Shamol energetik tizimlar




Download 8,06 Mb.
bet58/105
Sana18.09.2024
Hajmi8,06 Mb.
#271589
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   105
Bog'liq
Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash

10.2. Shamol energetik tizimlar

Shamol energetik tizimlar SHEQning ishlab chiqariladigan quvvati R buyicha energetik tizimning elektr generator RG quvvatiga nisbatan tasniflanadi.














10.2-Jadval










Shamol energetik tizimlarning tasnifi



















Тasnif

SHEQning

SHEQning

Boshqarish usullar




quvvati

avtonomlik darajasi













A

R>PG

Avtonom

a) shamol g‘ildirak qadami bilin;




b) yuklama bilan

























a) SHEQ va dizel-generatorlarning ajralgan




V

R≈PG

Shmol-dizelli

holda ish;




b) SHEQ va dizel-generatorlarning

























birgalikdagi ish













a) o‘zgarmas tok generator parametrlar










Baquvvat elektr

bilan;




S

R
G

tarmoqqa

b) o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan tokka










qo‘shilgan

o‘zgartirish;













v) sirg‘anish koeffisiyentni o‘zgartirish




A tasnif. Energetik tizimidagi SHEQ bilan ichshlab chiqariladigan quvvat belgilovchi kattalik hisoblanadi. Ushbu tasnifga asosan biror energetik tizimga qo‘shilmagan bir generatorli SHEQlar kiradi. Bunday SHEQlarning quvvati 5 kVt oshmaydi, ayrim tumanlarda


yoritish, mayak (chiroq), aloqa vosita va boshqalar uchun elektr ta’minot maqsadiga mo‘ljallangan.




B tasnif. SHEQning quvvati tizimdagi boshqa generatorlar quvvati bilan bir hil. Bunday holat o‘zoqlashgan tumanlardagi katta bo‘lmagan energetik tizimlar uchun tavsiflidir. Ko‘pincha «boshqa generator» sifatida dizel elektr generator bo‘ladi. Bunday holda SHEQdan foydalanish dizel yoqilg‘ini tejash imkoniyatini beradi. Dizel generator faqat shamolsizlikda qo‘shiladi va shamol kuchsiz bo‘lganda SHEQ bilan parallel ishlash mumkin.


S tasnif. SHEQ o‘zining quvvatidan ancha katta quvvatiga ega bo‘lgan energetik tizimiga qo‘shilgan. Qayerda katta quvvatli kommunal yoki boshqa energetik tizimlar mavjud bo‘lsa, bu tumanlarda turli xil quvvatli SHEQlarning ishlashi eng keng tarqalgan tavsifli holdir. Bunda SHEQlarning energiyasidan bevosita foydalaniladi, undan ortiqchasi esa energetik tizimiga o‘tkaziladi. Kuchsiz shamolda va shamolsizlikda iste’molchi elektr energiya bilan energiya tarmoqdan ta’minlanadi.

Shamol energetik tizimlar quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:





  1. Shamol energetik qurilma, SHEQ – asosan shamol g‘ildirak, generator va machta (minora) lardan iborat.




  1. Kontrolyor – SHEQdagi ko‘p jarayonlarni boshqaradi (kurakchalarni burish, akkumulyatorni zaryadlash, himoya qilish funksiya va b.). U generator ishlab chiqaradigan o‘zgaruvchan tokni akkumulyator batareyalarni zaryadlash uchun o‘zgarmas tokka o‘zgartiradi.




  1. Kuch shkaf. Almashlab ulagich va saqlagichlar.




  1. Akkumulyatorli batareyalar – shamolsiz soatlarda foydalanish uchun elektr energiyani to‘playdi. Bundan tashqari, ular generatordan chiqadigan kuchlanishni tekislaydi va stabillashtiradi. Ular tufayli birdan kuchayadigan shamolda ham uzluksiz stabillashgan kuchlanish ta’minlanadi. Obektlarning ta’minoti akkumulyatorli batareyalardan beriladi.




  1. Invertor – akkumulyatorli batareyalarda to‘plangan o‘zgarmas tokni ko‘pchilik elektr asboblar iste’mol qiladigan o‘zgaruvchan tokka o‘zgartiradi.

Elektr tok manbani avtomatik almashlab ulagich – AVR.

Asosiy elektr manbai yo‘qolganda 0,5 sekund davomida bir nechta elektr ta’minot manbalar orasida avtomatik almashlab ulashni amalga oshiradi. SHEQni, umumiy elektr tarmoqni, dizel generatorni va boshqa eletr manbalarni yagona avtomatlashtirilgan tizimga birlashtirish imkoniyatini beradi.





    1. Anemoskop va shamol yo‘nalish o‘lchagich – o‘rta va katta quvvatli SHEQlarda shamol tezligi va yo‘nalishi haqida ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. SHEQ doim avtomatik ravishda shamol bo‘yicha yo‘naltiriladi.

Shamol energetik majmuasining ishi uchta asosiy kattalilar bilan belgilanadi:





  1. SHEQning chiqarish quvvat (kVt) faqat o‘zgartirgich (invertor) quvvati bilan belgilanadi va shamol tezligiga, akkumulyator sig‘imga bog‘lik emas. «Cho‘qqili (pikovaya) yuklama» deb nomlanadi. Bu ko‘rsatkich bir vaqtning o‘zida elektr tizimiga qo‘shilish mumkin bo‘lgan elektr asboblarning maksimal miqdorini belgilaydi. Chiqish quvvatini oshirish uchun bir vaqda bir nechta invertorlarni ulash mumkin.




  1. Shamol yo‘qligida yoki kuchsiz bo‘lganda uzluksiz ish vaqti akkumulyatorli batareyalarning hajm bilan belgilanadi (A×soat yoki kVt) va iste’mol qilish quvvatga hamda davomliliga bog‘liq. Agarda elektr energiyani iste’mol qilish kamdan kam bo‘lib, lekin katta miqdorda bo‘lsa, bu holda akkumulyatorlar katta hajmli bo‘lish kerak.




  1. Akkumulyatorli batareyalarni zaryadlash tezligi (kVt/soat) generatorning quvvatiga bog‘liq. Hamda bu ko‘rsatkich bevosita shamol tezligiga, bilvosita esa machta (minora) balandligiga va joyning relefga (shakliga) bog‘liq. Generator quvvati qancha katta bo‘lsa, shuncha tez akkumulyatorli batareyalar zaryadlanadi, bu esa batareyadan elektr energiyani tezrok va katta hajmda iste’mol qilish imkoniyatini yaratadi. Akkumulyatorli batareyalarni zaryadlash tezligini oshirish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta generatorlarni o‘rnatish va ularni bitta akkumulyatorli batareyaga ulash mumkin.




1


3


5

6













8-Rasm Obektning avtonom ta’minoti (A toifali). Obekt faqat SHEQdan iste’mol qiladi.

1-SHEQ; 2-kontroler; 3-almashlab ulagich-saqlagich; 4-akkumulyatorli batareya; 5-invertor;


6-iste’molchi



1
2




6




7
















3

5













4




8




9





9-Rasm SHEQ elektr tarmoqqa ulangan (S toyfali). Shamol yo‘qligida va akkumulyatorlar

to‘liq zaryadsizlanganda AVR obektning ta’minotini elektr tarmoqqa o‘tkazadi. Ushbu sxemadan teskari ham foydalanish mumkin – SHEQ zaxira iste’mol manbai sifatida foydalaniladi. Bu holda elektr tarmoqdan ta’minot yo‘qolganda AVR elektr tarmoqni SHEQka o‘tkazadi. 1-SHEQ; 2-kontroler; 3-almashlab ulagich-saqlagich; 4-akkumulyatorli batareya; 5-invertor; 6-iste’molchi; 7-AVR; 8-o‘lchagich; 9-elektr tarmoq




Download 8,06 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   105




Download 8,06 Mb.