XI.BOB. GLOBAL ISISH VA IQLIM O'ZGARISHI BILAN BOG'LIK MUAМMOLAR
11.1. Tarix va dalillar
Issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar, jumladan, karbonat angid rid, metan, azot oksidi va qator galogen Ьirikmali moddalarning kont sentratsiyasini doimiy o'lchab borisl1 atmosferada ular miqdorining barqaror ortib borayotganini ko'rsatmoqda.
Kompyutyerda bajarilgan dastlabki modellashtirishning ko'rsa tishicha, atmosferadagi karbonat angidrid miqdori sanoatlashish davriga nisbatan 2 marta ortsa, Yer sirtidagi o'rtacha harorat 4°S ga ko'tariladi.
Havo barorati. Yangi ma'lumotlarning ko'rsatishicha, ХХ asrda
Shimoliy yarim sharda iqlimning isishi oxirgi 100 yillikdagi eng kuchli hisoЫanadi. Eng issiq o'n yillik 1990-2000 yillar oralig'iga, eng issiq yil esa 1998 yilga to'g'ri keladi. Qayd etish lozimki, tungi haroratlamin ko'tarilishi kunduzgiga nisbatan yuqoridir. Shimoliy Amyerikaning sl1imoliy hududlarida. Shimoliy va Markaziy Osiyoda iqlimning isishi ancha sezilarli bo'lib qoldi, o'rtacha global isishdan Ьir muncha kattadir. Sovuq bo'lmagan davrlaming davomiyligi ham ortdi.
Qor va muz qoplami. ХХ asming 60 yillari oxiridan qor qoplami 10% ga kamaydi, ko'\lar va daryolaming muzlash dav1·i taxminan ikki hafta muddatga qisqardi, deyarli hamma joyda tog' muzliklari chekindi. ХХ asming 50 yillaridan boshlab shimoliy yarim sharda bahor va yozda dengizlardagi muz qoplami o'lchami 10-15% ga qisqardi, bu esa Arktikada muz qoplami qalinligining deyarli 40% ga kamayishiga olib keldi.
Dunyo okeani sathi. ХХ asr davomida Dunyo okeani sathi 0.1-0.2 metrga ko'tarildi. Buning sababl global isish natijasida dengiz suvlarining issiqlikdan kengayishi va qutЫardagi muzlaming yerishidir. Dunyo okeani sathining ХХ asr davomidagi ko'tarilish tezligi oxirgi 3000 yillikdagiga nisbatan 1О marta kattadir.
Yog'inlar. Kuzatish ma'lumotlarini guvohlik byerishicha, yog'in rniqdori ХХ asming har 10 yilligida shimoliy yarim shaming o'rta va
yuqori kengliklarida 0.5-1.0% ga ko'paygan bo'lsa, subtropiklarda 0.3%
189
190
ga kamaygan. Yer sharining ayrim joylarida jadal va ekstremal qiymatdagi yog'inlar miqdori va soni ortgan.
Iqlimning global o'zgarishi o'rtacha haroratning ko'tarilishidagina aks etmay, balki quyidagi ayrim hodisalar soni va jadalligining ortishida ham ifodalanadi: jazirama issiq kunlar, qurg'oqchilik, suv toshqinlari, haroratnin keskin ko'tarilisl1i yoki sovushi, sellar, kuchli shamollar. Iqlimiy o'zgarishlar hozirdayoq chorvachilik ishlab chiqarishiga, o'simliklarga, hayvonlar migratsiyasiga, o'simliklaming o'sish mavsumi
davomiyligiga, populyatsiya turlarining taqsimlanishi va o'lchamlariga,
turli yuqumli kasalliklamin avj olishiga tasir ko'rsatmoqda. Shu Ьilan Ьirga suv toshqinlari va qurg'oqchilikning tez-tez takrorlanishi oqibatida iqtisodiy zarar miqdori ham ortmoqda.
lqlimning ortib Ьorayotgan o'zgaruvchanligi (tebranish ko'lami ning ortishi) yanada kattadan-katta ziyon keltirmoqda. Ob-havo va iqlim Ьilan bog'liq bo'lgan tabliy ofatlar odamlaming o'limiga, oziq-ovqat
mahsulotlarini ishlab chiqarishning qisqa1·ishiga, suvning ifloslanishiga va ko'plab vayronagarchiliklarga sabab bo'lmoqda. Tahlillaming
ko'rsatishicha, :ХХ asming oxirida ekstremal ob-havo hodisalari soni va ular Ьilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy yo'qotishlar ancha ortgan. ХХ
asming oxirgi o'n yilligidagi yo'qotishlar undan oldingi o'n yillikka nisbatan uch marta ko'p bo'lgan.
|