Malakali konsultant psixolog shu kabi
noverbal signallar orqali
patsientning yashirin hissiyotlarini, psixologik maslahat jarayoniga
nisbatan reaksiyasini bilib olishi mumkin.
Quyida patsient haqida qo’shimcha ma’lumotlar
beruvchi noverbal
signallarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Mijozni qo’lni orqa belga chalishtirib turishi bu uning qat’iy hamda
irodali inson ekanidan dalolat beradi. Gavda o’tirgan holda oldinga
egilgan bo’lsa, konsultatsiya jarayoniga qiziqishni bildiradi. Oyoqlarni
chalishtirib, ustidan qo’lni qo’yib o’tirish patsientning
reaksiya tezligi
yuqoriligidan, qolaversa, bahslarda biror fikrga ishontirish qiyinligidan
xabar beradi. Agar mijoz suhbat
jarayonida boshni tik tutsa, unda
konsultatsiyaga nisbatan befarqlik munosabati borligini anglash
mumkin. Qo’llar ko’krakda chalishtirilgan holda tursa,
himoya
reaksiyasi, qolaversa, suhbatga nisbatan tanqidiy munosabatdan dalolat
beradi. Agar mijoz konsultatsiya
jarayonida iyakni siypalasa, bu ayni
damda unda xulosa hamda qaror qabul qilish jarayonlari kechayotganini
anglatadi. Patsient otirgan o’rindig’ini ko’p bora orqa tomonga egsa, bu
tushkun kayfiyat belgisi sifatida tahlil etiladi.
Konsultatsiya jarayonida psixologning o’zi ham verbal hamda
novrebal muloqotdan samarali foydalanishi patsientda psixologga
nisbatan ishonch hissini oshiradi.
Karl Rodjers gumanistik psixologiyaning
vakillaridan mashhuri
psixologik yordam ko’rsatish jarayonida psixolog bir qator faoliyatini
amalga oshirishga ko’maklashuvchi tafakkur predmetiga ega bo’lishi
kerak. Ular quyidagilar:
1.E’tibor qaratish.
O’tmish – hozir - kelajak
Ya’ni psixolog konsultant mijoz muammosi qachonga qaratilganiga
e’tibor qaratishi lozim ekan. O’tmishgami, bugungi kungami yoki mijoz
kelajakda yuzlashishi mumkin bo’lgan masalalarni o’ylab g’am
chekayotganini tahlil qila olishi kerak.
Psixologik muammoning qay
zamonga qaratilganini aniqlash uni hal qilish jarayonini osonlashtiradi.
1.
Strukturalashganlik.
Bunda psixolog konsultatsiya jarayonida barqarorlik hamda o’zaro
uyg’unlikka eriasha olishi muhim. Ya’ni psixologik masalahat chog’ida
mijoz boshqa mavzularga o’tib ketmasligi hamda psixolog bilan o’zaro
uyg’unlikda ish olib borilishini ta’moinlay olishi darkor.
2.
Barqaror ( uyg’unlik)
3.
Refleksivlik (tasdiqlash)
Psixologik maslahatning eng muhim hamda mas’uliyatli
shartlaridan sanaladi. Bunda psixolog konsultatnt mijoz muammosini
mustaqil anglashi hamda o’zi hal qila olish darajasiga olib chiqa olishiga
erishishi talab etiladi.
Psixologik maslahat jarayonining muvaffaqiyati ko’p jihatdan
konsulatativ ta’sir etish texnologiyalariga ham bog’liqdir. Psixologning
mijoz tomonidan berilayotgan verbal hamda noverbal signallar
mohiyatini tahlil qila olishi patsient bilan to’g’ri
yondashuv hosil
qilinishiga ko’mak beradi. Shunday ekan, amaliy psixologlar doimo o’z
ustida ishlashi hmada konsultativ ta’sir texnologiyalarni muntazam
o’rganib, amaliyotda qo’llashi maqsadga muvofiqdir.