• Bankomat
  • Biznes reja
  • Buxgalteriya hisobi




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet166/212
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,63 Mb.
    #108543
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   212
    Bog'liq
    Buxgalteriya hisobi-1

    B
    Balans
    – «Balans» atamasi lotincha bis – ikki marta, banx – tarozi pallasi
    so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, tom ma’noda «ikki palla» degan
    fondlar
    vositalar
    zatsiya
    kapital
    kapital


    232
    ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida
    ishlatiladi.
    Bank
    – yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini
    bir joyga to‘plovchi va uzluksiz aylanib turushini ta’minlovchi,
    korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda beruvchi,
    tomonlar o‘rtasida to‘lov va boshqa hisob-kitob ishlarida vositachilik
    qilib turuvchi, oltin va chet el valutasi bilan bog‘liq operatsiyalarni
    bajaruvchi kredit-moliya muassasi. B. pul qo‘yuvchilarga ma’lum
    foiz to‘lab, qarz olganlardan yuqoriroq foiz stavkasini undiradi va
    ana shu foizlar o‘rtasidagi farq bank foydasi hisoblanadi
    Bank foiz
    – bank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq miqdori, qarz
    summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. BFS. o‘zgaruvchan
    ko‘rsatkich bo‘lib, bank ssudasi qarzga bo‘lgan muhtojlikka qarab
    o‘zgartiriladi. BFS miqdori bank va mijoz o‘rtasidagi kelishuvga
    muvofiq belgilanib, qarzning qaysi tarzda va qanday shartlarda
    berilishiga bog‘liq.
    Bank
    – korxona va tashkilotlarning banklardagi hisob-kitob schyotlaridan
    pul mablag‘larining harakati haqidagi bildirgi. Bank ko‘chirmasi
    bankda korxona hisob-kitob schyoti bo‘yicha amalga oshirilgan
    yozuvlarning nusxasi hisoblanadi.
    Bankomat – mijozning bankdagi hisob raqami bilan kompyuter tizimi orqali
    bog‘langan naqd pul beruvchi elektron moslama.
    Biznes
    – (inglizcha business–ish, faoliyat, mashg‘ulot ) boylik, foyda orttirishga
    yo‘naltirilgan ish, faoliyat. Biznes xo‘jalik yuritish ko‘lamiga qarab
    yirik, o‘rta va mayda turlarga bo‘linadi. Xodimlarning o‘rtacha soni
    va mahsulot hajmiga qarab ajratiladi.
    Biznes reja – bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikning barcha sohalarida
    qo‘llanadigan muhim qurol bo‘lib hisoblanadi. Ish jarayoni haqida
    ma’lumot beradi. Uning yordamida firma o‘sib borishi, istiqbolni
    belgilab borishi, daromadini ko‘paytirishi mumkin. BR o‘ta muhim
    moliyaviy hujjat sifatida firma faoliyatini barcha qirralarini tahlil
    qilishga yordam beradi. U nafaqat ichki hujjati bo‘lib, balki kredit
    olishi uchun zarur bo‘ladigan hujjatlardan biridir.

    Download 0,63 Mb.
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   212




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish