 5...10 marta ko‘p.

    Shamol generatorlarni ikkita toifalarga ajratish mumkin: sanoat va xususiy foydalanish uchun. Sanoat SHEQlar davlat yoki yirik energetik korporasiyalar tomonidan o‘rnatiladi. Odatda ular tarmoqlarga birlashtiriladi, ya’ni SHESlar hosil qilinadi. An’anaviy (issiqlik, atom) elektr stansiyalardan ularning asosiy farqi — xech qanday xom-ashyo va chiqindilarning to‘liq yo‘qligidir. SHESlar uchun bitta yagona muhim talab — shamolning yuqori o‘rtacha yillik darajasi.


    SHEQlar SHESlarning ulkan majmualarda (mazkur joydagi shamollarning asosiy yo‘nalishlarga perpendikulyar holda) uzun qatorlar ko‘rinishda joylashtiriladi. Ko‘pincha ular havo oqimlar doimiy quvvatli va yetarli darajada bo‘lgan tekis joylarda yoki dengiz bo‘ylarda joylashtiriladi. Shamol energiyani ishlab chiqarish uchun qirg‘oq bo‘yidagi mintaqalar eng samarali va istiqbolli hisoblanadi. Dengizda qirg‘oqdan 10...12 km masofada (ayrim hollarda bundan ham uzoq) ofshor mintaqalarda shamol elektr stansiyalar quriladi. Shamol generatorlarning minoralar 30 m chuqurliqqa qoqilgan svaylardan yasalgan poydevorga o‘rnatiladi.


    Yirik SHEQlarni ta’mirlash tadbirlar ancha katta muammolarni tug‘diradi, chunki yirik qismlarni (parrak, rotor va b.) 100 m-dan katta balandlikda almashtirish bu murakkab va qimmatbaho jarayonlardir.

    10.6-Rasm. SHESlarni tashkil etuvchi SHEQlar tizimi


    10.7-Rasm Dengizda o‘rnatiladigan SHESlar majmuasi





    Download 8,06 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash

    Download 8,06 Mb.