maqsadida psixologning axloqiy kodeksi (Ethical Principles of
Psychologists, 1981) amal qilib kelmoqda. Kishilarga psixologik taʼsir
koʼrsatish sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar uchun bu
talablar yanada jiddiy boʼlib, mazkur meʼyorlar amaliyotchi psixologlar
zimmasiga anchagina masʼuliyat yuklaydi (Specialitu Guidelines for the
Delivery of Services by Counseling Psychologists, 1981). Psixologik
amaliyot mobaynida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan maʼnaviy va
axloqiy muammolar, savollarga doim bir xil qolipda javob berishning
imkoni yoʼq. Psixologik maslahat va psixoterapiyaning axloqiy
tamoyillari toʼgʼrisida koʼp va xoʼb yozilgan, tom-tom kitoblar nashr
qilingan boʼlib, ularda muayyan vaziyatlarda mutaxassis, psixolog oʼzini
qanday tutishi lozimligi borasida aniq tavsiyalar keltirilgan. Kasbiy
tamoyillar va talablarga rioya qilmaslik ayrim mamlakatlar (masalan
АQSh)da psixologning diplomidan ayrilishi, mutaxassis sifatida faoliyat
koʼrsatish, psixologik amaliyot bilan shugʼullanish, oʼz xizmatlarini
taklif qilish huquqlaridan batamom mahrum boʼlishiga olib keladi.