bo’ladi. Konsultatsiyaning oxirida esa psixolog patsientga yopiq savollar
bilan murojaat qilib, unda to’g’ri qarash shakllanganini tekshirishi kerak.
Konsultatsiyaning yakuni
•
Konsultatsiya yakunida suhbatni umumiylashtirish talab etiladi.
Bundan tashqari konsultatsiya so’ngida patsientdan
psixolog maslahati
uni qoniqtirganini so’rash, joiz bo’lsa, amaliy professional tavsiyalar
berish, shu bilan birga ehtiyoj bo’lsa, keying
konsultatsiya vaqtini
belgilab olish darkor.
Umuman olganda, psixologik maslahat jarayonini yaxlit holda,
psixolog maslahatchi o’z malakasini namoyon qiluvchi, mijozga kerakli
maslahat va ko’makni beruvchi murakkab jarayon deyish mumkin.
Chunki psixolog maslahatchi tomonidan
mijozga nisbatan ozgina
noto’g’ri yondashuv ham uning samaradorligini tushirib yuborishi
mumkin. Bu esa kelajakda mijoz
shaxsiy hayotida ham salbiy
oqibatlarga
olib
kelishi
muqarrar.
Shunday
ekan,
psixolog
konsultatsiyaning har bir bosqichida ham sezgirlikni yo’qotmay, o’z
mahoratini namoyon qilishi maqsadga muvofiqdir.
Nazorat savollari:
1.
Psixologik maslahat bosqichlari haqida umumiy ma’lumot
bering.
2.
Mijoz bilan konsultatsiya o’tkazishda nimalarga alohida e’tibor
qaratishi lozim?
3.
Psixologik maslahatning har bir bosqichidagi o’ziga xos
xususiyatlar haqida so’zlab bering.
4.
Konsultatsiya o’rtasida psixolog tomonindan o’tkaziladigan
to’g’ridan to’g’ri oydinlashtirish qanday amalga oshiriladi
5.
Konsultatsiya bosqichlarining mazmuniy jihatlari haqida nimalar
bilasiz?
6.
Psixolog konsultant mijozni kutib olishda nimalarga alohida
ahamiyat qartishi lozim?
7.
Psixologik maslahat o’tkaziladigan
hona qanday jihozlangan
bo’lishi lozim?
8.
Konusultatsiya yakunida psixologdan qanday amallar qilish talab
etiladi?