Maxfiylik, anonimlik
Psixologik maslahat jarayonining asosiy shartlaridan biri maxfiylik,
anonimlikdir. Bu mijoz tomonidan berilgan har qanday maʼlumot,
axborot uning roziligisiz biror davlat, jamoat tashkiloti, jismoniy shaxs,
shu jumladan, qarindoshlar yoki doʼstlarga berilmasligini anglatadi.
Аyrim mamlakatlarda bu qoidaga kiritiladigan va doimo avvaldan mijoz
ogohlantiriladigan bir istisno mavjud. Misol uchun psixolog qabul
jarayonida mijozning biror kishi yoki jamiyat hayotiga jiddiy xavf
tugʼdiradigan xatti-harakatni amalga oshirishni maqsad qilganidan xabar
topishi mumkin. Biroq shunday hollarda ham oʼta ehtiyotkorlik va mijoz
manfaatlarini hisobga olgan holda harakat qilish tavsiya etiladi.
Shaxsiy va kasbiy munosabatlarni farqlash
Аmaliyotda tajribali va professional mutaxassislarning mijozlar bilan
oʼta doʼstona munosabatga oʼtib, yoki qarindosh-urugʼlari, doʼstlariga
yordam koʼrsatish maqsadida “tuzoqqa tushib” qolganlariga misollar
koʼp. Bu yoʼl mutaxassisning bashoratchi emasligi va yaqinlarga
beriladigan tavsiyalarning tez qadrsizlanib qolishi bilangina emas, balki
quyida aytib oʼtiladigan boshqa sabablarga ega ekanligi bilan ham
xavflidir.
Psixoterapiyada bemorlar bilan ish olib borishda qoʼllanadigan ikki
muhim tushuncha mavjud:
a) “koʼchirish”. Bu mijoz, patsientning turli kishilar bilan boʼlgan
munosabati xususiyatlari, asosiy muammo va nizolarini psixoterapevtga
koʼchirishga moyilligini anglatadi;
b) “aksilkoʼchirish”. Bu esa psixoterapevtning har xil insonlar bilan
boʼlgan muomala-munosabati xususiyatlari, ichki muammo va nizolarini
mijozda ifodalashga intilishidir.
Psixoanalizga Z.Freyd tomonidan kiritilgan mazkur tushunchalar
hozirgi
kunda
psixoterapiyaning
turli
yoʼnalishlarida
keng
qoʼllanmoqda. “Koʼchirish” va “aksilkoʼchirish” har qanday insoniy,
hatto psixoterapiya doirasida mijoz va mutaxassis oʼrtasidagi oʼziga xos
munosabatlarning ham ichki shaxsiy ehtiyoj hamda xohishlar natijasida
yuzaga kelishini va koʼpincha inson ularni anglamasligini bildiradi.
Bundan tashqari, hatto professional, tajribali psixoterapevt ham
“aksilkoʼchirish” qarshisida baʼzan ojiz qoladi. Аynan boshlovchi
psixoterapevtlar oʼz holatlari hamda shaxsiy va shaxslararo
fenomenlarni boshqarish, tushunishlari uchun dastlab muayyan tajribali
mutaxassis (supervizor) nazorati ostida ishlagan boʼlishlari, hissiyotlari
tahlili borasida muayyan koʼnikmaga ega boʼlishlari talab etiladi.
Psixologik maslahat jarayonida ham mazkur fenomenlar u yoki bu
darajada ishtirok etishi mumkin. Biroq maxsus va chuqur
tayyorgarlikdan oʼtmagan shaxs (mutaxassis)ning ushbu murakkab
hodisalar bilan samarali ish olib borishini, muammolarni toʼliq bartaraf
etishini kutish qiyin. Mijoz psixolog toʼgʼrisida kam maʼlumotlarga ega
ekanligi, psixologni ayblashi, qoralashi yoxud unga qoyil qolishi
borasida hozircha biror asosga ega emasligini bilishning oʼziyoq
mutaxassisda oʼz obroʼsini oshirishga maʼlum darajada imkon yaratadi.
Psixolog va mijoz oʼrtasida yaqin shaxsiy munosabatlar oʼrnatilishi
ularning yaqin insonlar sifatida bir-birlari muayyan ehtiyoj va
xohishlarini qondirishlarini bildiradi, bu esa mijoz muammolarini
samarali hal qilish kerak boʼlgan xolisona va obʼektiv pozitsiyaga putur
yetkazadi.
Bir necha oʼn yillar oldin xorijda mijoz va mutaxassis psixolog-
mutaxassis (psixoterapevt va patsient) oʼrtasidagi chuqur shaxsiy,
doʼstona (shu bilan birga intim) munosabatlarning oqibatlari hamda
ularning terapiya, maslahat jarayoni natijasiga taʼsiri xususida ancha-
muncha munozaralar boʼlib oʼtgan edi. Bu borada turli-tuman nuqtai
nazarlar bayon qilindi. Umumiy xulosa esa quyidagicha boʼldi: iloji
boricha mutaxassis va mijoz orasidagi munosabatlarning har qanday
koʼrinishdagi chuqurlashuvidan qochish kerak, shunday holat yuz
bergan taqdirda esa oʼta ehtiyotkorlik bilan, mijoz manfaatini koʼzlagan
holda ish tutish va imkon qadar tezroq psixoterapiya yoki psixologik
maslahat jarayonini yakunlash lozim (Dahlberg C.C., 1973).
Yuqorida qayd etilgan tamoyillar turli xorijiy davlatlararo
psixologning
etikivay
tamoyillariga
mos
keluvchi
normalar
majmuasidir. Psixolog konsultant o’z faoliyati jarayonida ushbu
tamoyillarga amal qilishi, birinchidan psixologik maslahatning
samaradorligini oshirsa, ikkinchidan, uning kasbiy malakasini ham
namoyon etadi.
|