236
Firma
– inglizcha (firm , firm’s Ftrade name) so‘zlaridan olingan bo‘lib,
tijorat maqsadlarini ko‘zlovchi korxona,
kompaniya va boshqa
xo‘jalik tashkiloti degan ma’noni anglatadi.
FIFO
– sarf qilingan materiallar qiymatini hisobdan chiqarishning usullaridan
biri bo‘lib, kamayib borayotgan inflyatsiya sharoitida vaqt bo‘yicha
birinchi sotib olingan materiallar qiymati bo‘yicha hisobni olib
borishni bildiradi.
Foyda
– 1) biror kimsa yoki narsa uchun bo‘ladigan naf, manfaat;
2) daromadning xarajatga nisbatan
farqidan tashkil topgan summa,
mablag‘ , daromad; 3) qarzga berilgan puldan foydalanilganligi uchun
qarzdordan qarz beruvchi (kreditor) oladigan qo‘shimcha pul, haq.
Fond
– davlat, korxona, firmalarning biror-bir maqsad uchun mo‘ljallangan
pul vositalari yoki moddiy boyligi, mablag‘lari.
Fond
– qimmatbaho qog‘ozlar bilan savdo-sotiq
qilish maqsadida tuzilgan,
doimo faoliyat ko‘rsatib turuvchi birja. FB ning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat: vaqtincha bo‘sh mablag‘larga qimmatbaho
qog‘ozlar
sotib olib, ularni muomalaga kiritish; qimmatbaho
qog‘ozlarning
bozor narxini aniqlash; turli tarmoqlar, korxonalar
o‘rtasidagi kapitalning aylanishini ta’minlash va boshqalar.
Franchayza – foydalanish
uchun tayyor korxona, firma yoki mashhur firma
mahsulotining savdo markasidan (obyektidan) foydalanilgan holda
amalga oshiriluvchi biznes yuritish usuli.
Fyuchers
– birjalarda amalga oshiriladigan savdo-sotiq operatsiyalari. Bu
operatsiyalar shartnoma tuzilganidan so‘ng
ishlab chiqariladigan
yoki yetishtirib beriladigan mahsulotlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Odatda, ushbu shartnoma tuzilgandan so‘ng buyurtmachi
bajaruvchiga avans tariqasida ma’lum summani o‘tkazib beradi.