• Grossbux – buxgalteriya hisobida bosh kitob. Gudvil
  • Import – mahsulotni xorijiy sheriklardan sotib olish va mamlakatga olib kirish. Import
  • Investitsiya
  • Buxgalteriya hisobi




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet171/212
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,63 Mb.
    #108543
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   212
    Bog'liq
    Buxgalteriya hisobi-1

    G
    Garov
    – olingan qarz evaziga yoki majburiyatning, va’daning bajarilishiga
    ishontirish uchun qoldirilgan omonat.
    GAAP
    – (Generally accepted accounting principles), GAAP – buxgalteriya
    hisobining AQShda umumqabul qilingan qoida va tamoyillari.
    Grant
    – ilmiy izlanishlar, o‘ish, davolanish kabi maqsadlarda korxona,
    tashkilot va jismoniy shaxslarga pul shaklida yoki boshqa ko‘rinishda
    beg‘araz beriladigan subsidiya.
    Grossbux
    – buxgalteriya hisobida bosh kitob.
    Gudvil
    – nomoddiy aktiv bo‘lib, korxonani xarid qilish chog‘ida yuzaga keladi
    va sotib olinadigan korxona uchun haq hamda uning sof (majbu-
    riyatlarini chegirgan holdagi) aktivlarining baholovchi (bozor) qiymati
    o‘rtasidagi farqni bildiradi.
    birjasi
    operatsiya-
    lari


    237
    I
    Ijara
    – (arab) – mustaqil xo‘jalik yuritish yoki boshqa biror faoliyatni amalga
    oshirish maqsadida yer, suv, korxona va boshqa mulkka egalik qilish
    hamda vaqtincha foydalanish uchun to‘lanadigan muayyan haq. I.
    mulkka egalik huquqini o‘zgartirmaydi.
    Ijara
    – ijarachi bilan ijaraga oluvchi o‘rtasida tomonlarning teng huquqliligi
    asosida tuzilgan kelishuv, shartnoma. ISh quyidagilarni ko‘zda tutadi;
    1) ijaraga olinayotgan mulk tizimi va qiymatini; 2) ijara to‘lovi
    miqdorini; 3) ijara muddatini; 4) ijaraga berilgan mulkni ta’mirlash
    va to‘la tiklash bo‘yicha tomonlar majburiyatini; 5) mulkni
    shartnomada kelishilgan holda ijarachiga yetkazishni.
    Ikkiyoq-
    – bu xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobining schyotlarida qayd
    qilish usulidir. Bunda har bir xo‘jalik operatsiyasi bir vaqtning o‘zida
    ikki marta ikkita schyotda aks ettiriladi.
    Import
    – mahsulotni xorijiy sheriklardan sotib olish va mamlakatga olib kirish.
    Import
    – (lat.importo–kiritaman)– 1) mamlakat ichiga foydalanish yoki sotish
    uchun chetdan olib kelingan xorijiy mahsulotlar; 2) kapital I.–
    xorijdan mamlakatga kelayotgan kapital (kredit, zayom va boshqa);
    3) chetdan olib kelingan mahsulotlarning umumiy soni va qiymati.
    Inventa-
    – bu korxonada qanday mablag‘lar borligini va uning hisob ma’lumotlar
    bilan to‘g‘ri kelishini tekshirish hisoblanadi. Inventarizatsiyaning
    asosiy maqsadi bo‘lib, buxgalteriya hisobi va nazorat ko‘rsat-
    kichlarining ishonchliligini ta’minlash hisoblanadi. Inventarizatsiya
    qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
    Investitsiya – (nem.investitlion, lat. investere–kiyintirmoq)–investor tomonidan biror
    bir faoliyatni amalga oshirish uchun kapital mablag‘larni, sarmoyalarni
    joriy qilish, foyda olish maqsadida sarf qilish. I. mamlakat ichida
    (ichki investitsiya) va xorijiy mamlakatlarda (tashqi investitsiya)
    amalga oshirilishi mumkin. Moliya I.si–qimmatbaho qog‘ozlarni xarid
    qilish, pul mablag‘larini jamg‘arish va boshqalarni, real I.- moddiy
    ishlab chiqarishga sarflangan sarmoyalarni o‘z ichiga oladi.

    Download 0,63 Mb.
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   212




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish